2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli
Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni
Download 192.15 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
- Ikkinchi bosqich
- Uchinchi bosqich
2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni
Klasterlar ma’lum chegaralangan mintaqalarda ishlab chiqarishni rivojlantirishga turli hil ta’sir ko‘rsatadi: Ma’lum mintaqani infratuzilmasi asosini tashkil etib, hudud ishlab chiqarishini lakomativi bo‘ladi; Ma’lum cheklangan mintaqada ishlab chiqarish mavjud infratuzilmasini takomillashuviga ta’sir ko‘rsatadi va foydalanadi hamda yangi ihtisoslashgan tarmoqlarni yuzaga keltiradi; Boshqaruv tizimida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; Hududdagi moliyaviy imkoniyati yuqori bo‘lg‘an tashkilotlar ortda qolayotgan va raqobat muhitiga dosh bera olmayotgan tarmoqlarni yukalishiga moliyaviy, huquqiy yordam ko‘rsatish orqali mintaqa ishlab chiqarishiga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadi; Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tez joriy etish orqali ishlab chiqarishni o‘sishiga ta’sir qiladi; Klasterlar yirik biznesning asosi hisoblanib joylashgan mintaqasini keyinchalik mamlakatni jaxon bozoridagi o‘rni yuksalishiga ijobiy ta’sir etadi va boshqalar. Davlatlar o‘rtasidagi klasterni tashkil etishni taqqoslash ular o‘rtasida markazlashganlik darajasi va hududiy jihatdan umumiylik borligini ko‘rsatadi. Hududi katta bo‘lmagan mamlakatlarda klasterlashtirish umum davlat miqiyosida tashkil etilsa, hududi katta davlatlarda esa ma’muriy hududiy birliklar darajasida tashkil etiladi. O‘zbekiston sharoitida hududiy klasterlarni tashkil etish milliy darajada olib borish muximmi yoki hududlar miqiyosidami?. Respublikamiz hudud jixatidan yirik mamlakatlar qatorga kirmaganligini inobatga olsak, klaster tizimini joriy etish davlat miqiyosida tashkil etilishi va kuzatib borilishi lozim(boshlang‘ich bosqichida ayniqsa asosiy nazorat davlat qo‘lida bo‘lishi lozim) ammo hududlar imokniyati va ulardagi tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat maxalliy xokimliklar bilan bevosita aloqa qilishni talab qiladi va klaster tizimini rivojlanishida muxim omil bo‘ladi. Yana bir jixat hududlar imkoniyati bir xil emasligi klaster tizimini joriy etishda yagona qolip buladi degan fikirlarni chetga surib qo‘yish kerakligini ko‘rsatadi. Ya’ni jaxon tajribasida o‘z o‘zini oqlagan siyosat O‘zbekiston va uning turli hududlarida turlicha natija berishi mumkin. Shu sabadan, jahon tajribasini o‘rgangan holda, respublika sharoitida klasterlar tashkil etishni bosqichma bosqich amalga oshirish va ular ko‘lamini ortirish maqsadga muvofiq: Shunga ko‘ra: Birinchi bosqich, Mahalliy ta’sirga ega kichik klasterlar. Bu klasterlar tashkil etishda, hudduni asosiy xo‘jalik tarmog‘i tanladi va davlat tomonidan birinchi galda huquqiy, moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Asosiy o‘zak korxonalar atrofidagi bevosita va bilvosita aloqador infratuzilmaviy sharoitlar o‘rganilib chiqiladi(bu ishlarni klaster ta’sischilari bajargani ma’qul). O‘rganish natijalariga ko‘ra kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi, korxonalarni eksport va import faoliyatini soddalashtirish, birinchi bosqichdagi klasterlarga birikkan korxonalarga mahalliy xom-ashyoni iloji boricha pastroq narxlarda yetkazib berish, texniika va dastgoxlar bilan ta’minlanishda uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratib berishda davlat organlarini roli katta bo‘ladi. Ikkinchi bosqich, Respublika ta’siriga ega katta klasterlar. Bu boqichda esa hududda infratuzilmaviy sharoit talab darajasiga olib chiqiladi ammo ishlab chiqarish jarayoni muttasil ortib borishi tufayli tarmoqlarda diversifikatsiya jarayoni ketadi. Shu sababdan qo‘shimcha infratuzilmalarni yaratish davr talabi bo‘lib qoladi. Ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqalarga aloxida etibor berish, zamon talabida faoliyat yuritish imkoniyatini beradi. Uchinchi bosqich, Mintaqa ta’siriga ega yirik klasterlar. Bu klasterlar mintaqada o‘z o‘rniga ega bo‘lib shu xuddud bozorini o‘rganish uchun marketing ishlarini jaddal rivojlantiradi, ilmiy tadqiqot ishlariga yanada ko‘proq etibor qaratadi. Bu klasterlar ko‘proq chegara hududlarida tashkil etilib ikki va undan ortiq davlatlarni ho‘jaliklari umumlashtirishi bilan axamiyatlidir. Imkoniyatlari, qamrovi kengayishi xalqaro miqiyosida faoliyat yuritish imkoniyatini beradi. Bugungi egiluvchan va tez o‘zgaruvchan bozor sharoitida yangilikni birdaniga yirik masshtabda joriy qilish o‘rinili emas. Chunki xar bir tarmoq bir murakkab tizim xisoblangni xolda klasterlarda bir qancha tarmoqlarni mavjudligi ularni boshqarish o‘zaro manfatli sharoitlarni yaratish, mavjud tabiiy va iqtisodiy ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liq muammolarni xal qilish bosqichma-bosqich xal qilish o‘rinli. Klasterlar tashkil etishda tarmoqlarini biri-biri bilan muvofiqlashtirish bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lishi lozim. Bu vazifani asosan klasterni o‘zak korxonalari bajarishi va davlat organlarini ishtiroki bo‘lishi lozim. Bundan tashqari o‘zak korxonalar bir qancha vazifalarni bajarishi talab etiladi. klaster tuzishni boshlash; tarmoqning boshqa korxona, ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi, hamkor tashkilot va davlat organlari bilan kelishuvlarga erishish; tarmoqdagi korxonalarga tizimli ravishda investitsiya, dotatsiya, kreditlar berishni tashkil etish; boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etish; klasterga birikkan korxonalar o‘rtasida muvofiqlashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan istqbolli rejalar tuzish; Ilmiy tadqiqot muassalarini tashkil etish yoki xamkorlik o‘rnatish va boshqalar. Shu o‘rinda Amerika qo‘shma shtatlari tajribasidan kelib chiqib uch bosqichdagi klaster siyosati olib borish lozim. 1. Aniq o‘zak sanoat tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan 2. Tarmoqlar orasidagi manfatli xamkorlikni shakllantirshga qaratilagan 3. Og‘riqli soxalar yoki jixatlarni yechishga qaratilgan. Klasterlarni to‘g‘ri tashkil etish mintaqa ishlab chiqarishiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 192.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling