7 – ma’ruza. Ko‘p hujayralilar kenja olami fagomitsellasimonlar katta bo‘limi reja


Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi (oldingi ma’ruza)


Download 54.15 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi54.15 Kb.
#1324362
1   2
Bog'liq
7 maruza

Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi (oldingi ma’ruza). Ko‘p hujayralilarning bir hujayralilardan kelib chiqkanligi isbot kilingan. Lekin ular bir hujayralilarning qaysi guruhlaridan kelib chiqkanligi to‘g‘risida turlicha fikrlar mavjud. Ko‘p hujayralilarning kelib chiqish muammosini hal etishda koloniya bo‘lib yashovchi muxim rol uynaydi. Ko‘p hujayralilarning volvoksga o`xshash koloniyali xivchinlilardan kelib chiqkanligini hozir ko‘pchilik olimlar tan oladilar. Koloniyali bir hujayralilardan ko‘p hujayralilarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar bor.
1.Gastrey nazariyasiga binoan ko‘p hujayralilarning kadimgi ajdodi sharsimon kaloniyali hayvonlar bo‘lgan. Bu nazariyaning asoschisi E.Gekkel (1874) xisoblanadi. Ko‘p hujayralilarning embrional rivojlanishida gastrula stadiyasi ichki ikkinchi embrion varagini blastula devorini blastula bushligiga botib kirishi – invaginatsiya natijasida hosil bo‘lishi bu fikrni tasdiklaydi. E.Gekkel fikricha ko‘p hujayralilarning dastlabki ajdodi filogenez jarayonida sharsimon kaloniyadan uning bir bulagini ikkinchi bulagi ichiga botib Kirishi natijasida hosil bo‘lgan. Gastrula bushligi birlamchi ichak bushligiga aylangan, u og‘iz teshigi bilan tashkariga ochilgan. E.Gekkel «gastrey» deb atagan bu gipotik organizm suvda kipriklar yordamida suzib yurgan, jinsiy ko‘paygan.
2.Fagotsitella nazariyasi. Bu nazariyani 1886 yilda I.I.Mechnikov asoslab berdi. Tuban tuzilgan ko‘p hujayralilarning gastrula stadiyasi invaginatsiya usuli bilan emas, balki ayrim hujayralarning blastula bo`shligi (blastotsel) ga ko`chishi – immigratsiya natijasida hosil bo‘lgan. Keyinchalik ichki hujayralar tigiz joylashishi bilan birlamchi ichak bo`shligi gastrotsel, undan ham keyinrok birlamchi og‘iz blastopor hosil bo‘lgan.
Mechnikov xam Gekkel singari ko‘p hujayrali hayvonlarni koloniyali bir hujayralilardan kelib chiqkanligini tan oladi. Lekin uning kursatishicha ichki qavat qutblardan biridagi hujayralarning botib kirishi bilan emas, balki hujayralarning ichki bo`shlikka ko`chib o`tishi tufayli hosil bo‘ladi. Hujayralarning ichki bo`shlikka o`tishi ularni oziqni hazm kilishga ixtisoslashuvi bilan boglik. Shuning uchun ham I.I.Mechnikov bunday hujayralarni fagotsitoblastlar, o`z nazariyasini esa «fagotsitella» deb ataydi.
A.A.Zaxvatkinning fikricha E.Gekkelning «Gastreya» va I.I.Mechnikovning «Fagotsitella» nazariyalari ko‘p hujayralilarning kelib chiqishini anik aks ettirmaydi, chunki blastula va gastrula voyaga etgan organizmlar ajdodlari tuzilishini ifodalamaydi, balki turlarni tabiatda tarqalishiga imkon beruvchi erkin hayot kechiradigan lichinkalari hisoblanadi. Ko‘p hujayralilarning qadimgi ajdodlari kaloniya bo‘lib yashashdan g`ovak tanlilar va gidroid poliplpri singari o`trok hayot kechirishga o`tgan hayvonlar bo‘lgan. Lekin bu fikrni xakikatdan ancha yirok deyish mumkin.
Yukorida keltirilgan nazariyalarning hammasi ko‘p hujayralilarni kolonial bir ujayralilardan kelib chiqkanligini inkor qilmaydi. Lekin ayrim zoologlarning fikricha ko‘p hujayralilar bevosita yakka yashovchi bir hujayralilardan kelib chiqkan. Yugoslaviyalik olim Iovan Xoji ko‘p hujayralilar bevosita ko‘p yadroli infuzoriyalardan kelib chiqkan degan fikrni bildiradi.
I. Xoji infuzoriyalar tanasidagi ma’lum vazifalarni bajarishga moslashgan ayrim kismlari, ya’ni organoidlari ko‘p hujayrali hayvonlarning xudi shunday vazifalarni bajaradigan organlariga aylangan degan fikrni ilgari suradi.
Ko‘p hujayralilar (Metazoa) kenja dunyosi fagotsitellasimonlar - Phagocytellozoa, tuban ko‘p hujayralilar - Patazoa va haqiqiy ko‘p hujayralilar - Eumetazoa deb ataladigan 3 ta bo`limga ajratiladi. Fagotsitellasimonlar bo`limiga faqat 2 ta turni birlashtiruvchi plastinkalilar (Placozoa) tipi, tuban ko‘p hujayralilar (Parazoa) ga govaktanlilar (Spongia) tipi kiradi. Fagotsitellasimonlar va govaktanlilar tanasidagi hujayralarning ixtisoslashmaganligi, nerv sistemasi rivojlanmaganligi va bir xil hujayralarni ikkinchi xildagi hujayralarga oson aylanishi bilan boshqa ko‘p hujayralilardan keskin ajralib turadi.
Haqiqiy ko‘p hujayralilar (Eumetazoa) bolimii juda ko‘p tip vakillarini birlashtiradi. Ular tanasi hujayralari muayyan vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan, haqiqiy nerv sistemasi rivojlangan. Bu bulim o`z navbatida radial simmetriyalilar yoki ikki kavatlilar (Radiata) hamda ikki tomonlama simmetriyalilar (Bilateria) kichik bo`limlarga ajratiladi. Radial simmetriyalilarga bo`shlikichlilar va ninaterililar tiplari kiradi. Ikki tomonlama simmetriyalilarli hayvonlarni xam uz navbatida tana bo`shlikka ega bo`lmagan parenximatoz hayvonlarga (yassi chuvalchanglar, nemertinlar, mollyuskalar tiplari) birlamchi tana bo`shliklilarga to`garak chuvalchanglar, tikanboshlilar tiplari ikkilamchi tana bo`shliklilarga, ya’ni selomik hayvonlarga (halqali chuvalchanglar, xordalilar tiplari) va aralash tana bo`shliklilarga (bo`gimoyoqlilar tipi) ga ajratish mumkin.
Embrion tuzilishiga binoan selomli hayvonlarni ham birlamchi og‘izlilar /Protostomia/ va ikkilamchi og‘izlilar/ Deuterostomia/ guruhiga ajratiladi. Birlamchi og‘izlilarning embrional rivojlanish davrida hosil bo‘lgan birlamchi og‘iz (blastopor) ular voyaga etgan davrida ham og‘iz teshigi bo‘lib qolaveradi. Bu guruhga halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo`gimoyoqlilar va onixoforalar tiplari kiradi. Ikkilamchi og‘izlilarning embrional rivojlanish davrida hosil bo‘lgan birlamchi og‘iz voyaga etgan hayvonning chiqarish teshigiga aylanadi. Ikkilamchi, ya’ni haqiqiy og‘iz teshigi esa keyinchalik mustaqil xolda, ko‘pincha chiqarish teshigi joylashgan kutbning karama-qarshi tomonida hosil bo‘ladi. Bu guruhga ninaterililar, chalaxordalilar va xordalilar tiplari kiradi. Tukjaglilar va pogonoforalarning embrional rivojlanishi yukorida kursatilgan ikkita guruhning birortasiga xam uxshamaydi.
G‘ovaktanlilar-o‘troq yashovchi tuban ko‘p hujayrali hayvonlar. Asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. To‘qima va organlari rivojlanmagan, tanasi bir necha xil hujayralardan va hujayra oralig‘i moddasidan iborat. Tana bo‘shlig‘i xoanotsitlar deb ataladigan yoqali xivchinli hujayralar bilan qoplangan. Nerv sistemasi rivojlanmagan. Tanasida juda ko‘p mayda teshikchalari va ulardan tana bo‘shlig‘iga qarab ketadigan naychalari bo‘ladi. Ana shu naychalar orqali g‘ovaktanlilar tanasi orqali to‘xtovsiz suv o‘tib turadi. Deyarli hamma vakillari ohaktosh (CaC03) yoki silikat (Si02)dan iborat mineral yoki organik skeletga ega. Tana shakli xaltaga yoki chuqurroq qadaxga o‘xshash, lekin bir qancha turlari muayyan shaklga ega bo‘lmaydi. Tanasi sirtidagi juda ko‘p mayda teshikchalar orqali paragastral tana bo‘shlig‘i tashqi muhit bilan bog‘langan. Bu bo‘shliq tanasining yuqori tomonidagi teshik - oskulum orqali tashqi muhitga ochiladi.
Tanasi ikki qavat bo‘lib joylashgan hujayralar - tashqi ektoderma va tana bo‘shlig‘ini qoplab turadigan endodermadan iborat. ektoderma va endoderma oralig‘ida mezogleya deb ataladigan strukturasiz qavat joy-lashgan. Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar mezogleyasi qalin bo‘lib, unda har xil hujayralar tartibsiz joylashgan. Skelet ana shu mezogleyada hosil bo‘ladi. ektoderma yassi hujayralardan iborat. Ektodermadagi mayda teshikchalar juda ingichka naychalar orqali paragastral bo‘shliq bilan tutashgan. en-doderma uzun xivchinli silindrsimon hujayralar - xoanotsitlardan iborat. Xivchinlar asosini yupqa membrana pardadan iborat yoqacha o‘rab turadi. G‘ovaktanlilar tuzilish xususiyatiga ko‘ra askon, sikon va leykon deb ataladigan guruhlarga bo‘linadi. Askon tuzilishi eng sodda g‘ovaktanlilar uchun xos. Bunday g‘ovaktanlilarning mezogleyasi qalinbo‘lmaydi, ektodermadagi teshiklar (poralar) ingichka naychalar orqali bevosita yoqachali xivchinli hujayralar bilan qoplangan paragastral bo‘shliqqa ochiladi. Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar uchun askon tuzilishi faqat embrional rivojlanish davrida ko‘rinadi. Ontogenezda askon murakkablashib borib, sikonni hosil qiladi. Murakkablashuv mezogleyani qalinlashib, alohida kameralarni hosil qilishidan hamda xivchinli endoderma hujayralarini kameralar ichida joylashganligidan iborat. Leykonda mezogleya yanada ko‘proq qalinlashadi; xivchinli kameralar mezogleyaga ko‘proq botib kiriladi. Mezogleyadagi kameralar olib keluvchi naychalar orqali tashqi muhit bilan, olib ketuvchi naychalar orqali esa paragastral bo‘shliq bilan bog‘langan. Sikon va leykonning paragastral bo‘shlig‘i ham yassi ektoderma hujayralar bilan qoplangan bo‘ladi. G‘ovaktanlilarning xivchinli kameralari juda ko‘p bo‘ladi. Masalan, bo‘yi 7 sm, eni 1 sm2 keladigan leykoniya g‘ovaktanlisida, xivchinli kameralarining soni 2 mln dan oshadi.
Mezogleyada yulduzsimon hujayralar, sklero- blastlar va amyobotsitlar joylashgan. Yulduzsimon hujayralar tayanch elementlar - kollensitlar hisoblanadi. Skleroblastlar ichida skelet elementlari hosil bo‘ladi. Amyobotsitlar harakatchan hujayralar bo‘lib, ularni xoanotsitlardan olingan oziqni hazm qiluvchi hujayralar va ixtisoslashmagan rezerv hujayralar - arxeotsitlarga ajratish mumkin. Arxeotsitlar barcha ko‘rsatilgan hujayralarni, shu jumladan jinsiy hu- jayralami ham hosil qilish xususiyatiga ega. Tekshirishlarning ko‘rsatishicha g‘ovaktanlilar tanasidaqariyb hamma hujayralar biri ikkinchisini hosil qilishi mumkin. Masalan, xoanotsidar xivchinini tashlab mezogleyaga o‘tishi va amyobotsitlarga aylanishi yoki aksincha arxeotsitlar xoanotsitlarga aylanishi mumkin. Bu hol g‘ovaktanlilarni juda sodda tuzilganligi, hujayralari to‘liq ixtisoslashmaganligini ko‘rsatadi. Odatda g‘ovaktanlilarning nerv sistemasi bo‘lmaydi. Ayrim zoologlar mezogleyada o‘simtalari orqali o‘zaro bog‘langan yulduzsimon hujayralarni aniqlashgan. Lekin ularning nerv funksiyasi aniqlanmagan.
Fiziologiyasi. Suv tana sirtidagi teshikchalardan mayda naychalar orqali paragastral bo‘shliqqa o‘tadi va undan oskulum orqali tashqi muhitga chiqib ketadi. Kameralardagi yoqachali hujayralar xivchinlarining harakatlanishi suvni tana orqali oqib turishini taminlaydi. Xoanotsitlar tana orqali o‘tadigan suvni filtrlab, undan oziq zarralari (bakteriyalar, bir hujayrali organizmlar va boshqalar) ni tutib olib, amyoboatsitlarga uzatadi. Ko‘pchilik ohakli g‘ovaktanlilarda xoanotsitlar oziqning faqat bir qismini amyobotsitlarga uzatadi, oziqning asosiy qismi esa xoanotsitlaming o‘zida hosil bo‘ladigan vakuolalar ichida hazm bo‘ladi. Ayrim g‘ovaktanlilarda xoanotsitlar faqat gidrokinetik (suvni haydash) funksiyani bajaradi. Oziq zarralarini amyobotsitlar bevositanaylardagi suvdan tutib olaveradi. Xoanotsitlarning hazm qilish funksiyasining yo‘qolishi ikkilamchi harakterga ega. G‘ovaktanlilarning suvni filtrlash xususiyati juda yuqori bo‘ladi. Masalan, balandligi 7 sm keladigan Leuconia bir sutka davomida tanasi orqali 22 l suvni filtrlab o‘tkazadi. Suv oskulumdan 25-50 sm masofaga borib tushadi.
Faqat tashqi teshiklari -porotsitlar sitoplazmasining qisqarishi tufayli biroz torayishi mumkin. Ayrim g‘ovaktanlilar maxsus hujayralar miotsitlar yordamida oskulumini ham asta-sekin qisqartirish xususiyatiga ega. G‘ovaktanlilar tasirni sezmaydi. Bu hol ularda nerv sistemasining bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik g‘ovaktanlilarning ohak yoki qumdan iborat qattiq skeleti bo‘ladi. Bir qancha g‘ovaktanlilarning skeleti ohak va kremnezyom aralashmasidan iborat. G‘ovaktanlilar orasida spongin deb ataladigan muguzsimon yumshoq skeletga ega bo‘lgan vakillari ham bor. Skelet elementlari mezogleyada joylashadi. G‘ovaktanlilarning mineral skeleti ignaga o‘xshash mikroskopik tanachalar-spikulalardan iborat. Spikulalar maxsus skelet hosil qiluvchi hujayralar skleroblastlarda hosil bo‘ladi. Skleroblastlar o‘lgandan so‘ng spikulalar bevosita sitoplazmaning o‘zida joylashadi. Skeletlar shakli har xil: ular bir o‘qli, uch o‘qli, to‘rt o‘qli va ko‘p o‘qli deb ataladigan to‘rt guruhga bolinadi. Bir o‘qli skelet to‘g‘ri yoki egilgan tayoqcha shaklida, uch o‘qli skelet o‘zaro perpendikulyar to‘g‘ri burchak ostida joylashgan nurlardan iborat. To‘rt o‘qli skeletda ikkita qo‘shni nurlar orasidagi burchak 120° ga teng bo‘ladi. Ko‘p o‘qli skelet sharsimon yoki mayda yulduzsimon bo‘ladi. Odatda bir turning o‘zida bir necha xil tipdagi ignalar bo‘lishi mumkin. Skelet ignalar mezogleyada o‘z holicha joylashgan, uchki qismi orqali bir-biriga ilashgan bo‘lishi yoki maxsus sement moddasi orqali bir-biriga yopishib, yaxlit skelet hosil qilishi mumkin. Ayrim ignalar o‘qining joylanishi kristallardagi optik o‘qlarga mos keladi. Masalan, uch o‘qli ninalar to‘g‘ri yoki kub sistemasi, to‘rt o‘qli ignalar esa geksagonal sistemasidagi kristallarga mos keladi. Bu hol anorganik tabiatda kristallarning shakllanishi bilan ignalarning o‘sishi o‘rtasida o‘xshashlikni ko‘rsatadi. Ana shu sababdan bu jarayonni Gekkel biokristalizatsiya deb atagan. Muguz, yani spongin skelet mezogleyada ko‘p shoxlanadigan sariq ran- gli tolalardan iborat. Spongin kimyoviy jihatdan ipakka yaqin bo‘lib, tarkibida 14% gacha yod bo‘ladi. Spongin skelet hujayralardan tashqarida, yani mezogleyada hosil bo‘lishi bilan mineral skeletdan farq qiladi. O‘sayotgan spongin tolalari skelet hosil qiluvchi juda mayda hujayralardan iborat g‘ilof bilan o‘ralgan. elektron mikroskopiya spongin tolalarini juda ingichka submikroskopik fibrillardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Bu jihatdan spongin yuksak sut emizuvchilar biriktiruvchi to‘qimasidagi kollagen tolalarga o‘xshaydi
Ko‘payishi va rivojlanishi. G‘ovaktanlilar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishi tashqi va ichki kurtaklanish yo‘li bilan boradi. Tashqi kurtaklanish tanasi sirtida bo‘rtiq paydo bo‘lishidan boshlanadi. Bo‘rtiqda ektoderma va endoderma qavvatlari, paragastral bo‘shliq va oskulum hosil bo‘ladi. Kurtak ko‘pincha ona organizmdan ajralib ketmasdan koloniya hosil qiladi. Alohida individlar orasidagi chegara yo‘qolib ketganidan koloniyani tashqil etuvchi individlar sonini oskulumlar soniga qarab aniqlash mumkin.
Chuchuk suv g‘ovaktanlisi bodyaga ichki kurtaklanish orqali ko‘payadi. Yozda bodyaga tashqi kurtaklanish va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Lekin kuzda mezogleyasidagi amyobotsit hujayralar to‘planib, gemmula deb ataladigan sharsimon ichki kurtakni hosil qiladi. Gemmula ikki qavat muguz qobiq bilan o‘ralgan hujayralar massasidan iborat. Qishda ona bodyaga halok bo‘lib, gemmula qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashqariga chiqib, suv tubiga o‘ldirib oladi va yangi bodyagani hosil qiladi.
Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar, jumladan hamma ohak skeletlilar germa- frodit. Jinsiy hujayralar mezogleyadagi harakatchan amyobotsit hujayralarning bir xili bo‘lgan arxeotsitlardan hosil bo‘ladi. Arxeotsitlar xivchinli kameralar endodermasi ostida joylashgan. Urug‘ hujayralari naylar bo‘shlig‘iga o‘tadi va oskulum orqali suvga chiqib ketadi. Spermatozoidlar etilgan tuxum hujayralariga ega bo‘lgan hayvon tanasiga o‘tib, ularni urug‘lantiradi. Urug‘langan tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanadi. Ohak skeletli g‘ovaktanlilarning tuxumi dastlab to‘liq bir tekis bo‘lina boshlaydi. 8 blastomerlik davrida hujayralar bir tekislikda joylashadi. Ana shundan so‘ng murtak ekvatorial chiziq orqali bo‘linib, 8 ta yirik va shuncha mayda blastomerlami hosil qiladi. Bundan keyin yirik blastomerlar sekinroq, mayda blastomerlar esa tez bo‘linib, blastulani hosil qiladi. Blastulaning ustki yarmisi xivchinli silindrsimon mayda hujayralardan iborat bo‘ladi.
- mikromerlardan, ostki qism yirik donador makromerlardan iborat bo‘lganligi tufayli amfiblastula deyiladi. Ona organizm tanasidayoq amfiblastulaning yirik hujayrali qismi mikromerli qismiga botib kira boshlaydi. Lekin bu jarayon oxiriga etmasdan to‘xtaydi va makromerlar yana tashqariga chiqib, lichinka amfiblastula holatiga o‘tadi; biroz suzib yurib, mikromerli tomoni bilan substratga yopishib oladi. Ana shu davrda xivchinli hujayralar blastula bo‘shlig‘iga botib kirib, ikkinchi ichki qavatni, yirik hujayralari esa yirik qavatni hosil qiladi. Keyinchalik xivchinli hujayralar ichki qavatni va xivchinli kameralari, tashqi hujayralar esa derma qavati, mezogleya va undagi hujayra elementlarini hosil qiladi.
Shunday qilib, ohak skeletli g‘ovaktanlilarda gastrulyasiya jarayoni ikki marta sodir bo‘ladi. Birinchi marta amfiblastulaning yirik hujayralari mayda hujayralar qavatiga botib kirishidan boshlanib, gastrulyasiya oxiriga etmasdan lichinka yana amfiblastula holatiga qaytadi. ikkinchi marta amfiblastula substratga yopishgandan so‘ng uning mayda hujayralari amfiblastula bo‘shlig‘iga botib kirib, gastrulani hosil qiladi. G‘ovaktanlilardan boshqa hayvonlar embrionida gastrula yirik hujayralari blastula bo‘shlig‘iga botib kirishidan hosil bo‘ladi. Ana shu sababdan g‘ovaktanlilar teskari ag‘darilgan hayvonlar hisoblanadi. Bunday g‘ovaktanlilar gastrulasi esa psevdogastrula (soxta gastrula) deyiladi.
Kremniy va spongin skeletli, hamda ayrim ohak skeletli g‘ovaktanlilarda psevdogastrula hosil bo‘lmaydi. Tuxum hujayradan dast- lab xivchinli mayda hujayrali blastula hosil bo‘ladi. Keyinchalik blastula devoridagi ayrim hujayralar uning bo‘shlig‘iga botib kirib, g‘ovak massani hosil qiladi. Lichinka ana shu davrda parenximula deb ataladi. Murtak varaqlarini teskari ag‘darilishi embrional rivojlanish davomida yashash sharoitini o‘zgarishi bilan bog‘liq.
G‘ovaktanlilarning regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Tanasini ayrim qismlari olib tashlanganida qaytadan tiklanadi. Hatto ularni maydalab, elakdan o‘tkazilgandan so‘ng hosil bo‘ladigan massadan u ana hayvon tanasi shakllanadi. Bunday holda hujayralar faol harakat qilib, birga to‘planadi; so‘ngra ulardan yangi organizm rivojlanadi. Somatik hujayralar to‘plamidan yangi organizmning rivojlanishi somatik embriogenez deyiladi.
Ekologiyasi va amaliy ahamiyati. Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar okeanlarning iliq suvli tropik va subtropik qismida uncha chuqur bo‘lmagan toshloq joylarda yashaydi. Ular arktika va subarktika suvlarida birmuncha kamroq, chunki loyqa suv g‘ovaktanlilar nay sistemasini bekitib qo‘yadi. Shuning uchun ular balchiqli loyqalanadigan suvlarda ko‘p uchramaydi. Bunday joylarda uchraydigan turlarning tanani suv tubidan yuqori ko‘tarib turuvchi gigant spikulalari (poyalari) bo‘ladi. Sohilning suv ko‘tarilib qaytib turadigan qismida yashaydigan g‘ovaktanlilar biron narsaga yopishgan bo‘rtma, yostiqcha yoki qobiqqa o‘xshaydi. Suvning chuqur qismida uchraydigan g‘ovaktanlilarning kremniyli skeleti qattiq, lekin juda mo‘rt; sayoz joyda yashaydigan ko‘pchilik g‘ovaktanlilar skeleti esa ancha mustahkam va pishiq bo ladi. G‘ovaktanlilar suvni har xil mexanik va organik ifloslanishdan saqlaydigan biofiltratorlar sifatida katta ahamiyatga ega. G‘ovaktanlilar boshqa organizmlar bilan simbiotik yoki kommensal munosabatda bo‘lishi mumkin. Masalan, chuchuk suv g‘ovaktanlilari ta- nasida uchraydigan bir hujayrali suv o‘tlari ulami kislorod bilan taminlaydi. Bulutlarni ko‘pchilik turlaridan ajralib chiqqan modda almashinuvidagi moddalar boshqa organizmlarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, yirtqichlardan himoyalanishida yordam beradi.
Antarktika mintaqasida uchraydigan 16 tur bulutlarning 9 turi, Karib dengizida yashaydigan 36 tur bulutni 27 turi baliqlar va boshqa hayvonlar uchun o‘ta zaharli ta’sir ko‘rsatadi yoki hayvonlarni cho‘chitadi. Vaholanki, baliq turlari ichida shunday “bulutho‘r” turlar borki ular bulutlar bilan oziqlanadilar. Masalan, baliqlarning Pomacanthida oilasidan parishta –baliq, Monacanthidae oilasidan Mavritaniya idoli (Zanclus cornutus), dengiz toshbaqalaridan Eretmochelys oilasi vakillarining axlatinig 95 % ni bulutlarning ignalari (spikulalari) tashqil etadi. Doridacea oilasiga kiruvchi ochiq jabrali mollyuskalarning ba’zi bir vakillari faqat bulutlar bilan oziqlanishga moslashgan. Shu bulutlar uchraydigan xududlarda mollyuskalarni ham uchratish mumkin. Ba’zi bir bulutlar o‘zlaridan ajratib chiqaradigan metabolitlardan boshqa hayvonlarni haydash yoki cho‘chitish bilan makon uchun kurash olib boradilar. Masalan, Karib degizida yashaydigan Chondrillanucula buluti o‘zidan zaharli modda ishlab chiqarib, yaqin atrofda to‘rgan korallarni nobud qiladi va nobud bo‘lgan korallni skletini egallab oladi.
Ko‘plab bulutlar o‘zlaridan juda kuchli hid chiqaradilar, masalan “sarimsoq” buluti-Lissoden doryxisodictyalis. Bulutlarni yana shunday turlari borki ular terida kuchli zararlanishlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin (Karib dengizida yashaydigan “Olovli” buluti- Tedaniaignis).
Keyingi yillarda bulutlardan ajralib chiqadigan biologik aktiv moddalarini biokimyoviy jihatdan o‘rganib, meditsina va sanoatdagi ahamiyatini o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda. Dengizlardagi ko‘plab bulutlar endosimbiontlar-mayda jonivorlar uchun boshpana vazifasini bajaradi. Jonivorlar bulutlarni suv yo‘llarida hamxona bo‘lib yashab, yirtqichlardan himoyalanadilar, shu erda hayotini davom ettirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadilar. Yirik leykonoid shaklidagi bulutlar mayda qisqichbaqasimonlar va ofiuralar uchun yaxshi “uy” vazifasini bajarishi mumkin. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bitta bochkasimon bulut (Spheciospongia) suv yo‘lida 16000 ta qisqichbaqasimon yashaydi.
Dengiz ko‘pqillilaridan Spionidac oilasiga tegishli chuvalchanglar ham bulutlarning suv yo‘lida yashab, ular bilan oziqlanishi hisobiga chuvalchanglarni rangi bulutlarning rangiga o‘xshash bo‘ladi. Oregoniagracilis avlodiga tegishli qisqichbaqasimonlar bulutlar, suvo‘tlari va boshqa o‘troq hayvonlarni tana qalqoniga yopishtirib olib, o‘ziga xos biotsenozni hosil qiladi. Harakatchan substratda shakllangan hayvonlar jamoasi krablarni yirtqichlardan mustahkam saqlashi, himoyalanishi ta’milanadi.
Download 54.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling