656 geografik axborot tizimlari ma’lumotlar bazasi tuzilishi
-rasm. Ma’lumotlar bazasi iyerarxik modeli chizmasi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
geografik-axborot-tizimlari-ma-lumotlar-bazasi-tuzilishi
1-rasm. Ma’lumotlar bazasi iyerarxik modeli chizmasi. Ma’lumotlarning tarmoqli bazasidan axborotlarning tarkibi oddiyga nisbatan ancha murakkab bо‘lganida foydalaniladi. Ma’lumotlarning tarmoqli va iyerarxik bazalari juda aniq qо‘yilgan munosabatlar tо‘plamidan iborat bо‘ladi, shuning uchun ma’lumotlar tarkibini dastlab tanlash zarur (2-rasm). ТЕХНОЛОГИЯ МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 157 2-rasm. Ma’lumotlar bazasini iyeraxik modelda tasvirlash. Ma’lumotlar bazasi tarkibiga о‘zgarish kiritish ma’lumotlar bazasini qayta qurishni anglatadi. Biror bir zarur savolga javob olish uchun esa maxsus dastur yozishga tо‘g‘ri keladi. Foydalanuvchilarning savollariga javob berish uchun ba’zan haftalab, oylab vaqt talab qilinadi, natijada ma’lumotlar о‘z dolzarbligini yо‘qotadi. Iyerarxik va tarmoqli modellarining kamchiliklari ma’lumotlarning yangi - relyatsion modeli paydo bо‘lishiga sabab bо‘ldi. Relyatsion model MB tarkibini soddalashtirishga qaratilgan. Unda hamma ma’lumotlar qator va ustunlardan iborat bо‘lgan sodda jadvallar kо‘rinishiga keltiriladi. Ma’lumotlar bazasining har bir jadvaliga maxsus nom beriladi. Har bir gorizontal qatorning alohida fizik mohiyati mavjud, masalan, biror bir ma’muriy hudud. Kartada u alohidagi maxsus grafikli obyekt bо‘lishi mumkin. Jadvalning barcha N - qatorlarida viloyatning shuncha M – hududi ifodalanadi, ya’ni jadvalning har bir qatori ushbu hududga tegishli ma’lumotni о‘zida jamlaydi [3]. Jadvalning har bir ustunida joylashgan raqamlarning barchasi bir turga tegishli ma’lumotlar hisoblanadi. Masalan, rayon markazi ustunida faqat sо‘zlar bо‘lsa, maydon ustunida о‘nlik sonlar, ID ustunidagi butun sonlar foydalanuvchilar tomonidan о‘rnatilgan ob’yektlarning kodini bildiradi. Jadvallararo aloqa hoshiyalar bо‘yicha amalga oshiriladi (1-jadval). Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling