7- modul : maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. Dars o‘quv maqsadi


Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni


Download 74.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.11.2023
Hajmi74.64 Kb.
#1771390
1   2   3   4   5
Bog'liq
7- modul maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish.

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni. 
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining vazifalari quyidagilardan iborat: 
—maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga rahbarlik qilish; 
—maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik 
qilish; 
—«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktabgacha ta’lim 
konsepsiyasida va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan vazifalarning bajarilishi 
ustidan nazorat qilish; 
—aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish va ommalashtirish ishlarini 
muvofiqlashtirish; 
—«ILK QADAM» dasturini takomillashtirish ishlariga rahbarlik qilish; 
— 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada bolalarga ta’lim-tarbiya berishning o‘zaro 
uyg‘unligini ta’minlash; 


-
pedagogika fani va amaliyoti yutuqlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiya dasturlarini takomillashtirib borish; 
-
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish; 
-
bo‘ysunishidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati ustidan nazorat qilish; 
-
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kadrlar tayerlash va malakasini oshirish ishlariga 
rahbarlik kilish; 
-
xorijiy mamlakatlarning maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatini boshqaradigan idoralar 
bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim boshqarmasi 
unga topshirilgan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha vazirlikning boshqa boshqarma va bo‘limlari, 
viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo‘limlari), Iqtisodiyot, Sog‘liqni 
saqlash vazirliklari, Pedagogika fanlari akademiyasi, shuningdek, qaramog‘ida maktabgacha 
ta’lim muassasalari bo‘lgan tarmoklarning tegishli bo‘linmalari bilan amaliy hamkorligi 
yo‘lga qo‘yilgan. 
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ish mazmuni quyidagilardan iborat: 
ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish; 
ijtimoiy 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarini 
rivojlantirishning 
asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlash; 
—viloyat, shahar, tuman 
maktabgacha
ta’limi bo‘limlari, maktabgacha ta’lim 
boshqarmalari 
(bo‘limlari) 
tomonidan 
me’yoriy, 
instruktiv, 
metodik-dasturiy 
hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish; 
—ichki mehnat tartibi to‘g‘risida nizom, yo‘l-yo‘riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba 
uyushmalari bilan hamkorlikda);


—muassasalar tarmog‘i taraqqiyotining istiqboli, yillik, xalq xo‘jaligi va davlat rejalarini 
tuzishda, kapital qurilish, kadrlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat 
qilishda ishtirok etish, namunaviy binolar loyihasini ishlab chiqish, muassasalarning 
uskunalar va o‘quv-ko‘rgazma qo‘llanmalariga bo‘lgan talabini aniqlash; 
—bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, uning 
bajarilishini nazorat qilish; 
—ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining ishini tashkil etish; 
—maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida to‘plangan ilg‘or xorijiy 
tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish; 
—mehnatkashlarning arizalari, xat va shikoyatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul 
qilish va hokazolar. 
Viloyat, shahar boshqarmalari bevosita 
Maktabgacha
ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi.
Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlarida maktabgacha ta’lim sektori mavjud bo‘lib, 
u mazkur hududda joylashgan muassasalar faoliyatini boshqaradi, ularning ishini nazorat 
qiladi, pedagog xodimlar malakasini oshirish tadbirlari ham ular zimmasidadir. Tuman 
xalq ta’limi bo‘limi shu hududda joylashgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, ular 
qaysi idora va tashkilotlarga bo‘ysunishidan qat’i nazar, nazorat etadi. 

Download 74.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling