7- ma’ruza. Kompyuter grafikasi va ularning turlari. Mavzu rejasi
Download 0.83 Mb.
|
7-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar: Grafik axborot
- Kompyuter grafikasi
- Rastrli grafika
7- ma’ruza. Kompyuter grafikasi va ularning turlari. Mavzu rejasi: Kompyuter grafikasi turlari. Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi. Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari. Asosiy tushunchalar: Grafik axborot - Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko‘rinishida ifodalangan ma’lumotlar yoki xabarlar. Grafik muharrir Tasvirlarni tahrirlashni ta’minlaydigan amaliy dastur. Grafik muharrir odatda vektorli tasvirlar dasturlari, ishchan grafika, rastrli tasvirlar, rastrli tasvirlarni vektorli shaklga aylantirish, uch o‘lchamli tasvirlar va fayllarni boshqarish dasturlarini o‘z ichiga oladi. Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham tolaqonli grafik tizimlar mavjud bolgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi va kompyuter animatsiyasi atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko'rinishlarini o‘z ichiga olsa, kompyuter animatsiyasi dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Kompyuter grafikasi - elektron hisoblash mashinalari boshqaruvida grafik obyektlami kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir. Kompyuter grafikasi - informatikaning maxsus qismi bo’lib, dasturiv-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi. Kompyuter grafikasi - bu virtual grafikli obyektlarni yaratish texnologiyasidir (I. Reznik). Kompyuter animatsiyasi - ekranda tasvirlami “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Virtual fazoda hajmli obyektlami yaratish usullarini о’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. Ma’lumki web-dizaynning ajralmas qismi bu kompyuter grafikasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda kompyuter grafikasi yordamida savtlarni dizayni mukammallashtiriladi. Saytlarni bezash uchun turli xil illyustratsiyalar (rasmlar, grafiklar, roliklar, animatsiyalar, bannerlar va boshqalar) yaratishda va tayyor grafik formatdagi ma’lumotlarni o‘zgartirishda kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi. Kompyuter grafikasi va uning tarkibiy qismi bo’lgan grafik va turli tasvirlar axborot texnologiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarga grafik axborot texnologiyalar haqidagi bilimlarni beradi va professional faoliyatida ulardan samarali foydalanishga tayyorlaydi. Boshqacha aytganda har qanday bo’lajak o'qituvchi, kelajakda o zining fani bo’yicha elektron o‘quv resurslarini yaratishda foydalanadi. Bu bilan esa ta’lim samaradorligiga erishiladi. O‘qituvchi dasturlash texnologiyasidan yaxshi xabardor bo’lib, ammo u yaratgan resurslari talabalarni o'ziga tortadigan dizayn bilan boyitilmagan bo‘lsa, u holda har qanday dasturiy mahsulotning o‘qitish jarayonidagi samaradorligi past bo’ladi. Shuning uchun ham dasturlash bilan birga kompyuter grafikasini ham mukammal o‘rganish talab qilinadi. Kompyuter grafikasi va dizaynga oid materiallarni o'rganish natijasida quyidagilarni bajara olish mumkin: - rasmlar bilan ishlash; - ko'p bo‘g‘inli statik rasmlar bilan ishlash; - grafik muharrirlar imkoniyatlaridan foydalanish; - turli maqsadlardagi grafik paketlarni qo’llagan holda rang-barang grafik obyektlami yaratish; - nashrga tasvirlarni tayyorlash. Kompyuter grafikasi fani asosan elektron rasm va tasvirlar bilan ishlashni o‘rgatadi. Hozirgi kunda grafik dasturlar soni juda ko‘p bo‘lib ular ishlash tamoyiliga ko‘ra har xil grafikada bo'lishi mumkin. Masalan: Rastrli grafika bilan ishlovchi dasturlar Paint, Adobe Photoshop, CorelPhotoPaint va boshqalar (grafik muharrirlaming umumiy ro‘yxati). Rastrli grafik muharrirlarida har bir tasvir nuqta ya'ni piksel asosida quriladi. Bu dasturlar yordamida yaratilgan fayllar *.bmp, *.jpg, *.psd, *.tif va boshqa formatlarda saqlanishi mumkin. Bu turdagi fayllar ranglari yorqinligining juda sifatli ekani bilan ajralib turadi. Ulaming kamchiligi sifatida esa tasvimi kattalashtirish bilan uning sifati yo’qolib borishini va xotiradan ko’p joy egallashini aytib otish lozim. Shuning uchun ko‘pincha ulardan tayyor rasmlami qayta ishlashda foydalanish tavsiva qilinadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling