7 – mа’ruzа: Elektr kаttаliklаrning o‘lchоvlаri


Download 399.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.01.2023
Hajmi399.62 Kb.
#1085980
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-Maruza



7 – mа’ruzа: 
 Elektr kаttаliklаrning o‘lchоvlаri. 
Rеjа: 
1. O„lchоvlаr, ulаrning turlаri. 
2. E.Yu.K ning o„lchоvlаri . 
3. Elеktr qаrshiligining o„lchоvi. 
4. Induktivlik vа sig„im o„lchоvlаri. 
Tаyanch so‘zlаr: bir qiymаtli o„lchоv, ko„p qiymаtli o„lchоv, o„lchоvlаr 
to„plаmi, stаndаrt nаmunа, nаmunаviy mоddа, etаlоn, qаrshiliklаr mаgаzini
dielеktrik isrоf. 
1. O’lchovlar, ularning turlari. 
 
O’lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
o‟lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensator va 
shu kabilarni o‟lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
O‟lchovlar o‟zgarmas va o‟zgaruvchan qiymatli qilib ishlanadi. Qarshiligi 
0.1 Ω bo‟lgan g„altak – o‟zgarmas qiymatli o‟lchov, har xil sig„imni olishga imkon 
beruvchi o‟zgaruvchan sig‟imli kondensator esa o‟zgaruvchan o‟lchovdir. 
O’lchovlar bir qiymatli (tarozi toshi, normal element, o‟lchash kolbasi), 
ko’p qiymatli (o‟zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‟lingan chizg‟ich) 
turlarga bo‟linadi. Ba‟zan o‟lchovlar to‟plamidan ham foydalaniladi. O’lchovlar 
to’plami bir qiymatli o‟lchovlarining yig‟ilmasidan iborat bo‟ladi va bu 
yig‟ilmadagi o‟lchovlarning har biri alohida bir - biriga bog‟liq bo‟lmagan holda 
ishlatilib o‟lchovlar to‟plamini tashkil etadi. Masalan, tarozi toshlar to‟plami. 
Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‟lchovlar turkumiga 
kiradi. 
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini 
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‟lchov sanaladi. 
Masalan, namlikning standart namunalari. 
Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‟ladigan va 
aniq xossalarga ega bo‟lgan modda sanaladi. Masalan, “toza suv”, “toza metall” va 
h. k. 
O‟lchovlar ularning aniqligiga, ishlatilishiga ko‟ra etalon, namunaviy va 
ishchi o‟lchovlarga bo‟linadi. 
Fizik kattalik birligini yuqori aniqlik bilan boshqa (quyi tabaqa) o‟lchash 
vositalariga uzatish maqsadida uni qayta hosil qiladigan va saqlash uchun 
mo‟ljallangan o‟lchash vositasi birlik etaloni deyiladi. 
Davlat etaloni deganda, vakolat berilgan milliy organning qarori bilan 
O‟zbekiston Respublikasi xududida o‟lchash birligining o‟lchash sifatida e‟tirof 
etilgan etaloni tushuniladi.

Download 399.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling