65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘ldagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalari)ni hisobga oluvchi schotlarning (5700) bog‘lanishi
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi
schotlarning (5600) bog‘lanishi 5610 "Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)" schotining korxona kassasidagi pul ekvivalentlari (pochta markalari, chiptalar va boshqalarning nominal qiymati bo‘yicha) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur schotning debetida, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, pul ekvivalentlarining xarid qilinishi, krediti bo‘yicha - xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, ularning sarf-xarajat qilinishi aks ettiriladi.
Yo‘ldagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalari)ni hisobga oluvchi schotlarning (5700) bog‘lanishi 5710 "Yo‘ldagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalari)" schotida yo‘ldagi O‘zbekistonning milliy valyutasidagi va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, ya’ni kredit tashkilotlarining kassalariga, jamg‘arma kassalarga yoki pochta bo‘limlarining kassalariga korxonaning hisob-kitob schotiga yoki boshqa schotiga o‘tkazish uchun kiritilgan, biroq hali maqsadi bo‘yicha ularga tushmagan pul summalarining (asosan mahsulotlar va tovarlar sotilishidan, xizmatlar ko‘rsatilishidan, ishlarni bajarishdan naqd pul tushumi va pul o‘tkazmalari) harakati to‘g‘risidagi axborot umumlashtiriladi. Ushbu schot bo‘yicha summalarni hisobga olish uchun kredit tashkilotining, jamg‘arma kassasining, pochta bo‘limining kvitansiyalari, inkassatorlarga tushum topshirilganligi to‘g‘risida ilova hujjatlarining nusxalari, banklarning ko‘chirmalari va memorial orderlari asos bo‘lib hisoblanadi. Mazkur schot debetida kassadagi va boshqa pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda pul o‘tkazmalari, kreditida - yo‘ldagi pullarning hisob-kitob, valyuta va boshqa schotlarga kiritilishi aks ettiriladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling