65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Bankda maxsus schotlardagi pul mablag‘larini


Download 0.8 Mb.
bet56/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Bankda maxsus schotlardagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarning (5500) bog‘lanishi

Mazkur guruh schotlarida O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablag‘larining mavjudligi va harakati to‘g‘risida, shuningdek maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablag‘larining alohida saqlanadigan qismining harakati to‘g‘risidagi axborotlar umumlashtiriladi. Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


5510 "Akkreditivlar";
5520 "Chek daftarchalari";
5530 "Boshqa maxsus schotlar".
Ushbu schotlarning debetida, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarning krediti bilan bog‘langan holda, pul mablag‘lari akkreditivlarga, chek daftarchalariga, boshqa maxsus schotlarga o‘tkazilishi aks ettiriladi. Schotlarning kreditida, majburiyatlar schotlari bilan bog‘langan holda, ulardan foydalanish, hisob-kitob yoki valyuta schotlari bilan bog‘langan holda esa - ishlatilmagan akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa maxsus schotlarning qaytarilishi aks ettiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Pul mablag‘lari akkreditivga o‘tkazilgan



5510

5110,
5210-5220



Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



2

Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun chek daftarchasi ochilgan



5520

5110

Chek daftarchasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



3

Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar sotilishidan maxsus schotga summa kelib tushgan



5530

0610

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



4

Tayyor mahsulot, tovarlar, xizmatlar va ishlar sotilishidan maxsus schotga tushum kelib tushgan



5530

4010

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



5

Asosiy vositalar va boshqa aktivlar sotilishidan maxsus schotga tushum kelib tushgan



5530

4010, 4890

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



6

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan maxsus schotga tushum kelib tushgan



5530

4110, 4120

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



7

Boshqa tashkilotlarda ulushli ishtirok etganlik uchun daromadlar summalari kelib tushgan



5530

4840

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



8

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan maxsus schotga sotishdan tushum kelib tushgan



5530

4110, 4120

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



9

Ishlatilmagan summalar hisobdor shaxslar tomonidan maxsus schotga qaytarilgan



5530

4220, 4230

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



10

Ilgari berilgan bo‘nak mol yetkazib beruvchi tomonidan qaytarilgan



5530

4310-4330

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



11

Yanglish hisoblangan soliqlar budjetdan qaytarilgan



5530

4410

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



12

Yanglish hisoblangan summalar sug‘urta idoralari tomonidan qaytarilgan



5530

4510, 4520

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi

13

Mehnatga layoqatsizlik varaqalari, pensiyalar, nafaqalarni to‘lash uchun Pensiya jamg‘armasidan summa maxsus schotga kelib tushgan



5530

4520

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



14

Ustav kapitaliga badal summalari maxsus schotdan ta’sischilarga qaytarilgan



5530

4610

Ta’sischilar majlisining bayonnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



15

Tovarlar kreditga sotilishidan pul mablag‘lari kelib tushishi aks ettirilgan



5530

4710

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



16

Xodimlarga berilgan ssuda maxsus schotga qaytarilgan



5530

4720

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



17

Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi maxsus schotga to‘langan



5530

4730

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



18

Moliyaviy ijara (lizing) shartlari bilan berilgan asosiy vositalar bo‘yicha ijaraga oluvchidan ijara to‘lovi kelib tushishi aks ettirilgan



5110

4810

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



19

Qisqa muddatli ijara bo‘yicha qarzni qoplash uchun maxsus schotga summa kelib tushgan



5530

4820

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



20

Berilgan kreditlar va qarzlar bilan bog‘liq foizlar bo‘yicha qarzlarni qoplash uchun maxsus schotga summa kelib tushgan



5530

4830

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



21

Olinadigan dividendlar bo‘yicha qarzni qoplash uchun maxsus schotga summa kelib tushgan



5530

4840

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



22

Royalti bo‘yicha qarzni qoplash uchun maxsus schotga summa kelib tushgan



5530

4850

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



23

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan da’volar bo‘yicha qarz qoplanishi uchun summalar maxsus schotga kelib tushgan



5530

4860

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



24

Yanglish olingan summa maxsus schotga qaytarilgan



5530

4860

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



25

Boshqa debitorlar qarzlarini qoplash uchun maxsus schotga summa kelib tushgan



5530

4890

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



26

Qarzni qoplash uchun pul mablag‘lari kassadan maxsus schotga topshirilgan



5530

5010

Chiqim kassa orderi, kassir hisoboti, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



27

Chet el valyutasini xarid qilish uchun, shuningdek korporativ kartochka ochish uchun mablag‘lar o‘tkazilgan



5530

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



28

Sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti hisob-kitob schotiga kiritilgan:









Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi






- sotish kuni valyuta bozorida bitim kursi bo‘yicha sotilgan valyutaning qiymatiga



5110

5530







- sotish kuni valyuta bozorida bitim kursi bo‘yicha sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti bilan Markaziy bank kursi bo‘yicha sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti o‘rtasidagi musbat farq summasiga



5510

9540







- sotish kuni valyuta bozorida bitim kursi bo‘yicha sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti bilan Markaziy bank kursi bo‘yicha sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti o‘rtasidagi manfiy farq summasiga



9620

5530




29

Bankdagi maxsus schotni yopishda hisob-kitob schotiga summa kelib tushgan



5110

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



30

Yo‘ldagi pul mablag‘lari maxsus schotga tushgan



5530

5710

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



31

Qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar sotilgan



5530

5810

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



32

Qisqa muddatli investitsiyalar tartibida ilgari taqdim etilgan qarz qaytarilgan



5530

5830

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



33

Bankka qaytarilgan cheklar va akkreditivlar (ishlatilmagan) bo‘yicha summalar maxsus schotga o‘tkazilgan



5530

5510, 5520

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



34

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan maxsus schotga summa kelib tushgan



5530

6110, 6120

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



35

Kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davr daromadlari) tarkibidagi summalar maxsus schotga kelib tushgan



5530

6230

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



36

Olingan bo‘naklar summasi, shuningdek mahsulot qisman tayyorlanganligi uchun olingan to‘lov summalari aks ettirilgan



5530

6310

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



37

Aksiyalarga obunachilardan ishtirokchilar depoziti ko‘rinishida bo‘nak olingan



5530

6320

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



38

Bankning qisqa muddatli ssudasi maxsus schotga kelib tushgan



5530

6810

Kredit shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



39

Boshqa korxonaning qisqa muddatli ssudasi maxsus schotga kelib tushgan



5530

6820

Kredit shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



40

Qisqa muddatli obligatsiyalar sotilishidan summa maxsus schotga kelib tushgan



5530

6830

Obligatsiya kelishuvi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



41

Qisqa muddatli veksel bo‘yicha pul mablag‘lari maxsus schotga kelib tushgan



5530

6840

Kredit shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



42

Pul mablag‘lari maxsus schotga yanglish kelib tushgan



5530

6960

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



43

Bankning uzoq muddatli ssudasi maxsus schotga kelib tushgan



5530

7810

Kredit shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



44

Boshqa korxonaning uzoq muddatli ssudasi maxsus schotga kelib tushgan



5530

7820

Kredit shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



45

Uzoq muddatli obligatsiyalar sotilishidan summa maxsus schotga kelib tushgan



5530

7830

Obligatsiya kelishuvi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



46

Uzoq muddatli veksel hisobidan maxsus schotga pul mablag‘lari kelib tushgan



5530

7840

Uzoq muddatli veksel, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



47

Ustav kapitaliga badal hisobiga ta’sischilardan pul mablag‘lari maxsus schotga kelib tushgan



5530

8310-8330

Aksiyalarga obuna daftari, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



48

Maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari maxsus schotga kelib tushgan



5530

8810-8890

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi, maqsadli moliyalashtirish shartnomasi



49

Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam maxsus schotga kelib tushgan



5530

9390

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



50

Maxsus schotdan uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar xarid qilingan



0610

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



51

Maxsus schotdan shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar aks ettirilgan



0620

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



52

Maxsus schotdan qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar aks ettirilgan



0630

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



53

Maxsus schotdan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga investitsiyalar aks ettirilgan



0640

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



54

Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha turli xarajatlar naqd pulsiz yo‘l bilan maxsus schotdan to‘langan



0810-0890

5530

Bildirgi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomasi



55

Maxsus schotdan xodimlarga va boshqa korxonalarga uzoq muddatli kreditlar berilgan



0930, 0940

5530

Kredit shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



56

Maxsus schotdan operativ ijara bo‘yicha oldindan to‘lov o‘tkazilgan



3110

5530

Ijara shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



57

Maxsus schotdan xizmatlar uchun oldindan to‘lov o‘tkazilgan



3120

5530

Shartnoma, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



58

Maxsus schotdan kelgusi davr boshqa xarajatlari uchun summa o‘tkazilgan



3190

5530

Shartnoma, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



59

Maxsus schotdan ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga summa o‘tkazilgan



4110-4120

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



60

Maxsus schotdan hisobdor shaxslarga bo‘naklar o‘tkazilgan



4220, 4230

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



61

Maxsus schotdan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar summasi aks ettirilgan



4310-4330

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



62

Maxsus schotdan sug‘urta firmasiga sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari o‘tkazilgan



4510

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



63

Maxsus schotdan xodimlar tomonidan kreditga olingan tovarlar uchun summa o‘tkazilgan



4710

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



64

Maxsus schotdan xodimlarga taqdim etilgan qisqa muddatli qarzlar o‘tkazilgan



4720

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



65

Maxsus schotdan bank tomonidan yanglish summa olingan



4860

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



66

Ishlatilmagan akkreditivning qoldig‘i qaytarilgan



5110

5510

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



67

Ishlatilmagan cheklarning qoldig‘i qaytarilgan



5110

5520

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



68

Maxsus schotdan ishlatilmagan mablag‘larning qoldig‘i qaytarilgan



5110

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



69

Maxsus schotdan xarid qilingan yo‘llanmalar uchun summa to‘langan



5610

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



70

Maxsus schotdan bajarilgan ishlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarz qoplangan



6010

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



71

Maxsus schotdan bajarilgan ishlar uchun mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga berilgan veksellar bo‘yicha qarz qoplangan



6020

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



72

Maxsus schotdan ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi qarz qoplangan



6110, 6120

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



73

Maxsus schotdan xaridorlardan ilgari olingan bo‘naklar qaytarilgan



6310

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



74

Maxsus schotdan budjetga ajratmalar va to‘lovlar bo‘yicha qarzlar summasi o‘tkazilgan (yil davomida va qo‘shimchalari)



6410

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



75

Maxsus schotdan molmulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi oldidagi qarz qoplangan



6510

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



76

Maxsus schotdan maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar bo‘yicha qarz qoplangan



6520

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



77

Maxsus schotdan ta’sischilarga korxonada ishtirok etganligi uchun hisoblangan daromadlar (dividendlar) to‘langan



6610

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi, ta’sischilar majlisining bayonnomasi



78

Ta’sischining badali pul mablag‘lari bilan qaytarilgan



6620

5530

Ta’sischilar majlisining bayonnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



79

Maxsus schotdan banklarning qisqa muddatli kreditlari qoplangan



6810

5530

Kredit shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



80

Maxsus schotdan boshqa korxonalarning qisqa muddatli kreditlari qoplangan



6820

5530

Kredit shartnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



81

Maxsus schotdan qisqa muddatli obligatsiyalar qoplangan



6830

5530

Obligatsiya kelishuvi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



82

Maxsus schotdan to‘lanadigan veksellar bo‘yicha qarz qoplangan



6840

5530

To‘lanadigan veksel, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



83

Maxsus schotdan to‘lanadigan operativ ijara bo‘yicha qarz qoplangan



6910

5530

To‘lanadigan veksel, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



84

Maxsus schotdan hisoblangan foizlar bo‘yicha qarz qoplangan



6920

5530

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



85

Maxsus schotdan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq ijara to‘lovi bo‘yicha qarz qoplangan



6920

5530

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



86

Maxsus schotdan hisoblangan royalti bo‘yicha qarz qoplangan



6930

5530

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



87

Maxsus schotdan kafolatlar bo‘yicha qarz qoplangan



6940

5530

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



88

Maxsus schotdan bankning uzoq muddatli kreditining joriy qismi va boshqa korxonalardan olingan kreditlar qoplangan



6950

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



89

Maxsus schotdan ijaraga oluvchi tomonidan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchiga lozim bo‘lgan to‘lovlar to‘langan



6950

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi, ijara to‘lovlarining jadvali



90

Maxsus schotdan turli kreditorlar oldidagi qarzlar summasini qoplash uchun to‘lovlar to‘langan



6990

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



91

Yanglish hisobga olingan summalar maxsus schotdan qaytarilgan



6960

5530

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



92

Maxsus schotdan aksiyador (ishtirokchi)dan unga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulush) sotib olinishi aks ettirilgan



8610

5530

Bildirgi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomasi



93

Maxsus schotdan maqsadli moliyalashtirishdan foydalanilganligi aks ettirilgan



8810-8890

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



94

Maxsus schotdan tekinga qaytarilmaydigan moliyaviy yordam o‘tkazilgan



9430

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



95

Maxsus schotdan bank xizmati uchun summa o‘tkazilgan



9430

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



96

Maxsus schotdan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar to‘langan



9630

5530

To‘lov topshiriqnomasi, maxsus schotdan bank ko‘chirmasi




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling