656 geografik axborot tizimlari ma’lumotlar bazasi tuzilishi


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.10.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1709786
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
geografik-axborot-tizimlari-ma-lumotlar-bazasi-tuzilishi

Keywords: information and communication technologies (ICT), geographic information 
systems (GIS), database of geographic information systems, GPS navigation system, electronic 
(digital) maps, database management systems (DBMS). 
Kirish 
Oʻzbekiston Respublikasining jadal rivojlanishining muhim sharti ilm-fan va texnika 
imkoniyatlaridan keng foydalangan holda iqtisodiyot, ijtimoiy, transport va boshqa sohalarga 
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishdan iborat. 
Endilikda mamlakatimizning rivojlanayotgan barcha sohalarining jahon taraqqiyoti 
yetakchilari qatoriga tez va sifatli kirib borishini ta’minlash uchun zamonaviy innovatsion 
g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan islohotlarni amalga oshirishni va qoʻllab-
quvvatlashni taqozo etmoqda.
Turli hududlarning tumanlari va aholi punktlari oʻrtasidagi aloqalarni ta’minlovchi 
transport tizimi va uning ekspluatatsiya holati hamda yoʻl tarmog‘ining rivojlanishi, shuningdek, 
qoʻshni hududlarning avtomobil yoʻllari tarmog‘ini integratsiyalashuvi koʻp jihatdan barqaror 
iqtisodiy oʻsishga erishish, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va aholi 
turmush darajasini oshirish, yangi islohotlarni amalga oshirish va alohida hududlarning transport 
tizimini mamlakatning yagona transport tizimiga integratsiya qilish vazifalarini hal qilishni 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
156 
belgilaydi. Bu esa zamonaviy geografik axborot tizimlarining yanada kengroq joriy etilishini va 
ularning axborot bilan ta’minlanishi sifatini oshirishni taqozo etadi [1]. 
Taxlillar
Har bir geografik axborot tizimining asosiy negizini ma’lumotlar bazasi (MB) tashkil 
etadi. Ma’lumotlar bazasi deganda ob’yektning holatini, uning xossalari va boshqa ob’yektlar 
bilan о‘zaro munosabatlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarning nomlangan tо‘plami hamda bu 
ma’lumotlar bazasini yuritish uchun zarur bо‘lgan texnik va dasturiy vositalarning kompleksi 
tushuniladi. Umumiy ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu maxsus tashkil etilgan yozuv va fayllar 
tо‘plamidir [2].
Jadval - bitta tuzilmaning yozuvlari toʻplami. 
Yozuv (jadvaldagi qator) - mantiqiy bog‘liq boʻlgan maydonlar toʻplamidir. 
Maydon (jadvaldagi ustun) – ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishning elementar birligidir. 
Maydonlarni tavsiflash uchun bir qator belgilar qoʻllaniladi: nom; turi (ramziy, raqamli, 
kalendar, pul, mantiqiy, hisoblagich - seriya raqami); uzunlik (bayt yoki belgilar bilan); aniqlik 
(raqamli ma’lumotlar uchun - sonning kasr qismidagi kasrlar soni). 
Barcha jadvallar quyidagi xususiyatlar toʻplami bilan tavsiflanadi: jadvalda ikkita bir xil 
qator mavjud emas; jadvaldagi barcha ustunlar (maydonlar) bir hil, ya’ni, ustundagi barcha 
elementlar bir xil turga va uzunlikka ega; munosabatdagi har bir atribut oʻziga xos nomga ega; 
jadvaldagi satr va ustunlar tartibi ixtiyoriy. 
GATning MBsida, masalan, ob’yektning nomi, u joylashgan viloyat yoki shahar, u 
haqida joy kartasi, ob’yektning iqtisodiy geografik va boshqa kо‘rsatkichlari saqlanishi mumkin.
MBning iyerarxik, tarmoqli va relyatsion modellari farqlanadi. 
Iyerarxik ma’lumotlar bazasi modelida axborotlar qat’iy qaramlik bо‘yicha yoziladi. 
Bunday tarkibga ega ma’lumotlarni saqlash quyidagi rasmda keltirilgan model yordamida yaxshi 
tushunilishi mumkin (1-rasm). 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling