65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi


Download 0.8 Mb.
bet68/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi
schotlarning (6300) bog‘lanishi

Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar buyurtmachilarga qisman tayyor holdagi tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib berishga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek aksiyaga obunachilardan olingan bo‘naklar bo‘yicha joriy majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar";
6320 "Aksiyaga obunachilardan olingan bo‘naklar";
6390 "Boshqa olingan bo‘naklar".
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi PF-1154-son "Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasida chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq mahsulotlar va tovarlarni yetkazib berishda, shuningdek ishlarni bajarishda yoki xizmatlarni ko‘rsatishda korxona xaridorlardan va buyurtmachilardan bo‘nak to‘lovini tashkil etadigan eng kamida 15 % oldindan to‘lovni talab qilishi lozim. Bunday holatda bo‘nak tovar-moddiy qiymatliklarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaning bajarilishi hamda xaridor va buyurtmachilardan kelgusidagi to‘lovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida xizmat qiladi. Bunday bo‘naklar pul mablag‘ini olgan korxona uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish hamda ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish amalga oshirilishiga qadar majburiyat bo‘lib hisoblanadi. Olingan bo‘naklarga quyidagilar misol bo‘ladi: korxona tomonidan gaz, suv, yoritish va boshqa maishiy xizmatlar, shuningdek tovar-moddiy qiymatliklarni va boshqalarni yetkazib berish uchun oldindan olingan to‘lovlar.
Olingan bo‘nak summalari, shuningdek qisman tayyor holdagi mahsulot (ish, xizmat) uchun qabul qilingan to‘lovlar summasi olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar (6300)ning krediti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarning debetida aks ettiriladi. Buyurtmachilarga ishlar tugatib topshirilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, shuningdek xaridorlarga mahsulot yuklab jo‘natilganda olingan bo‘naklar xaridor va buyurtmachilarning majburiyatlarini kamaytiradi hamda olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar (6300)ning debeti va olinadigan schotlar (4000) hamda debitorlik qarzini hisobga oluvchi boshqa schotlar kreditiga olib boriladi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling