7- мавзу. Axborot texnologiyalari (AT) va ularniń turlari


Axborot texnologiyalarini o‘rganish uch qismdan iborat


Download 3.8 Mb.
bet23/39
Sana14.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1702100
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
1 АТТ 4-курс 7-18 темалар 22-23

Axborot texnologiyalarini o‘rganish uch qismdan iborat:

  1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari o‘rganiladi, bunda asosiy e’tibor axborot tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan.

  2. Axborot texnologiyalari vositalari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik erganomik va umumiy ta’minotlarni o‘rganadi.

  3. Boshqarish subyekti faoliyatiga taalluqli bo‘lgan iqtisodiy masalalarni yechish yollari o‘rganiladi.

Bu vaqtga kelib aholining katta qismi axborot sohasida band bo‘lib boradi. Masalan, 1946-yilda AQSHda mehnatga yaroqli aholining 30 %, 1980-yilda — 45 %, hozirgi kunga kelib 60—70 % axborot sohasida band bo‘lgan.
Axborot texnologiyalari rivojlanishining keying bosqichi 1982-yilda ISO — Xalqaro standartlar tizimini ochiq tizimlar o‘zaro hamkorligi etalon modelini e’lon qilinishi bilan bog‘liq.
2. AKT vositalari va ulami ta’lim jarayonida qo’llash imkoniyatlari,
Hozirgi kunda egiluvchanlik, qulaylik va tashqi ta’sirlarga moslanuvchan xususiyatlarga ega optimal axborot texnologiyalari boshqaruv ishlari samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanib, bu texnologiyalar axborotlar va hisoblash texnikalari bilan malakali ishlash ko‘nikmalarini talab qiladi.
Axborot texnologiyalari — hisoblash texnikalari vositalaridan foydalanish bilan tashkiliy tuzilmada axborotlarni to‘plash, olish, saqlash, ishlov berish, tahlil va uzatish funksiyalarini amalga oshiruvchi jarayonlar to‘plamidir yoki boshqacha aytganda axborotlar aylanmasi va ishlov berish hamda bu jarayonlami yoritib beruvchi jarayonlar to‘plamidir.
Hisoblash tizimining ba’zi foydalanish tartiblarini ko‘rib chiqamiz. Ularga paketli ishlov berish tartiblarini kiritish mumkin (off-line, bir nechta dasturiy mahsulotlami guruhlarga birlashtirish). Bu tartib uchun hisoblash tizimining samaradorUgi va operatoming minimal aralashuvi, ammo natijani kutish uchun katta vaqt sarflanishi xarakterlidir. Natijani olishni tezlatish uchun paketli ishlov berishda tizimning parallel ishlov berish yoki vaqtni chegaralash (kvantlash) deb nomlanuvchi ish tartibidan foydalanish mumkin. Ya’ni, guruhdagi har bir amaliy dasturga vaqt oralig‘i ajratiladi, bu vaqtni tugashi bilan boshqaruv navbatdagi dasturga uzatiladi. Bu esa butun paketda ishlov berish tugaguncha qisqa dasturlar bo‘yicha natijalami olishga imkon beradi.
Axborot texnologiyalari texnik, axborot, uslubiy va tashkiliy tuzilishga bog‘liq bo‘ladi va ularga asoslanadi.
Texnik vositalari-kompyuter, tashkiliy texnika, aloqa tarmog‘i va tarmoq qurilmalaridan iborat bo‘ladi. Texnik ta’minlanganlikka bog‘liq bo‘lgan (qo‘lda, avtomatlashtirilgan, masofadagi) axborot texnologiyalarining turi axborotlarni to‘plash, ishlov berish va uzatish jarayonlariga katta ta’sir o‘tkazadi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish quwati ortib borishi bilan bir vaqtda bahosi ham tushib keng foydalanuvchilar doirasiga ega bo‘lib bormoqda. Hozirgi kunda ichki kommunikatsion imkoniyatlarga, tez o‘tkazuvchi modemlar, katta hajmli xotiraga, skanerlar, qo‘lyozma matnlar va ovozlarni farqlay olish qurilmalariga ega bo‘lib bormoqda.
Texnik va axborot vositalar to‘g‘ridan to‘g'ri bog‘liq bo‘lgan dasturiy vositalar to‘plash, ishlov berish, tahlil qilish, saqlash va kompyuter biJan interfeys — muloqot funksiyalarini amalga oshiradi.
Axborot ta’minoti - kompyuterda ishlov berish uchun aniq ko‘rinishda taqdim etilgan ma’lumotlar to‘plamidir.
Tashkiliy va uslubiy vositalar o‘zida izlanayotgan natijani olish uchun kompyuter va dasturiy ta’minotning faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidir.
Axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari :

  1. Maqsadga muvofiqlik.

  2. Komponent va tarkibiy tuzilishning mavjudligi

  3. Tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorlik.

  4. Bir butunlik.

  5. Vaqt bo‘yicha rivojlanib borishi.


  1. Download 3.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling