mavzu. Inson bosh suyagini tasvirlash. (Old va yon tomondan) soat)


Download 153.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.10.2023
Hajmi153.78 Kb.
#1704231
1   2
Gavda skeleti.
Gavda skeletiga umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasi suyaklari kiradi.
Umurtqa pog‘onasi. 
Umurtqa pog‘onasi (solimna vertabralis) yangi tug‘ilgan bolada bir oz erik yon shaklida
bo‘lib, kattalarda lotincha S harfiga o‘xshaydi. Umurtqa pog‘onasi 33 – 34 ta umurtqaning
birikishidan hosil bo‘lgan. Uzunligi 70 – 90 sm. U tananing asosiy o‘qi hamda tayanchi
hisoblanadi. Umurtqalar tog‘aylar yordamida birin – ketin segmentlar hosil qilib birikadi. Ular 
yuqoridan pastga 5 bel umurtqasiga yiriklashib undan pastga qarab yana maydalashib boradi.
Lekin do‘mg‘aza suyagini hosil qiladi. Dum umurtqalari odamda rudiment holda bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasi 7 ta bo‘yin umurtqasi, 12 ta ko‘krak umurtqasi, 5 ta bel umurtqasi, 5 ta 
do‘mg‘aza umurtqasi va 4 – 5 ta dum umurtqlaridan tuzilgan.
Umurtqa teshiklari birlashib, umurtqa pog‘onasi kanalini hosil qiladi, uning ichida 
orqamiya joylashadi. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin, bel qismlari oldinga bir oz bo‘rtib chiqqan 
bo‘lib, pardoz deyiladi. Ko‘krak va dumg‘aza qismlari kifoya deyiladi.
Bo‘yin pardozi bola 1,5 – 2 oyligida bo‘ynini tuta olishi bilan hosil bo‘ladi. Bel pardozi
11 – 12 oylikda bola tik turishi bilan qisman yura boshlashi bilan shakllanib boradi. Bel pardozi 
do‘mg‘aza kifozining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan bola partada noto‘g‘ri o‘tirishi,
kasallanishi, shikastlanishi va mehnat darslarida gigena qoidalariga amal qilmasligi natijasida
umurtqa pog‘onasi yuqoridagi tabiiy echilishlardan tashqari, yon tomonga echilishi mumkin.
Bu ekoliinz deb ataladi. Umurtqa pog‘onasi organizmning o‘q skeleti hisoblanadi. Bola qaddi 
– qomatining raso bo‘lishida, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishida gimnastika
mashg‘ulotlari, bolalarning partada to‘g‘ri o‘tirishi, mehnat darslarida organizm holatini 


o‘zgartirib turishi muhim ahamiyatga ega. Umurtqa pog‘onasidan alohida umurtqalarning
tanasi umurtqalararo disk tog‘aylari yordamida bir – biriga harakatchan birikadi. U murtqalararo 
tog‘aylar egiluvchan bel qismida qalinroq bo‘ladi.
Umurtqa
Umurtqa (vertebra) suyak halqadan iborat bo‘lib, oldingi qismi yo‘g‘onlashgan, bu uning tanasi
hisoblanadi. Orqa qismi ingichka yoysimon bo‘ladi. Umurtqaning tanasi bilan yoyi qo‘shilib, 
umurtqa kanalini hosil qiladi. Umurtqa kanalida orqa miya joylashadi. Umurtqa yonidan 7 ta 
o‘simta: 1 ta orqa o‘tkir qirrali o‘simta 5 ta yon ko‘ndalang o‘simta, 2 ta yuqorigi va 2 ta
pastki bo‘g‘im o‘simtalari chiqadi. Umurtqaning tanasi bilan yoyi qo‘shilib, umurtqa teshigi
hosil bo‘ladi. Umurtqaning kanali tanasi bilan bo‘g‘im o‘simtalari orasida umurtqa kesigi 
bo‘lib ularning qo‘shilishidan umurtqalararo teshik hosil bo‘ladi. Umurtqalararo teshiklardan
orqa miya nervlari chiqadi. Bo‘yin umurtqalari (vertebros karbisales) bo‘g‘im o‘simtalari
qiyshiq, orqa o‘simtalari ayri shaklda, umurtqalar teshigi uchburchak, mayda va yon o‘simtasi
yon teshik bo‘lishi bilan boshqa umurtqalardan farq qiladi. Bo‘yinning 1 – umurtqasi – atlant,
2 aksis deyiladi.
Atlant xalqa shaklda bo‘lib, tanasi va o‘tkir o‘simtasi bo‘lmasligi bilan bo‘yinning
boshqa umurtqalaridan farq qiladi. Atlantda orqa va oldingi yoylar bo‘lib, ularda oldingi va 
orqa dumboqlar bor. Umurtqa teshigi boshqa umurtqalarnikidan kattaroq.
Aksis yoki 2 bo‘yin umurtqasi tishsimon o‘simta bo‘lishi, yuqorigi bo‘g‘im o‘simtalari
bo‘lmasligi bilan bo‘yinning boshqa umurtqalaridan farq qiladi. IP bo‘yin umurtqasining orqa 
o‘simtasi uzun, yo‘g‘on va 2 ga ayrilmagan bo‘lib, tirik odamda teri ostida bilinib turadi.
Ko‘krak umurtqalari (vertabral xorasales) 12 ta bo‘lib 1-dan 12-gacha bir oz yiriklashib
boradi. Umurtqa teshigi yumaloq bo‘ladi. 
Ko‘krak umurtqalari tanasida qovurg‘aning boshi kelib birikishi uchun bo‘g‘im yuzlari
bo‘ladi. Orqa o‘simtasi uzun, uchi qirrali bo‘lib, pastga bir-birining ustiga ming oshib turadi. 
Bel umurtqalari (vertebras lumbales) odam tanasidagi eng yirik umurtqalardir. Ular 5 
ta bo‘ladi. Bel umurtqalarining tanasi ko‘krak va bo‘yin umurtqalari tanasidan katta bo‘lib, 
loviya shaklida. Bel umurtqalarining orqa o‘simtalari yassi plastinka shaklida bo‘lib yon 
o‘simtalari ingichka uzun bo‘g‘im o‘simtalari esa sogittal joylashgan. Birinchi bo‘yin
umurtqasidan 5 bel umurtqasigacha umurtqalar tanasi kattalashib boradi. 
Umurtqa pog‘onasidagi VII bo‘yin umurtqasi I ko‘krak umurtqasiga, XII ko‘krak 
umurtqasi I bel umurtqasiga o‘xshaydi.
Dumg‘aza suyagi. (Os sakrum) uchburchak shaklda, odam yoshligida ayrim
umurtqalaridan iborat bo‘ladi. Keyinchalik ular birlashib, yaxlit dumg‘aza umurtqasini hosil
qiladi. Dumg‘aza suyagining yuqorigi tomon keng bo‘lib asosi, pastki tomoni tor bo‘lib uchi
deyiladi. YOn tomonida quloqsimon bo‘g‘im yuzasi joylashgan. SHu yuza bilan u nomsiz 
suyakka birlashadi.
Dumg‘aza suyagining oldingi tomonida ko‘ndalang chiziqlar bo‘lib, ular har qaysi
umurtqaning birikish chegarasini ifodalaydi. Suyakning oldingi va orqa tomonida dumg‘aza 
teshiklari bo‘ladi. 
Suyakning yuqori orqa tomonida bir juft bo‘g‘im o‘simtasi joylashgan. SHu o‘simta bilan
u V bel umurtqasiga birikadi.
Dum umurtqalari odamda 4 – 5 ta, ularning birikishidan dum suyagi hosil bo‘ladi. Dum 
suyagi rudiment holatida bo‘ladi.

Download 153.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling