65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schotlarning (0400) bog‘lanishi
Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schotlarning (0400) bog‘lanishi Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining tartibi va ular bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash uslubiyati quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi: - Moliya vazirining 2005 yil 25 martdagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zR AV tomonidan 2005 yil 27 iyunda 1485-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) "Nomoddiy aktivlar"; - Moliya vazirining 2005 yil 14 dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zR AV tomonidan 2006 yil 14 yanvarda 1539-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nomoddiy aktivlarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom; - 2004 yil 10 martdagi MVning 37-son, DSQning 2004-26-son, MAIMQVning 20/1-son qarori bilan tasdiqlangan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida nizom va b. Mulkchilik huquqida korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi: 0410 "Patentlar, litsenziyalar va nou-xau"; 0420 "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari"; 0430 "Dasturiy ta’minot"; 0440 "Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari"; 0450 "Tashkiliy xarajatlar"; 0460 "Franchayz"; 0470 "Mualliflik huquqlari"; 0480 "Gudvill"; 0490 "Boshqa nomoddiy aktivlar". Ta’sischilarning korxona ustav kapitaliga bergan ulushlari hisobiga nomoddiy aktivlar kirim qilinishi mazkur guruh schotlari debeti bo‘yicha va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi" schoti krediti bo‘yicha; boshqa korxonalar va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar - 0830 "Nomoddiy aktivlarni xarid qilish" schoti bilan bog‘langan holda; boshqa korxonalar va shaxslardan bepul olingan nomoddiy aktivlar kirim qilinishi - 8530 "Tekinga olingan mulk" schoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va h.k.) ularning boshlang‘ich qiymati tegishli nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schotlar (0400) kreditidan 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling