7 – mavzu: Dinshunoslik faniga kirish
Download 30.67 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar
7 – mavzu: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari.Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari. Milliy dinlar, jahon dinlari: buddizm va xristianlik. Reja: 1.Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Milliy dinlar . Jahon dinlarii: buddizm va xristianlik. 3.”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’grisida”gi yangi qonun(2021 yil 5-iyul). Tayanch so`zlar: Din, dinshunoslik, dinning turlari, dinning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy ong. “Dinshunoslik” fani jamiyat ma’naviy hayotida dinning tutgan o’rni, uning turli shakllari, ta’limoti, yo’nalishi va oqimlari, vijdon erkinligi, diniy bag’rikenglik tamoyillari, diniy dunyoqarash, O’zbekistonda din va diniy tashkilotlar faoliyati, din niqobidagi radikal diniy oqimlar, shaxs tarbiyasida milliy va diniy qadriyatlar uyg’unligi masalalarini qamrab oladi. Mazkur fan Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga kiritilgan bo’lib, bakalavriatning barcha 1-kurs talabalariga o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Dinshunoslik” fanini o’qitishdan maqsad – talabalarda din, uning ma’naviy hayotimizdagi o’rni haqida xolis, to’g’ri dunyoqarashni shakllantirish hamda yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga turli dinlarning kelib chiqishi, tarixi, taraqqiyoti, ta’limoti, asosiy manbalari, hozirgi davrdagi holati, ma’lum xalq hayotida tutgan o’rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularda bo’zg’unchi g’oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, ajdodlar merosini o’rgatish asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat. Fan bo’yicha talabaning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: dinshunoslikning fan sohasi sifatida paydo bo’lishi, uning tarixi va ta’limotlari; dinlarning dunyo xalqlari madaniyati, urf-odatlariga ta’siri; diniy dunyoqarashning shakllanishi; dunyo xalqlari dinlari, dunyoning diniy-konfessional manzarasi haqida tasavvurga ega bo’lishi; dinning ijtimoiy-madaniy va ma’naviy-axloqiy hayotdagi o’rnini; dunyo dinlari va asosiy diniy konfessiyalarning diniy-ilohiy tizimi asoslari va maqsadini; Markaziy Osiyoda mavjud bo’lgan dinlarning ta’limotlari va ularning xalqimiz urf-odatlarida aks etishini; dinning inson va jamiyat hayotida tutgan o’rnini bilishi va foydalana olishi; din bilan bog’liq jarayonlarni mahalliy urf-odat, an’analardan kelib chiqqan holda tadqiq qila olish; turli dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar bilan umumiy til topishish, ular bilan muloqot qila olish; din nomi bilan sun’iy bog’langan ma’naviy tahdidlar, axborot xurujlariga qarshi kurashish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Download 30.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling