Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
200
Shuningdek 2 yoki 3 osh qoshiq shakar yoki asal va iloji
bo‘lsa biroz apelsin yoki limon sharbatidan qo‘shing.
1 litr
suvga
yarim choy-
qoshiq tuz va
yarim
choy qoshiq
osh sodasi
(soda bikarbonat).
Kuygan odam iloji boricha ushbu ichimlikdan siygunga qadar tez-tez
va ko‘proq ichib turishi kerak. Agar kuygan joyi katta bo‘lsa, kuniga 4 litr
suyuqlik ichishga harakat qilishi kerak, biroq juda katta joy kuygan bo‘lsa,
12 litrgacha suyuqlik ichishi kerak.
Qattiq kuygan odamlar uchun oqsilga boy ovqatlarni iste’mol qilish,
ayniqsa muhimdir (220-bet). Hamma xildagi ovqat yeyilishi mumkin.
Bo‘g‘imlar Atrofi ning
Kuyishi
Agar odam barmoqlarining
orasi, qo‘ltig‘i yoki biror boshqa
bo‘g‘imining atrofi kuysa,
tuzalgan
sari bir biriga birlashib ketmasligi
uchun ularning orasiga vazelin sur-
tilgan bint qo‘yilishi kerak. Shuning-
dek,
barmoqlar, qo‘llar va oyoqlarni
tuzalgan sari kuniga bir necha mar-
tadan rostlab to‘g‘ri qilib turish kerak.
Buni qilish juda og‘ir, lekin bu qotib
qolib,
harakatni cheklovchi chan-
diqlarning oldini oladi. Kuygan qo‘l
tuzalayotgan davrda barmoqlar biroz
egilgan holda bo‘lgani ma'qul.
Vazelin
surtil-
gan bint
(doka)
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
Do'stlaringiz bilan baham: