65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
II BOB. SCHOTLARNING BOG‘LANIShI
V qism. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va foydalanilishi IX BO‘LIM. DAROMADLAR VA XARAJATLAR Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schotlarning (9000) bog‘lanishi Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schotlarning (9100) bog‘lanishi Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schotlarning (9200) bog‘lanishi Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schotlarning (9300) bog‘lanishi Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlarning (9400) bog‘lanishi Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlarning (9500) bog‘lanishi Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarning (9600) bog‘lanishi Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schotlarning (9700) bog‘lanishi Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schotlarning (9800) bog‘lanishi Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar (9910) bo‘yicha bog‘lanish IX bo‘limning schotlari korxona faoliyatining hisobot davridagi daromadlari va xarajatlari, moliyaviy natijalarning shakllanishi va foydalanilishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosga (Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1998 yil 14 avgustda 475-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) muvofiq: daromadlar - hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishi; xarajatlar - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishi. Shuni ta’kidlash joizki, daromadlar va xarajatlar ular kelib tushishi yoki vujudga kelishi davrida (pul mablag‘lari olinganligi yoki to‘langanligi asosida emas) buxgalteriya hisobida tan olinishi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi lozim. Buxgalteriya hisobida daromadlar va xarajatlarni aks ettirishda, shuningdek hisobot davrida daromadlar va xarajatlar mutanosibligi tamoyiliga rioya qilish lozim. Hisobot davrida daromadlar va xarajatlarning mutanosibligi - bu ushbu davrda faqat aynan shu hisobot davrida olingan daromadlar bilan bog‘liq xarajatlar aks ettirilganligini bildiradi. Agar daromadlar va xarajatlarning alohida turlari orasida bevosita bog‘lanishni aniqlash imkoniyati murakkab bo‘lgan taqdirda, xarajatlar qandaydir taqsimlash tizimiga muvofiq bir necha hisobot davri bo‘yicha taqsimlanadi. Bu, masalan, bir necha yillarga taqsimlanadigan amortizatsiyalanadigan xarajatlarga taalluqlidir. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi O‘zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solinadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling