7- ma’ruza joizliklar va o’tqazishlarning yagona tizimi. Reja


Download 21.83 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2023
Hajmi21.83 Kb.
#1121063
1   2   3   4
Bog'liq
7-Mavzu

Joizlik birligi

Joizliklar tizimini qurish uchun i joizlik birligi belgilangan bo‘lib, u joizlik bilan buyumning nominal o‘lchami o‘rtasidagi bog‘lanishni belgilaydi va aniqlik o‘lchovi bo‘lib hisoblanadi.


Joizlik birligining hisob-kitobli formulasi amal qiladi va u har bir o‘lcham uchun turlicha bo‘ladi, ya’ni 500 mm gacha bo‘lgan o‘lcham uchun:


(6)

500 mm dan ortiq bo‘lgan o‘lchamlar uchun i = 0.004*D + 2.1


Bunday bog‘liqliklarda D - har bir intervalning chegaraviy o‘lchamlarining o‘rtacha geometrik belgisi - mm da, i - joizlik birligi - mkm da bo‘ladi. Ikkinchi a’zo o‘lchamning kamchiligini hisobga oladi.
Turli maqsaddagi detallar turlicha aniqlik bilan tayyorlanadi, shuning uchun aniqlikning talab qilinadigan darajalarini normalashtirish uchun aniqlik yoki kvalitet darajasi degan tushuncha joriy etiladi. Xar qanday kvalitet uchun joizlik quyidagiga teng bo‘ladi:
T = a*i, (7)

bunda: a - joizlik birliklarining kvalitetga bog‘liq bo‘lgan va nominal o‘lchamga bog‘liq bo‘lmaydigan soni.


JO’YATda jami 19 ta kvalitet nazarda tutilgan bo‘lib, ular 01 dan boshlab 17 gacha tartib raqamlari bilan ifodalanadi.
Kvalitetlarning biri bo‘yicha joizlik lotincha IT harflari va kvalitet raqami bilan ifodalanadi, masalan, IT6, IT12 va hokazo. Kvalitetlar tayyorlash uchun joizlikni va mashinalar detallariga ishlov berish va nazorat qilishning tegishli uslublari va vositalarini belgilaydi.
Ushbu kvalitetlar uchun joizlik birliklari soni tegishlicha quyidagilarga teng bo‘ladi: 6, 10, 16, 25, 40, 64, 100, 160, 250, 400, 640, 1000, 1600.
Bu shuni anglatadiki, bir kvalitetdan boshqasiga, birmuncha dag‘alrog‘iga o‘tishda joizliklar 60 % ga oshadi, har bir 5 ta kvalitetdan keyin joizliklar 10 baravar ko‘payaveradi.
SHunday qilib, kvalitetlar bir xildagi nominal o‘lchamlarning turli aniqligini belgilaydi, detallarga ishlov berishning turlicha usullari esa muayyan iqtisodiy jihatdan erishiladigan aniqlikka ega bo‘ladi, ya’ni konstruktorning kvalitetni (joizlikni) tayinlashi va uning chizmalarda ko‘rsatilishi detallarga ishlov berish texnologiyasini beradi.
Mashinasozlikning hamma tarmoqlarida shu jumladan, aviasozlikda mo‘ljallangan birikmalar (o‘tqazishlar) uchun 6-7 - kvalitetlar, katta oraliqlar va tarangliklar hollarida - 8-10 - kvalitetlar, dag‘al birikmalar uchun - 11-12 - kvalitetlar qo‘llaniladi, boshqalari biriktirilmaydigan elementlar uchun mo‘ljallangan.




Download 21.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling