mavzu. Inson bosh suyagini tasvirlash. (Old va yon tomondan) soat)


Download 153.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.10.2023
Hajmi153.78 Kb.
#1704231
  1   2


2-mavzu. 
.Inson bosh suyagini tasvirlash. (Old va yon tomondan) (2.2 soat)
 
Reja 
1.Suyaklarning birikishi.
2.Gavda skeleti harakatlari.
3.Umurtqa pog’onasi. 
Tayanch so‘z va iboralar; uzun suyaklar, kalta suyaklar, aralash suyaklar, oraliqsiz, sintroz, 
diatroz, sindesmoz, fibroz, atlant, ekoliniz. 
Adabiyotlar A.,1,2,q,3. 
Suyaklarning birikishi.  Skelet suyaklari o‘zaro xar xil usulda birikadi. Bu birikishni, 
oso an, 2 guruhga: oraliqsiz uzluksiz birikish, ya’ni sinatroz va oraliqli birikish, ya’ni diatrozga 
bo‘lish mumkin. Xarakatchan bo‘g‘imlar bilan suyaklarining birikishi tarixiy rivojlanish 
natijasida kelib chiqqan. Suyaklarning bir- biri bilan suyak modda yordamida birikishi sinatroz
tog‘ay yordamida birikish sinxondroz, biriktiruvchi to‘qima yordamida birikish sindesmoz 
deyiladi. Suyaklar muskul yordamida ham birikishi mumkin. Suyakli birikish butunlay 
xarakatsiz bo‘lib, bir suyak 2 - suyakka suyak modda yordamida birikadi. Masalan: chanoq, 
dumg‘aza suyaklari suyaklanishi davrida ba’zi joydagi tog‘ay suyaklanib ketadi. Natijada yaxlit 
chanoq yoki dumg‘aza suyagi hosil bo‘ladi. Skeletning ba’zi suyaklari Masalan: umurtqa 
pog‘onasidagi umurtqalar tanasi va qovirchalar to‘sh suyagiga uzluksiz tog‘ay yordamida 
birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro biriktiruvchi parda 
yordamida birikadi.
Odam skeletidagi ko‘p suyaklar oraliq bo‘g‘imlar hosil qilib birikadi. Bo‘g‘imda asosiy
hisoblangan bo‘g‘im xaltachasi, birikish yuzasi va bo‘shliq bo‘ladi. Bo‘g‘im yuzasi gialin
tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, bu tog‘ay nerv va qon tomirlari bilan ta’minlangan. U 2 qavatdan: 
tashqi - pishiq fibroz va ichki – yumshoq sinoviy qavatdan oqsil, yog‘ tomchilari va turli tuzlarni
o‘zida saqlagan sinoviy – bo‘g‘im moyi ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik xarakat vaqtida
bo‘g‘imlar yuzasini moylab, sirg‘anishni engillashtiradi. 


Bo‘g‘imlarning ichi bo‘sh bo‘lib, u erda manfiy bosim saqlanadi, ya’ni xavo bo‘lmaydi. 
Bu bosim bo‘g‘imlarning pishiqligini ta’minlovchi faktorlardan biridir.
Ba’zi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘ida pay (boylam)lar yaltiroq tog‘aylar va muskul paylari bo‘ladi. 
Bo‘g‘imlarning tashqi yuzasida ko‘p miqdorda pishiq boylam muskul va paylar bo‘lib ular 
bo‘g‘imning mustaxkamligini taminlaydi. Bo‘g‘imning turlari va ulardagi xarakatlar. Bo‘g‘im 
yuuzasining tuzilishiga qarab bo‘g‘imlar sharsimon ellitisimon bo‘ladi. Bo‘g‘imlar shakliga va 
funksiyasiga ko‘ra 1,2,3 o‘qli bo‘lish mumkin. Bir o‘qli bo‘g‘imlarga silindirsimon, g‘altaksimon 
bo‘g‘imlar kiradi. Silindirsimon bo‘g‘im bilak tirsak suyaklarning ikki uchida bo‘lib unda 
ichkariga va tashqariga burilish xarakati bo‘ladi.
Ikki uchli bo‘g‘imlarda silindirsimon (atlan ensa, bilak, qo‘l panjasi bo‘g‘imlari), egarsimon 
(qo‘l panjasidgi bosh barmoqning kaft suyagi orasidagi) bo‘g‘imlar misol bo‘ladi. Atlant esa 
bo‘g‘imida frontal o‘q atrofida bukish yozish, sagital, o‘q atrofida chap yoki o‘ngga og‘ish 
xarakatlari bo‘ladi.Bilak qo‘l bo‘g‘imida bukish yozish va uzoqlashtirish, aniqlashtirish, qo‘l 
panjasidagi bosh barmoqni kaft suyagi orasidagi bo‘g‘imdan uzoqlashtirish yaqinlashtirish va 
qarama – qarshi qo‘yish harakatlari bo‘ladi.
Ko‘p o‘qli bo‘g‘imlarga sharsimon elka bo‘g‘imi, yong‘oqsimon, chanoq-son bo‘g‘imi 
kiradi. Bu bo‘g‘imlarda fro‘ntal o‘q atrofida bukish-yozish, sigital o‘q atrofida uzoqlashtirish – 
yaqinlashtirish, vertikal o‘q atrofida ichkariga va tashqariga burish harakatlari bo‘ladi.
Bularning yig‘indisidan aylanma harakat, masalan: elka bo‘g‘imidagi harakatlar hosil bo‘ladi.
Tekis bo‘g‘imlarda siljish harakatlari juda kam, bularga tovon suyakdagi ba’zi birikishlar
misol bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning yuqorida aytilganidek, xilma – xil bo‘lib, turli xil xarajatlar 
bajarishi bir necha ming yillar davomida odam mehnat qurollari bilan ishlashi tufayli kelib 
chiqqan. Bo‘g‘imning pishiqligi bo‘g‘im bo‘shlig‘idan bo‘g‘im xaltachasi, boylamlar va
muskullarga bog‘liq bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning chiqishi shu bo‘g‘imning tuzilishi va 
mustahkamligiga bog‘liq. Noto‘g‘ri harakatlar vaqtida tazyiq ostida shikastlanishda bo‘g‘im 
yuzalari bir-biridan uzoqlashadi, ya’ni bo‘g‘im chiqadi. Bo‘g‘im chiqqanda qattiq 
og‘riq 
seziladi. Harakatlar qiyinlashadi. Bunday vaqtda chiqqan joyini harakatsiz qilib bog‘lab, tezlik 
bilan vrachga murojat etish kerak.
Odam skeleti asosan 3 gruppaga: gavda skeleti, qo‘l – oyoqlar skeleti va kalla skeletiga
bo‘lib o‘rganiladi.

Download 153.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling