7 – mа’ruzа: Elektr kаttаliklаrning o‘lchоvlаri


Download 399.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana10.01.2023
Hajmi399.62 Kb.
#1085980
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-Maruza

-2
Ω dan 10
10
Ω gacha bolgan qarshiliklarni kerakli qiymatlarini olish 
mumkin.Qarshiliklar magazini aniqligi bo‟yicha 0.01; 0.02; 0.05; 0.1; 0.2; 0.5; 1 
klasslariga bo‟linadi va ular yuqori Om li (10Ω ÷ 10
3
Ω), past Om li (0.03Ω ÷ 
10Ω), o‟zgarmas va o‟zgaruvchan tok chastotalari (50Hz –70 ķHz) uchun 
mo‟ljallangan bo‟ladi. Qarshiliklar magazini nafaqat o‟lchov sifatida, balki tok va 
kuchlanishlarni rostlash uchun ham reastat sifatida ishlatiladi. 
4. Induktivlik, o’zaro induktivlik o’lchovlari 


 
Xuddi qarshilik o‟lchovlari kabi ayrim g‟altaklar ko‟rinishida yoki 
magazinlar ko‟rinishida yasalishi mumkin. Ularga qo‟yiladigan talablar 
quyidagilardan iborat: induktivlik vaqt o‟tishi bilan o‟zgarmasligi kerak, aktiv 
qarshiligining kichik bo‟lishi hamda induktivlik qiymatining undan o‟tayotgan tok 
qiymatiga va atrof muhit haroratiga bog‟liq bo‟lmasligi kerak. Shuning uchun ham 
chulg‟am izolatsion material (odatda, plastmassa yoki chinni) dan yasalgan 
karkasga o‟raladi (8.4 – rasm). 
Induktivlik o‟lchovlari 0.0001; 0.001; 0.01; 0.1 Gn ga
teng bo‟lgan nominal qiymatlarda ishlab chiqariladi. 
O‟zaro induktivlikning namunaviy o‟lchovlari bitta 
umumiy karkasda joylashtirilgan ikkita chulg‟amdan iborat 
bo‟lib, ikkita juft qismaga ega. 
O‟zgaruvchan induktivlik va o‟zaro induktivlikning 
namunaviy hamda ishchi o‟lchovlari sifatida variometrlar
8.4 – rasm qo‟llaniladi. 
 
Variometrlar – har bir o‟zgarmas qiymatli induktivlikka ega va biri 
ikkinchisiga nisbatan qo‟zg‟aluvchan bo‟lgan ikkita g‟altak ko‟rinishidagi 
qurilmadir. 
O‟zgaruvchan induktivlik – g‟altaklarning to‟plami ko‟rinishida, 
shuningdek, induktivlik magazinlari ko‟rinishida yasalishi ham mumkin. 
Induktivlik va o‟zaro induktivlik g‟altaklar chastotasi 10 kHz gacha bo‟lgan 
o‟zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatish uchun mo‟ljallangan. 

Download 399.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling