Ishchi o’lchovlar bir xil kattaliklardagi qator o‟lchashlarni takror ko‟rsatish
uchun ko‟p hollarda ko‟p qiymatli qilib yasaladi.
2. Elektr yurituvchi kuchi (EYK) o’lchovi.
EYKning namunaviy va ishchi o‟lchovi sifatida
normal element xizmat
qiladi. Normal element barqaror qiymatli EYK hosil
qiluvchi
galvanik
elementdan
iborat.
Normal
elementlar to‟yingan va to‟yinmagan
holda yasaladi,
ular bir – biridan konstruksiyasi va hosil qiluvchi
EYKning barqarorligi darajasi bilan farq qiladi.
To‟yingan
normal element (8.1 – rasm) H – simon
idishning bitta shisha
trubkasiga musbat elektrod
vazifasini o‟tovchi simob (2) quyilgan. Ikkinchi
trubkaning tagida manfiy elektrod (3)
vazifasini
o‟tovchi kadmiyning simobdagi eritmasi bor. Simob
ustiga simob sulfat
oksidi va kadmiy sulfat
aralashmasidan iborat pasta (1) qatlami joylashtirilgan. Simob (2) sulfat oksidi
depolyazator, ya‟ni qutblanish hodisasini qaytarish vazifasini o‟taydi.
Idishning
yuqori qismiga kadmiy (
8.1 – rasm) sulfatning to‟yingan eritmasi (5) quyiladi.
Eritmaning to‟yinishini ta‟minlash uchun elektrodlar ustidan kadmiy sulfatning
kristallari (4) joylashtirilgan. Bu tirsaklarning pastki
qismiga normal elementni
o‟lchash zanjiriga ulash uchun plastinadan yasalgan elektrodlar kavsharlangan.
Shisha idish yaxshi izolyatsiyalangan quti ichiga joylashtiriladi.
To‟yingan normal elementlar
0.0005; 0.001; 0.002 va 0.005 aniqlik klasslari
bo‟yicha ishlab chiqariladi. Ularning ichki qarshiligi
500÷1000 Ω ni tashkil etadi.
Aniqligi
0.005 bo‟lgan to‟yingan normal elementning harorati
20
Do'stlaringiz bilan baham: