7- ma’ruza 7-Mavzu. Suyuqlikning harakati vaqtidagi energiyaning yo’qotilishi. Energiya yo’qotilishining ikki turi. Quvur uzunligi bo’yicha energiyanining yo’qotilishi


Energiya yo’qotilishining ikki turi


Download 117.06 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi117.06 Kb.
#1592935
1   2   3
Bog'liq
7-maruza (2)

8.2. Energiya yo’qotilishining ikki turi
Real suyuqliklar uchun Bernulli tenglamasida keltirilgan bosimning pasayishi hwni hisoblash quvurlar va quvurlar tizimini hisoblashda asosiy masala hisoblanadi.
Bosimning pasayishi hwni hisoblashning muhimligi shundaki, bu ish suyuqlik quvurlarda harakatlanganida quvurdagi qarshiliklarni yengish uchun sarf bo‘lgan energiyani hisoblashga va shuning hisobiga asosan loyihalanayotgan quvur yoki quvurlar tizimsida suyuqlikni oqizish uchun qancha energiya kerak ekanligini aniqlashga imkon beradi. Quvurlarda bosimning kamayishi ishqalanish qarshiligi va mahalliy qarshilikka bog‘liq.
Ekvivalent uzunlik deb qurilayotgan quvurning Ishqalanish qarshiligi real suyuqliklar ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lib, quvurlarning hamma uzunligi bo‘yicha ta’sir qiladi. Uning miqdoriga suyuqlik oqimining tartibi (laminarlik, turbulentlik darajasi) ta’sir qiladi. YUqorida aytilgandek, turbulent tartib vaqtida odatdagi qovushoqlikka qo‘shimcha ravishda, turbulent qovushoqlikka bog‘liq va suyuqlik harakati uchun energiya talab qiladigan kuch paydo bo‘ladi.
Mahalliy qarshilik tezlikning suyuqlik harakat qilayotgan quvurning shakli o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan har qanday o‘zgarishi vaqtida paydo bo‘ladi.
Bularga bir quvurdan ikkinchi quvurga o‘tish joyi, quvurlarning kengayishi yoki birdan kengayib, birdan torayishi, tirsaklar, oqim yo‘nalishini o‘zgartiruvchi qurilmalar (kran, ventil, va h.k) kiradi. SHunday qilib yo‘qolgan bosim quyidagi formula bo‘yicha ikki yig‘indidan tashkil topgan bo‘ladi.
. ( 8.2)
bu yerda,
hm - ishqalanish qarshiligi yoki uzunlik bo‘yicha yo‘qotish,
hm - mahalliy qarshilik.
Mahalliy qarshiliklarni asosiy turlari quyidagilardan iborat:
1. Keskin kengayish (8.2-rasm).

8.2- rasm. Keskin kengayishning chizmasi.

2. Tekis kengayish (8.3-rasm). Mahalliy qarshilik koeffisiyenti kesimning o`zgarishiga va konuslik burсhagi  ga bog`liq bo`lib, kesimlar nisbati ning kamayishi va  ning ortishiga qarab ortadi. Avval ko`rilgandagi kabi 2-2 kesimda 1-1 kesimdagiga nisbatan bosim ortadi (p2>p1) va tezlik kamayadi (v21).





8.3- rasm. Tekis kengayishning chizmasi.

3. Keskin torayish (8.4-rasm). Mahalliy qarshilik ζ koeffisiyenti kesimlar o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, ularning nisbati ortishi bilan ortadi. Bu holda energiyani sarf bo‘lishi keskin kengayishida nisbatan kam bo‘ladi.


8.4- rasm. Keskin torayishning chizmasi.

4. Tekis torayish (8.5-rasm) mahalliy qarshilik ζ koeffisiyenti kesimlar nisbati S1/S2 ning va konuslik burchagining ortishi bilan ortadi.



8.5- Tekis torayishga oid chizma.

5. Tekis kengayishi (8.6-rasm) Mahalliy qarshilik koeffitsienti kesimning o‘zgarishiga va konuslik burchagi a ga bog‘liq bo‘lib, kesimlar nisbati 8 1/82 ning kamayishi va a ning ortishiga qarab ortadi. Avval ko‘rilgandagi kabi 2-2 kesimda 1-1





8.6- Tekis kengayishga oid chizma.


6. Quvurga kirish (8.7- rasm). Agar quvur biror suyuqlik bilan to‘la idishga tutashtirilgan bo‘lsa, u holda kirishdagi o‘tkir burchaklarni aylanib o‘tish uchun suyuqlik energiyasi sarf bo‘ladi. Bu holda mahalliy qarshilik koeffisiyentining qiymati ζ = 0,5. Kirishdagi o‘tkir burchaklar silliqlanib quvurga suyuqlik kirishiga kam qarshilik ko‘rsatadigan shakl berilgan bo‘lsa, ζ ning miqdori kirishning silliqlik darajasiga qarab, ζ = 0,04-0,10 oralig‘ida bo‘ladi (ko‘p hollarda o‘rtacha ζ =0,08 qabul qilinadi).







8.7- rasm. Quvurga kirishga oid chizma.

7. Diafragma. (8.8-rasm) Quvurga o‘rnatilgan va suyuqlik sarfini o‘lchash uchun ishlatiladigan o‘rtasi teshik disk diafragma deyiladi. Bu holda mahalliy qarshilik koeffisiyenti quvurning. kesimi S1 va diafragma teshigi kesimi S0 ning nisbati S0/S1 ga bog‘liq bo‘ladi va bu nisbatning ortishi bilan kamayib boradi (8.1-jadval).


8.1-jadval. Diafragma uchun qarshilik koeffisiyentining o‘zgarishi

S0/S1


Download 117.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling