7- mavzu: Pol tuzilmalari va ashyolari. Pol konstruksiyalari. Iliqpollar. Pol konstruksiyalari


Download 1.99 Mb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1576807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7.Maruza

4. Polbop o‘rama ashyolar


Zamonaviy bozorlarda pollar uchun silliq o‘rama ashyolar har xil ko‘rinishidagi linoleum va tukli qoplamalar shaklida taklif etilmoqda. Ular turar-joy binolarida, idoralarda va boshqa kam harakat qilinadigan boshqa binolarda keng qo‘llaniladi Ular turar-joy binolarida, idoralarda va boshqa kam harakat qilinadigan boshqa binolarda keng qo‘llaniladi. Po‘kak kukunining tabiiy quriydigan moylar bilan aralashtirib matoga surkash yo‘li bilan tayyorlangan an’anaviy linoleumni (Angliya) hozirgi paytda PVX linoleumi qurilish bozoridan butunlay siqib chiqardi (89-rasm).


Linoleumlar turli xil ranglar va naqshli, asosli va asossiz (shu jumladan issiq va ovoz izolyasiyali) qilib ishlab chiqarilmoqda. Asossiz linoleum oraliq qatlamlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri asos ustiga yotqizilishi mumkin.



89-rasm. Polivinilxlorid linoleumlar
“Yutexs” (Sloveniya, 90-rasm), “Lenteks” (Polsha), “Forbo” (Gollandiya, 91-rasm), “Sintelon” (Yugoslaviya), “Tarket” (Germaniya, 92-rasm) kabi kompa-niyalar hamda ko‘plab rus ishlab chiqaruvchilarining linoleumlari qurilish bozorlarida namoyish etilmoqda. Linoleum o‘ramlarining eni 1,5-4 m.





90-rasm. “Yutexs” linoleumlari



91-rasm. “Forbo” linoleumlari
Linoleum o‘ramlarini xona o‘lchamidagi gilamchalar ko‘rinishida maxsus asboblar bilan payvandlash mumkin. Linoleum yetarlicha chiroyli, elastik, oson tozalanadigan pol qoplamasini hosil qiladi, lekin uni yotqizish uchun bir kun
tekisdagi, silliq va mustahkam asos talab qilinadi. PVX linoleumdan foydalanishda yuzaga kelgan jiddiy muammo, ishlatilib bo‘lingan qoplamalarni utilizatsiya qilishdir, chunki polivinilxlorid tabiiy tsiklga mos kelmaydi va uni qayta ishlatish juda muammoli vazifa hisoblanadi





92-rasm. “Tarket” linoleumlari
Tukli o‘rama qoplamalar har xil sintetik tolalar asosida turli xil texnologiyalar yordamida ishlab chiqariladi. Bunday qoplamalar bir qator afzalliklarga ega: ular issiq, tovuShni yaxshi yutadi, va yuqori darajada jozibalidir. Ularning kamchiliklari atrof-muhitga allergik kasallik-larni keltirib chiqaradigan mayda tolalarni chiqarishdir (93-rasm).


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling