65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar


Download 0.8 Mb.
bet60/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar
va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schotlarning
(5900) bog‘lanishi

Boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schotlar kamomadlar summalari hamda moddiy va boshqa qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar (jumladan, pul mablag‘lari)ni tayyorlash, saqlash, sotish va inventarlash jarayonida, shuningdek pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schotlarda hisobga olinishi nazarda tutilmagan, biroq korxonaning mulki bo‘lgan boshqa joriy aktivlarning kamomad summalari va buzilishidan yo‘qotishlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


5910 "Kamomadlar va qiymatliklar buzilishidan yo‘qotishlar";
5920 "Boshqa joriy aktivlar".
5910 "Kamomadlar va qiymatliklar buzilishidan yo‘qotishlar" schotining debetida, tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schotlar hamda asosiy vositalar va boshqa aktivlar sotilishi va boshqa chiqib ketishini hisobga oluvchi schot krediti bilan bog‘langan holda:
a) yetishmayotgan yoki to‘liq buzilgan tovar-moddiy qiymatliklar bo‘yicha - ularning haqiqiy tannarxi;
b) yetishmayotgan yoki to‘liq buzilgan asosiy vositalar bo‘yicha - ularning qoldiq qiymati (boshlang‘ich qiymatidan hisoblangan amortizatsiya chegirilgan);
v) qisman buzilgan moddiy qiymatliklar bo‘yicha - aniqlangan yo‘qotishlar summasi va hokazolar aks ettiriladi.
5910 "Kamomadlar va qiymatliklar buzilishidan yo‘qotishlar" schotining kreditida:
a) qiymatliklarning tabiiy yo‘qotilish me’yoridan ortiq kamomadi, buzilishdan yo‘qotishlar, o‘g‘irlangan qiymatliklarning aniq aybdorlari aniqlanganda - 4860 "Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar", 4730 "Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi" schotlarining debetiga;
b) qiymatliklarning tabiiy yo‘qotilish me’yoridan ortiq kamomadi, buzilishdan yo‘qotishlar, o‘g‘irlangan qiymatliklarning aniq aybdorlari mavjud bo‘lmaganda va asoslanmagan da’volar natijasida sudlarning rad javobi bo‘lgan taqdirda - 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schotining debetiga hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Inventarlash jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida nizom (2004 yil 10 martdagi O‘zR MVning 37-son, DSQning 2004-26-son, MAIMQVning 20/1-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 6 aprelda 1334-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) tovar-moddiy qiymatliklarni tayyorlash, saqlash, sotish va uni inventarlash paytida kamomadi va ortiqchasi aniqlanganda ularni hisobga olish tartibini muvofiqlashtiruvchi asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib hisoblanadi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling