2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli


Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli


Download 192.15 Kb.
bet4/7
Sana09.11.2023
Hajmi192.15 Kb.
#1760293
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

3. Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli
Jaxon tajribasidan ma’lumki klasterlar tashkil etish boshlang‘ich bosqichida xukumat katta faollik ko‘ratishi kerak ayniqsa kerakli xukukiy asoslarni yaratishda. Ammo kerakli huquqiy asoslar hududlar tabiiy va iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlardan kelib chiqib yaratilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2687 sonli Qarori paxta-to‘qimachilik, tikuv-trikotaj sanoatida klasterlashtirish jarayonini boshlashga dastlabki huquqiy asos sifatida xizmat qildi. Ushbu Qaror qabul qilingandan keyingi davrda iqtisodiyot tarsmoqlarini klasterlashtirish borasida yana bir qancha qarorlar qabul qilindiki, natijada, bugungi kunda klasterlar iqtisodiy rivojlanishning yetakchi tashkiliy tuzilmalaridan biri bo‘lishga ulgurdi. Ammo xar bir hududiy birlik klasterlar tashkil etishda o‘zining huquqiy aksoslariga ega bo‘lishi va bu huquqiy asos doim mavjud sharoitlardan kelib chiqib takomillashib borishi lozim. Bunday huquqiy asoslarni maxalliy xokimliklar va ta’sischilar shakllantirgani ma’qul.
Klasterlarni ananaviy ishlab chiqarish tarmoqlaridan farqli jixati bu-ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish orasidagi samarali bog‘langanligidir. Shu o‘rinda Buyuk Britaniya tajribasidan kelib chiqib katta ilmiy saloxiyatga ega ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish aloqalarini shakllantirish mexanizimini yaratish lozim. Xar bir klasterni,

  • Texnologik jrayoni va kelgusidagi texnologik jarayonnni rivojlantirish yuzasidan yo‘nalishlari;

  • Ishlab chiqarilayotgan maxsulotlari va kelgusidagi ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan maxsulotlar yuzasidan;

  • Ekayotgan ekin turlari va shu yuzasidan kelgusidagi yo‘nalishlari;

  • Boshqaruv tizimini tashkil etish tartibi va takomillashtirish yuzasidan yo‘nalishlari keltirilagan bazalar yaratitish va bu bazalarni yangilash va takomillashtirish uchun grantlar e’lon qilish lozim.

Jiddiy va kelajagi bor takliflarni sotib olish yoki bu ilmiy jamoani klasterni jamoasiga qo‘shib olish kerak va bu xolat iqtisodiy tizimimizda tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirar edi.
Xar bir tizimni samarali boshqarish tizimini tashkil etish bu ishlab chiqarish jarayonida yarim yutuqga erishish bilan tengdir. O‘zbekiston sharoitida klasterlashtirish tizimini tashkil etishdagi bir qancha muammolarga duch kelishi tabiiy xolat. Bu muammolardan biri klasterlar tashkil etishni siyosiylashtirilishidir. Aksariyat xollarda hududlar klasterlardan zamonaviy brend sifatida foydalanmoqda. Bunday klasterlarni davlat tomonidan keragidan ortik qo‘llab kuvatlanishi mavjud sharoitni ikkinchi darajaga kuyilishi ular faoliyati chuqur iqtisodiy tahlil natijalariga ega emasligi, balki, siyosiy nuqtai nazaridan baholanashi xollari xam mavjuddir. Natijada bugungi kunda ular rivojlanishning muhim sharti bo‘lgan iqtisodiy raqobat ustunligiga ega bo‘lmaydi. Afsuski, bunday toifadagi “psevdoklasterlar” yoki soxta klasterlarga imkoniyat berilmoqda, lekin rivojlanishi juda qiyin kechadi yoki rivojlanmaydi. Shu sababdan O‘zbekiston sharoitida klasterlarni tashkil qilishda nimalarga e’tibor berish maqsadga muovofiq:

  • Kanada tajribasidan kelib chiqib klasterni tashkil etishda boshqaruv organlarini xamma qismi klasterlarni qo‘llab quvvatlashi lozim. (Klasterlar tashkil etishning dastlabi vaqtida davlat ko‘magi muxim va ularni boshqarishni talab etadi. Shu sababdan klasterlarni markazdan yeki maxalliy xokimliklar tomonidan boshqarishni aniqlab olish lozim)

  • Mintaqada logistika markazlarini tashkil etish xamda transport nuqtai nazaridan o‘rganish;

  • Mamlakatda va mintaqada iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani qay darajada shakllanganligi o‘rganish;

  • Davlatning tabiiy, iqtisodiy real ichki imkoniyatlarini o‘rganish;

  • Aholini yangi boshqaruv tuzilmasini qay darajada va qancha vaqtda o‘zlashtira olishi. Mexnat resurslarini malaka ko‘nikmalari o‘rganish;

  • Mintaqada stabil faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va ularning imkoniyatlari. Korxonalarning kelajak rejalari va boshkalar taxlil qilish kerak bo‘ladi.

Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, klaster tzimiga torilayotgan korxonalar faqatgina yirik korxonalar bo‘lmay balki stabil ish olib borayotgan kichik korxonalarni xam kiritish lozim ya’ni hududiy ishlab chiqarish klasterlari kichik va yirik (o‘rta) biznesni integratsiyasi va qo‘llab-quvvatlash shakli bo‘lmog‘i lozim. Xar bir davlat butun bir organizm deb qarash geogrflar uchun o‘ziga xos jihat shunday ekan butun bir organizmning xamma organlari baravar ishlashi kerakli natijaga tezroq yetish imkonini beradi. Orqada qolayotgan mintaqalarni klaster tizimiga tortish va aloxida etibor qaratish Germaniya tajribasida sinovdan o‘tdi va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Jaxon tajribasida klasterlar ikki usulda A) oldindian mavjud bo‘lgan infratuzilmani shakllantirish yoki moslashtrirish orqali B) yangidan infratuzilma shakllantirish orqali. O‘zbekiston sharoitida xam orqada qolayotgan mintaqani tabiiy, iqtisodiy va demografik imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ikkinchi ko‘rnishda klasterlar tashkil keyinchalik shu xuddular imkoniyatini ortishida katta axamiyatga ega.
Turli davlatlarda tashkil etilgan klasterlarni taqqoslash va o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, ular o‘rtasida markazlashuv darajasi va hududiy jihatdan umumiylik borligini ko‘rsatadi. Hududi kichik mamlakatlarda klasterlashtirish umumdavlat miqiyosida tashkil etilsa, hududi katta davlatlarda esa ma’muriy-hududiy birliklar darajasida tashkil etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston sharoitida hududiy klasterlarni tashkil etish milliy darajada olib borish muhimmi yoki hududlar miqyosidami?, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy hol. Respublikamiz maydoni jihatidan hududi katta mamlakatlar qatorga kirmaganligini hisobga olsak, klaster tizimini joriy etish davlat miqyosida tashkil etilishi va nazorat qilib borilishi maqsadga muvofiq (ayniqsa, boshlang‘ich bosqichda nazorat davlat qo‘lida bo‘lishi lozim). Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, hududlar imkoniyati va ulardagi tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikni talab qiladi va klaster tizimining rivojlanishida muhim o‘rin bo‘ladi. Yana bir jihat shundaki, hududlar imkoniyati bir xil emasligi klaster tizimini joriy etishda yagona qolip bo‘ladi, degan fikrlarni chetga surib qo‘yish kerakligini ko‘rsatadi. Ya’ni, jahon tajribasida o‘zini oqlagan siyosat O‘zbekiston va uning hududlarida turlicha natija berishi mumkin. Shu sababdan, jahon tajribasini o‘rgangan holda, respublika sharoitida klasterlar tashkil etishni bosqichma bosqich amalga oshirish va ularning ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq. Shunga ko‘ra, klaster tizimini iqtisodiyotga jalb qilish va kutilgan natijaga ega bo‘lishda rivojlanish bosqichlari muhim o‘rin tutadi.

Download 192.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling