2. Klasterlar va ishlab chiqarish jarayoni Klasterlarni shakllanishida mintaqaviy va iqtisodiy siyosatning roli
Sxema: Takomillashgan hududiy to‘qimachilik klaster tizimi
Download 192.15 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Sxema: Takomillashgan hududiy to‘qimachilik klaster tizimi
Tashkil etilgan to‘qimachilik klasteri bunday keng qamrovli faoliyatni tezda amlaga oshira olmaydi agarda davlat ko‘magi asosida oshirsa xam bu ma’muriy tarzda amalga oshirganligi sababli uzoq muddatli natijaga ega bo‘lmaydi. Birinchi navbatda klaster orasidagi manfatli xamkorlikni davlat ishtirokida amalaga oshirsada keyinchalik bu xuquqiy asosni ta’sischilar tomonidan shakllantirib borilishi lozim. Eng muximi bunday to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish shu mintaqadagi o‘sish qutublarini yuzaga keltiradi. Bunday to‘qimachilik klasterini hududda tashkil etishda tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlarini o‘rganish katta axamiyatga ega. Paxta va tolali ekin turlarini yetishtirish uchun zarur bo‘lgan tabiiy omillar (tuproqning unumdorligi, yer osti suvlarining satxi, musbat xaroratlar yig‘indisi, yog‘ining miqdori)ni o‘rganish; Hududda oldindan mavjud paxta ekin maydonalari, xosildorligi va yalpi xosil miqdorini o‘rganish; Qishoq xo‘jaligi hamda paxtani qayta ishlash sanoatda mexnat resurslari malakasi va imkoniyatlarini o‘rganish; Paxta va boshqa tolali ekin turlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari va ularga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma sharoitlari va raqobat sharoitida faoliyat yurita oladigan korxonalarning mavjudligini o‘rganish; Mintaqani iqtisodiy geografik o‘rni va transport salohiyatini o‘rganish; Qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash bo‘g‘inlarining bir biriga muttanosibligini o‘rganish; Maxsulot ishlab chiqarishda faol ishtirok etadigan korxonalarining mujassamlashuv darajasi ular orasidagi masofani o‘rganish klaster tashkil etishda asosiy omil bo‘lishi kerak. Yuqoridagi omillarni shakllanganligi mintaqani boshqa hududlarga nisbatan qiyosiy ustunlikga ega bo‘lishini taminlaydi. Hududni tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy tahlil etmasdan tashkil etilgan klasterlar xech qanday ustunlikga ega bo‘lmaydi va klasterlarni tashkil etish katta mablag‘larni talab qilib bu xolat ishlab chiqarishda xarajatlar ortishiga sabab bo‘ladi. To‘qimachilik klasterlarini tashkil etishga siyosiy tus berish jarayonlari xam mavjudki bu xolda yuqoridagidek taxlillar o‘tkazilmaganligi soxta (psevdo) klasterlarni yuzaga keltiradi. Faqatgina nomdan foydalanish davlat ko‘magidan keragidan ortiq foydalanish, mavjud sharoitni xisobga olmaslik keyinchalik bu klasterlar faoliyatini uzoqga bormasligiga sabab bo‘ladi. To‘qimachilik klasterlar faoliyatidagi eng muxim masala tarmoq korxonalari orasidagi manfaatli xamkorlik sanaladi. To‘qimachilik korxonalari xom ashyo sarfini eng ko‘p talab qiladigan ishlab chiqarish tarmoqlari qatoriga kiradi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxida xom ashyo va asosiy materiallarning ulushi 90% gacha tashkil etilishi mumkin. Shu sababdan xom ashyo yetishtirshga aloxida e’tibor qaratish lozim. Birinchi galda to‘qimachilik korxonasi va fermerlar yoki xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan shartnoma asosida ishlagani ma’qulmi yoki o‘z tarkibiga qo‘shib olgani ma’qulmi. Bu jarayon turli mamlakatda, turli hududdlarda mavjud sharoitdan kelib chiqib tashkil qilish lozim. Xom ashyo yetkazib beruvchi bo‘g‘in maqomini uch xil xolda saqlab qolish va keyinchalik esa mavjud vaziyatdan kelib chiqib o‘zgartirish maqsadga muvofiq: Download 192.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling