7- ma’ruza joizliklar va o’tqazishlarning yagona tizimi. Reja


Download 21.83 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi21.83 Kb.
#1121063
1   2   3   4
Bog'liq
7-Mavzu

Yuqori og’ish deb, katta chekka o'lcham bilan nominal o'lcham orasidagi farqga aytiladi aytiladi.
Pastki og’ish deb, kichik chekka o'lcham bilan nominal o'lcham orasidagi farqqa aytiladi. Og'ishlar musbat va manfiy bo'lishlari mumkin. Chizmalarda nominal o'lcham D va f harflarda belgilanadi. Chekka katta o'lchamlar Dmax, chekka kichik o'lchamlar
D max, dmin, haqiqiy o'lchamlar Dx, dx kabi belgilanadi. Yuqori og'ishlar ES, es va pastki og'ishlar esa EI, ei kabi belgilanadi.


Aniqlik kvalitetlari

Har bir mashinadagi turlicha detallar turli xil aniqliklarda tayyorlaniladi. Detallarni tayyorlash aniqlik darajasini normalash kvalitetlar bilan o‘rnatiladi, ya’ni kvalitet – bu buyumning va detallarning tayyorlanish aniqligi darajasidir. Detalning bir kvalitet oralig‘idagi aniqligi faqat nominal o‘lchamga bog‘liq.


Kvalitet detallarni tayyorlash uchun joizliklarni, tutashuv (birikma) aniqliklarini ularni ishlov berish, nazorat qilish usullarini va ularga mos keluvchi asbob uskunalarni aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi detallarni o‘tqazishning yagona tizimi (JO‘YAT)asosan va ГОСТ 25346-82 bo‘yicha silliq silindrik birikmalar uchun 19 kvalitetlar o‘rnatilgan.
Kvalitetlar tutashuvchi va tutashmaydigan o‘lchamlar joizliklarini va kalibrlar joizliklarini ham o‘z ichiga oladi. Kvalitetlarning qo‘llanilishi sohalari qat’iy chegaralanmagan bo‘lsada lekin, qat’iy quyidagidek foydalaniladi.
IT 01- IT namuna nazorat o‘lchov asboblari joizliklari uchun;
IT 2-IT 5 - kalibrlar va muxim aniqlikdagi detallar uchun joizliklar;
IT 6-IT 12 - nisbatan aniq birikmalar uchun joizliklar;
IT 13-IT 17-kam aniqlikdagi birikma o‘lchamlari va kam aniqlikdagi birikma o‘lchamlari uchun joizliklar.
Har bir kvalitetga turli xildagi ishlov berish usullari bilan erishiladi, lekin bularning orasidan odatda detalni tayyorlash texnologik jarayoni va iqtisodiy jixatdan tannarxi eng kam bo‘lgani tanlanadi.
Mashinasozlikda detallarni yakunlovchi ishlov berish uchun eng ko‘p tarqalgan IT 6, IT 7 lar.



Download 21.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling