65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha


Download 0.8 Mb.
bet47/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha
qarzini hisobga oluvchi schotlarning (4600) bog‘lanishi

4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi" schoti korxona ta’sischilari (aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari, shirkat ishtirokchilari va boshqalar)ning korxona ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha qarzi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Mazkur schotning debetida ustav kapitalini hisobga oluvchi schotlar (8300) bilan bog‘langan holda, ustav kapitali miqdori bo‘yicha korxona tashkil etilgan paytda yoki tegishli davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish paytida debitorlik qarzi paydo bo‘lishi aks ettiriladi.
Ushbu schotning kreditida asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni, materiallarni va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, moddiy va boshqa qiymatliklar ko‘rinishida (pul mablag‘laridan tashqari) kiritilgan ulushlar aks ettiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Ishtirokchilar ulushlari summasida ustav kapitalining miqdori (oddiy aksiyalarga obuna summasida) e’lon qilingan (korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin)



4610

8310

Ustav, ta’sis shartnomasi, aksiyalarga obuna jurnali



2

Ishtirokchilar ulushlari summasida ustav kapitalining miqdori (imtiyozli aksiyalarga obuna summasida) e’lon qilingan (korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin)



4610

8320

Ustav, ta’sis shartnomasi, aksiyalarga obuna jurnali



3

Mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat va xususiy korxonada ustav kapitalining miqdori davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan



4610

8330

Ustav, ta’sis shartnomasi



4

Ta’sischilar tomonidan korxona egaligiga asosiy vositalar taqdim etilgan



0110-0190

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, asosiy vositalarni qabul qilish dalolatnomasi, inventar kartochkasi



5

Ta’sischilar tomonidan aksiyalarga obuna to‘lovlari uchun yoki ustav kapitalidagi ulushiga badal sifatida nomoddiy aktivlar (korxona ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga), jumladan yer uchastkalaridan, tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari taqdim etilgan



0410-0430,
0450-0490

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, nomoddiy aktivlarni qabul qilish dalolatnomasi



6

Aksiyalarga obuna to‘lovlari uchun ta’sischilardan taqdim etilgan uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (korxona ustav kapitaliga ulushlari hisobiga olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati) summalari aks ettirilgan



0610 5810

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, aksiyalar to‘plamini qabul qilish dalolatnomasi



7

Ta’sischilar tomonidan korxona mulkiga o‘rnatiladigan asbobuskuna taqdim etilgan



0710, 0720

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, o‘rnatiladigan asbob-uskunani qabul qilish dalolatnomasi



8

Ta’sischilar tomonidan korxona mulkiga tugallanmagan qurilish taqdim etilgan



0810

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, tugallanmagan qurilishni qabul qilish dalolatnomasi



9

Ta’sischilar tomonidan korxona mulkiga moddiy boyliklar taqdim etilgan



1010

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, yukxat



10

Ta’sischilar tomonidan korxona mulkiga inventar va xo‘jalik jihozlari taqdim etilgan



1080

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, yukxat



11

Ta’sischilar tomonidan korxona mulkiga o‘stirishdagi va bo‘rdoqida boquvdagi hayvonlar taqdim etilgan



1110, 1120

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, yukxat



12

Ta’sis badali hisobiga ta’sischilar tomonidan korxona mulkiga tayyor mahsulot taqdim etilgan



2810

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, yukxat



13

Ta’sis badali hisobiga ta’sischilar tomonidan korxona mulkiga tovarlar taqdim etilgan



2910

4610

Ta’sischilarning kelishuv bayonnomasi, yukxat



14

Naqd pul ko‘rinishida ta’sischilar ulush summalarining hisob-kitob schotiga amalda kelib tushishi aks ettirilgan



5010

4610

Kassir hisoboti, kirim kassa orderi



15

Pul mablag‘lari, ta’sischilar ulush summalarining hisob-kitob schotiga amalda kelib tushishi aks ettirilgan



5110

4610

Bank hisob-kitob schotidan ko‘chirma



16

Pul mablag‘lari, ta’sischilar ulush summalarining valyuta schotiga amalda kelib tushishi aks ettirilgan



5210

4610

Bank valyuta schotidan ko‘chirma



17

Korxona ta’sischilariga badallar qaytarilishini, aksiyalar nominal qiymatining kamaytirilishi aks ettirilgan



8310, 8320

4610

Ta’sischilarning qarori



18

Ta’sischilarning qaroriga asosan kirim qilingan asosiy vositalar ta’sis shartnomasiga mos kelmaganligi uchun omonatchilarga qaytarilgan



4610

0110-0180

Ta’sischilarning qarori, buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



19

Ta’sischilarning qaroriga asosan kirim qilingan nomoddiy aktivlar ta’sis shartnomasiga mos kelmaganligi uchun ta’sischilarga qaytarilgan



4610

0410-0490

Ta’sischilarning qarori, buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



20

Ta’sischilarning qaroriga asosan kirim qilingan boshqa aktivlar ta’sis shartnomasiga mos kelmaganligi uchun omonatchilarga qaytarilgan



4610

0600, 0800,
5010, 5110,
5210



Ta’sischilarning qarori, buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



21

Korxona ustav kapitaliga badallar ta’sischining mehnat haqidan ushlab qolingan



6710

4610

Hisob-kitob to‘lov hujjatlari



22

Ustav kapitali shakllantirilganda vujudga kelgan musbat kurs farqi aks ettirilgan



4610

8420

Kurs farqining hisob-kitobi



23

Ustav kapitali shakllantirilganda vujudga kelgan manfiy kurs farqi aks ettirilgan:









Kurs farqining hisob-kitobi






- mavjud qo‘shilgan kapital chegarasida



8420

4610







- mavjud qo‘shilgan kapitaldan ortiq bo‘lganda



9430

4610







Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling