7- modul : maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. Dars o‘quv maqsadi


Download 74.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana13.11.2023
Hajmi74.64 Kb.
#1771390
1   2   3   4   5
Bog'liq
7- modul maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish.

Maktabgacha ta’lim 
tashkilot
i nazoratchi uslubchisining vazifalari, huquklari 
va unga qo‘yilgan talablar. 
Maktabgacha ta’lim 
tashkilot
lari ishiga bevosita rahbarlik qilish xalq ta’limi bo‘limi 
maktabgacha ta’lim nazoratchi uslubchi zimmasiga yuklatiladi. 
Nazoratchi uslubchi — maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli qonun 
qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir. 
Nazoratchi uslubchining ishi murakkab va ko‘p qirralidir. SHuningdek, u 
mamlakatimizda xalq ta’limi sohasiga oid chiqarilgan qonunlar, Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi va instruktiv, dasturiy, uslubiy hujjatlarga amal qiladi. 
Nazoratchi uslubchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
—turli tildagi, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha maktabgacha ta’lim 
muassasalarida «Ilk qadam » dasturi va DT ning bajarilishini kuzatadi, tekshiradi; 
—maktabgacha ta’lim 
tashkilot
i ishini har tomonlama nazorat etadi; 
— 
amaldagi qonunlar doirasida yo‘lyo‘riq, buyruq,tavsiya, ko‘rsatmalar beradi; 
—g‘ayriqonuniy ishlarga chek qo‘yadi va bu haqda xalq ta’limi bo‘limiga axborot 
taqdim etadi; 
—maktabgacha ta’lim 
tashkilot
i faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiya, fikr 
mulohazalar beradi; 
—xalq ta’limi bo‘limida mudira, uslubchi va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy 
kengashlar tashkil etadi; 
— 
maktabgacha ta’lim 
tashkilot
i xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi; 
— xodimlarni rag‘batlantirish va jazolash, ishdan bo‘shatish masalalari bo‘yicha 
tavsiyalar beradi. 
Nazoratchi-uslubchiga qo‘yiladigan asosiy talablar: 
Nazoratchi-uslubchi: 
— 
maktabgacha ta’lim tizimi ishini va tamoyillarini puxta egallagan, oliy maxsus 
ma’lumotga, ko‘p yillik ish stajiga, eng ilg‘or, yuksak pedagogik tashkilotchilik 
qobiliyatiga ega bo‘lishi; 


— har jihatdan etuk, o‘z ishining ustasi, dunyoqarashi keng, davlatimizning ta’lim 
yo‘nalishidagi siyosatini chuqur biladigan, nazoratchi uslubchi mutaxassisligi bo‘yicha 
yuqori malakaga ega bo‘lishi; 
— qat’iyatli, xolis, vijdonli, davlat manfaatlarini ko‘zlab ish yuritadigan, zimmasidagi 
mas’uliyatni chuqur his etadigan, tartibli, o‘ziga va boshqalarga talabchan, o‘z so‘zida tura 
oladigan, kamchilikka murosasiz bo‘lishi; 
— maktabgacha ta’lim ravnaqi uchun eng muhim vazifalarni o‘z vaqtida aniqlay 
olishi, ularni qisqa muddatda bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi; 
—maktabgacha ta’lim 
tashkilot
i faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qila oladigan, 
mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini belgilab amalga oshirishga 
qodir bo‘lishi; 

Maktabgacha 
ta’limi bo‘limi va maktabgacha ta’lim 
tashkilot
lariga doimiy ravishda 
uslubiy yordam berishga tayyor bo‘lishi; 
—yangilikka intiluvchan, pedagogika fani sohasida qo‘lga kiritilgan yangi 
ishlanmalar va texnologiyalarni, etuk pedagoglarning ilg‘or ish tajribalar amaliyotini tatbiq 
etishga qodir bo‘lishi; 
—g‘oyaviy, siyosiy, pedagoglik saviyasi va bilimlarini oshirish ustida tinimsiz 
ishlash ko‘nikmasini egallagan bo‘lishi zarur. 
Nazoratchi-uslubchi har uch yilda malaka oshirish kurslarida o‘z malakasini oshiradi. 
Maktabgacha ta’lim 
tashkilot
lari ishining barcha bo‘limlarini samarali boshqarish 
uchun nazoratchiuslubchi o‘z ishini aniq va puxta o‘ylangan reja asosida, keng 
jamoatchilikka tayangan holda amalga oshirishi kerak. 
Nazoratchi-uslubchi aholining maktabgacha ta’lim 
tashkilot
lariga bo‘lgan talabini 
qondirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Shu maqsadda u maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarmog‘ini kengaytirishning kundalik va istiqbol rejalarini tuzishda ishtirok 
etadi va yangi muassasalarning foydalanishga topshirilishini muntazam nazorat etib 
boradi. Nazoratchi uslubchi maktabgacha ta’lim muassasalarining samarali faoliyat 
yuritishiga harakat qiladi, ayniqsa, qishloqda maktabgacha ta’lim muassasalari 
qurilishiga, ularning moddiy bazasining yaxshilanishiga alohida e’tibor qaratadi. 
Nazoratchi-uslubchi moliya masalalarini tushunishi, maktabgacha ta’lim 
tashkilot
larini 
jihozlash, bolalarni ovqatlantirishga oid me’yoriy hujjatlarni bilishi, muassasa faoliyati 
uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida berilishi va to‘g‘ri sarflanishini muntazam 
tekshirib turishi, bu borada markazlashtirilgan buxgalteriya bilan hamkorlikda ishlashi 
kerak. 
Nazoratchi-uslubchi maktabgacha ta’lim 
tashkilot
iga borganida uslubiy, tarbiyaviy va 
ma’muriy-xo‘jalik ishlar holatini o‘rganadi, ilg‘or tajribani, ishdagi kamchiliklarni 
aniklaydi, zarur yordam ko‘rsatadi. 
U «Ilk qadam» dasturi va DT ning bajarilishini nazorat qiladi, pedagogik kadrlar 
tarkibi va joylashtirilishini o‘rganadi, ularning malakasini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Nazoratchi-uslubchi faoliyatida ota-onalar qo‘mitasi ishiga rahbarlik qilish va aholi 
o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish va ommalashtirish muhim o‘rin tutadi. Uning 
bu boradagi faoliyatiningmazmuni va shakllari muayyan hudud (viloyat, shahar, tuman, 
qishloq) sharoitiga muvofiq ravishda belgilanadi. 
Maktabgacha 
ta’limi bo‘limlariga umumiy rahbarlik bo‘lim mudiri, nazoratchi-uslubchi 
tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi. 


Rejaning kirish qismida avvalgi o‘quv yiliga tavsifnoma, qanday shaklda va qancha 
maktabgacha ta’lim muassasalari qurilgani, uslubiy ishlar qay darajada yo‘lga qo‘yilgani, 
qanday ilg‘or ish tajribalari umumlashtirilgani, shuningdek, amalga oshirilgan tashkiliy-
xo‘jalik ishlari, o‘tkazilgan kengashlar va boshqa masalalar atroflicha tahlil etiladi. 

Download 74.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling