Mualliflik texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida ta`lim jarayonini ta`lim oluvchi faoliyatiga yo‘naltirish vasitalariga ega bo‘lgan texnologiyadir. Bunday texnologiyalarga quyidagilarni keltirish mumkin: Pedagogik jarayonda shaxsni ko‘zda tutishga boshlangan ta`lim texnologiyalari.
(SH.A.Amonashivili texnologiyasi);
O‘quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F. SHatalov texnologiyasi); O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish asosiga qurilgan texnologiya(S.N.Lisenkova texnologiyasi); O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Granitskaya, V.D.SHadrikov texnologiyasi) O‘qitishni dasturlash texnologiyasi (B.P.Bespalko).
O’qitishni jadallashtirish texnologiyasibu texnologiyani Viktor Fedorovich SHatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an‘anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali:bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni o‘qitish; o‘qitishni tezlashtirish.
Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o‟qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar
yotadi: hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv;
o‘zlashtirish (muvaffaqiyat) - o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishining
eng muhim sharti; sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam; xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;
o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;
vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib erilishi;
asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish;
bilag‘on o‘quvchi vositasida bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitishi
O‟qitishni tabaqalashtirish
G.K.Selevko tadqiqotlarida o‘qitishni tabaqalashtirish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli sifatida izohlanadi, o‘zida bilim darajasi bir xil bo‘lgan, u yoki bu
jihatdan o‘quv jarayonida umumiy sifatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhi bilan o‘qituvchi ishlaydi. O‘qitishni tabaqalashtirish o‘quv jarayonidagi ta‘lim
oluvchilarning turli guruhlarini ixtisoslashtirilishini ta‘minlaydigan umumiy
didaktikaning bir qismi sifatida ham belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |