2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli
Download 192.15 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Mavzu: Iqtisodiy klasterlar konsepsiyasi Reja: 1. Iqtisodiy klasterlar 2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni 3. Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli Ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etish, joylashtirish va rivojlantirish masalalari sanoatni beshigi bo‘lgan Yevropada sanaot tarmoqlari rivojidan so‘ng yaratila boshladi. Bu nazariyalarda ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etish, joylashtirish va rivojlantrishga alohida axamiyat berildi. Shunday ilk nazariya ingiliz iqtisodchisi Adam Smit tegishli bo‘lib u “Xalqlar boyligi sabablari va ularning tabiati to‘g‘risida tadqiqotlar” asarini chop ettirdi (1776-y.) va bu asarda mutloq ustunlik tushunchasi to‘g‘risida fikr yuritdi va asosladi. Uning fikriga ko‘ra xalqaro savdodan manfatdor mamlakatlar mustaqil ravishda xalqaro savdoda sotib oladimi va yoki sotadimi albatta foyda ko‘rishini takidlaydi. Xalkaro savdo albatta foyda keltiradi va bu xolat mamlakatni mutloq ustunlikga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Xalqaro savdo mutloq ustunlik bu-ma’lum bir mintaqadagi ishlab chiqarishini mavjud tabiiy-iqtisodiy ijtimoiy imkoniyatlari yuqori bo‘lganligi sababli xam tovar ishlab chiqarishidir. Keyinchalik (1819yil) yana bir ingiliz iqtisodchisi David Rikardo A.Smitni mutloq ustunlik nazariyasini mukammalashtirildi. D. Rikardo tomonidan “Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqga tortish” asarida davlatlarning ixtisoslashuvi mezonlarini ishlab chikdi. Bir hudud doim xam boshqa bir hududga nisbatan mutloq ustunlikga ega bo‘lmasligini tushintirib, davlatlarning ixtisoslashuvi hududdning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib yuzaga keladi va boshka hududga nisbatan qiyosiy ustunlikga ega deb takidlaydi. 19 asrning 20-30 yillariga kelib bevosita ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirshga doir nazariya nemis mulkdori Iogan Genrix Tyunen yaratdi. U o‘zining nazariyasida qishloq xo‘jaligi tarmog‘larini oqilona joylashtirishdi. Tyunen nazariyasini amaliy axamiyati, yagona shaxar atrofida qishloq xo‘jaligi maxsulotlarinng qiymati masofaga, yer rentasiga va asosiy fondlardan foydalanish xolatiga bog‘liq deb, joylashtirishda shu omillarga etibor berish kerakligini bayon etadi. Bu omillarga etibor qaratish maxsulot narxiga va sifatiga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanlgini ko‘rsatadi va bu g‘oya “Tyunen xalqalari” nomini oldi. Keyinchalik I.G. Tyunen vatandoshi (1909 yilda) Alfred Veber “Sanoat shtandorti to‘g‘risida” asarini chop ettiradi. A. Veber nazariyasida sanoat tarmoqlarini joylashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni taxlil kilib ularni tabaqalashtiradi va xal qiluvi omilni ajratadi. Uning fikriga ko‘ra korxona daromadi, xom-ashyo, tovarni realizatsiya kilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar xamda ishlab chiqarish fondlarining qiymatidan kelib chiqishini bayon kildi. Sanoat tarmoqlarini joylashtirshda bu omillarga e’tibor qaratilishi lozim ekanligini takidlaydi. Keyinchalik Veber yana bir omilga urg‘u berib uni aglomeratsion omil deb ataydi bu omil bugungi kundagi mujassamlashuv tushunchasini asosi edi. I.G. Tyunen va A. Veberlarni ilmiy qarashlari ayni voqeylikdan uzib olib yaratilagan bo‘lsada ammo o‘zining ilmiy nazariy qiymatini xaligacha yo‘qotgani yo‘q. A.Veberning shogirdi Avgust Lyosh Tyunen va Veberlar g‘oyasini o‘rganib takomillashtirdi va barcha xo‘jalik tarmoqlarini joylashtirish masalasini tadqiq qildi. Uning fikricha qishloq xo‘jaligi areal ko‘rnishida sanoat korxonalarini esa nuqta ko‘rinishida hududda tashkil topadi deb aytib o‘tadi. A. Lyosh fanga iqtisodiy landshaft yani iqtisodiy rayon tushunchasini olib kirganligi bilan mashxurdir. Yevropa mintaqasi xo‘jalik tarmoqlarin rivojlanishi bilan bir qatorda davr talabi bilan xamoxang xo‘jalik tarmoqlarni rivojlantirishga doir nazariy masalalarni ishlab chiqishda yetakchi mintaqa bo‘lib qoldi. Fransuz olimi Fransua Peru past o‘zlashtirilgan va chekka hududlarni rivojlantirish to‘g‘risida o‘sish qutblari va rivojlanish markazlari to‘g‘risidagi nazariyani ommaga taqdim etib, tarmoqlarni rivojlanish xususiyati xarakatchanligi, tashqi muxitga ta’siri buyicha uch guruxga ajratdi. Uning eng salmoqli xulosasi, hududlar iqtisodiy ijtimoiy tarakkiyotida xech kachon tenglik yuzaga kelmasligini aytib o‘tadi. Iqtisodiy rivojlanish iqtsodiy landshaftlarni yuzaga keltiradi, iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi muxim tarmoqlar o‘sish markazlarini yuzaga keltiradi, markazlarni rivojlanishi bu hududa turdosh tarmoqlarni rivojlanishiga sabab bo‘ladi degan fikrlarni ilgari suradi. 20 asrning 20 yillariga kelib rus olimi I.G.Aleksandrov GOELRO, ya’ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi doirasida Dnepro GES loyihasini ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari xaqidagi nazariyani ishlab chikdi. 20 asrning 30 yillarga kelib shu masalani chukur o‘rganib rayon ishlab chiqarish kombinatlarini tashkil etishni takidlaydi. Keyinrok N.N. Kolosovskiy va I.G. Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlarini Ural, Sibir va Kozog‘iston kabi yirik rayonlarda amalada sinaldi. 1947 yilga kelib N.N. Kolosovskiy rayon ishlab chiqarish kombinatlari nazariyasini rivojlantirdi. Iqtisodiyotni jaddal rivojlanishi xalk xo‘jaligi tarmoqlarida yangicha qarashlarni yuzaga kelishiga zamin xozirladi. 1950 yillarga kelib ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etishda va hududiy takomillashtirshda klaster usulini tadbiq qilish keng tus oldi. Klaster atamasi ingilizcha so‘z bo‘lib “panja”, “bosh”, “bog‘lam”, “gurux”, “to‘planish”, “turg‘un” ma’nolarini bildiradi. Klaster nazariyasiga oid ilk fikrlar M. Porterga tegishli bo‘lib uning fikriga ko‘ra, “Klaster” bu- ma’lum hududda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta korxonalarning to‘plamidan iborat bo‘lgan (asosiy vositalarni yetkazib beruvchilar, maxsus xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar, mol yetkazib beruvchilar, ilmiy tadqiqot muassasalari) bir-birini raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi va o‘z navbatida, klasterni xam rivojlanishini ta’minlaydigan o‘zaro manfaatli xamkorlar jamlanmasidir. Porterni takidlashicha, qaysi davlat yoki mintaqada klasterlar rivojlangan bo‘lsa, o‘sha hududda istiqomat qilayotgan aholining turmush darajasi yuqori bo‘ladi. [1]. M.Porter fikri bo‘yicha, hududiy klasterlarni shakllantirish uchun quyidagi omillar talab qilinadi: birinchidan, cheklangan geografik hududda barcha klaster ishtirokchilarining konsentratsiyasi; mazkur mintaqada, klasterni shakllantirishga va korxonalarni qo‘llab quvvatlash va xizmat ko‘rsatishga yordam beradigan raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘lgan yetakchi kompaniyalarning mavjudligi; ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlik muvofiqlashtirish. Klaster tarkibiga, mahalliy darajada hamkorlik qilish orqali mintaqalararo darajada raqobatlashish uchun, klasterning "yadrosi"ni tashkil etadigan ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari, turli professional va jamoat birlashmalarini olishi mumkin. [2]: Hududiy klasterga keyinchalik juda kup nazariyotchi va amaliyotchi mutaxasislar tomonidan ta’rif beriladi va bu ta’riflar asoslanadi. Bu ta’riflar ba’zida bir-birini to‘ldirsa ba’zida bir-biriga mos kelmaydi. Bunga sabab klaster tizimi turli sharotitda va hududdagi tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlar bir xil bo‘lmaganligi sababli turlicha nomoyon buladi. Klasterlarni bugungi kun zamonaviy iqtisodiyotida qanday ustunliklarga ega, ananaviy ishlab chiqarish korxonalari va klasterga birikgan korxonalar o‘rtasida qanday tavfovutlar mavjudligini quydagi jadvalimizda ko‘rishimiz mumkun.
Download 192.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling