2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli
birinchi, boshqaruv va moliyaviy mustaqillikga to‘la ega yuridik tashkilotya’ni mustaqil fermer xo‘jaligi ikkinchi
Download 192.15 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan savollar
birinchi, boshqaruv va moliyaviy mustaqillikga to‘la ega yuridik tashkilotya’ni mustaqil fermer xo‘jaligi ikkinchi, boshqaruv tizimida qisman o‘zak korxonaning ta’siri bor va moliyaviy mustaqil bo‘lgan yuridik tashkilot uchinchi, boshqaruv xam moliyaviy masalalari xam o‘zak korxona tomonidan nazorat qiladigan bo‘g‘in. Yengil sanoat tarmoqlarida klaster tashkil etgan ta’sischilar uchun juda keng qamrovli faoliyat olib borishdek katta ma’sulyat turganda xalq xo‘jaligining umuman boshqa bo‘g‘ini qishloq xo‘jaligida ish tashkil etish ancha qiyin kechadi. Dexqon o‘z yerini meliorativ xolatini yaxshi biladi doim bajarishi kerak bo‘lgan ishlarini yillar davomida yaxshi o‘zlashtirgan va mexnatiga yarasha xaq olishni xoxlaydi. Bu o‘rinda xom ashyo yetkazib beruvchi bilan shartnoma imzolash va bu shartnomada ikki tomoning manfaatlariga mos tushishi yetarli bo‘ladi. Bunday xom ashyo yetkazib beruvchi barcha iqtisodiy va ijtimoiy masalalarini o‘zi hal qiladi va amaldagi kelishilgan narxlarda paxta tolasini yetkazib beradi. Ikkinchi xolatda to‘qimachilik korxonasi va xom ashyo yetkazib beruvchini qisman o‘z safiga qo‘shib oladi o‘zaro kelishilgan uzoq yillik shartnoma imzolanadi. Unga ko‘ra to‘qimachilik korxonasi tomonidan qanday navli chigit ekish, qancha maydonga ekishni yil boshida rejaga kiritadi va sotib oladigan maxsulot xajmi va sifati uchun xom ashyo yetkazib beruvchi javobgar xisoblanadi. Bu xolatda o‘zaro kelishuvdan xom ashyo yetkazib beruvchi xam foyda ko‘rib, xom ashyoni tayyorlash jarayonidagi xom ashyo tannarxiga sinigib ketadigan maxsulotlarni o‘z vaqtida kerakli miqdorda yetkazib berish shartini o‘zak korxonasi zimmasiga yuklaydi. Shunday xolda dexqon asosiy vaqtini sifatli xom ashyo tayyorlashga qaratadi. Paxtachilikda biz bilamizki kerakli agrotexnika tadbirini o‘z vaqtida va sifatli amlaga oshirmasa aytgan natijaga erisha olmaydi. Shu sababdan o‘zak korxona yordamiga suyanib, uzoq muddatli imtiyozli kreditlar xisobiga o‘zi uchun kerak bo‘ladigan texnika va extiyot qismlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu xam ashyo yetkazib beruvchini kelajakda stabil faoliyat ko‘rishiga asos bo‘ladi. Bu ikki xolata xam ikki tomonlama xarakat sof iqtisodiy mexanizmlar asosida tashkil etilganligi o‘zaro aloqalarni samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Uchinchi xolatda esa xom ashyo yetkazib beruvchini o‘z tarkibiy qismi sifatida qo‘shib oladi va barcha tashkiliy isharni o‘zi bajaradi. Bu xolat klaster tashkil etilish bilan bir vaqtda amalga o shiririlishi kerakli natijani bermaydi. Qo‘shib olish uchun avvalo fermer xo‘jaligini iqtisodiy taxlil qilish yerlarni meliorativ xolatini o‘rganish ish tashkil etishdagi xato kamchiliklarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Xom ashyo yetkazib beruvchini asta sekinlik bilan o‘zaro shartnoma shartlarini bajarmagan xolda, samarali ish tashkil eta olmagan bo‘lsa yoki stabil ishlayotgan bo‘lsada fermerni qanoatlanarli shartnoma taklif etish yo‘li bilan mavjud sharoitni o‘rganib chiqib o‘z tarkibiga qo‘shib olish lozim va bu jarayonni to‘liq iqtisodiy asosi bo‘lishi lozim. Bu jixat qachonki klasterdagi xar bir bo‘g‘in qilyotgan mexnatiga va uning klaster uchun qay darajada axamiyatli ish bajarayotganiga qarab rag‘batlantirish lozim.
Mavzu yuzasidan savollar: 1. Klaster tizimini yuzaga kelishi va o‘ziga xos hususiyatlarini izoxlang? 2. Jaxon mamlakatlarida klaster tizimini joriy etishning o‘ziga xos hususiyatlarini tushintiring? 3. Nega klaster tizimini joriy etishda yagona qolip bo‘lmasligi kerak? 4.Klaster tizimi ishlab chiqarishga qanday ta’sir ko‘rsatadi va ta’sir ko‘rsatish mexanizimini tushintiring? 5. Klaster tizimi rivojlanishiga mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning ta’siri? 6. Psevdoklasterlar qanday yuzaga keladi? Download 192.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling