7 – sinf Tarix oylik nazorat


Download 25.37 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1791684
Bog'liq
7-sinf Tarix oylik nazorat


7 – sinf Tarix oylik nazorat
1. Turklarning g`arbga tomon yurishlariga boshchilik qilgan shaxsni aniqlang? A)To`n Yabg`u B)Istami C)Bumin D)Abruy
2. O’rta Osiyoda jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg‘a bo‘lgan. Xanjar, jangovar oybolta va nayzalar bilan qurollanganlar. Xanjar – “akinak”, jangovar oybolta - …………… deb nomlangan. Nuqtalar o’rniga mos javob variantini belgilang?
A) Bargustvon B) Katapulta C) Sagaris D) Sparta
3. Eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida 456-yilda qayerga elchi yuborgan?
A) Hindiston B) Turkiya C) Xitoy D) Toxariston
4. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qilgan vaqtda Massegetlar malikasi kim edi?
A) Feadora B) Roksana C) To’maris D) Jinevra
5. Xoqon To‘ng Yabg‘u nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 618-630 – yillar B) 630-648 – yillar
C) 613-638 – yillar D) 603-618 – yillar
6. V–VII asrlarda mamlakat nechta hokimliklarga bo‘linib ketgan edi?
A) 15 dan ortiq B) 20 ga yaqin C) 18 ta D) 10 dan ortiq
7. Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Sug’dda hukumdor qanday atalgan?
A) Tudun B) Ixshid C) Malikshoh D) Dehqon
8. Sunxondaryo, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg‘onistonda qaysi mahalliy hokimlik joylashgan?
A) Farg’ona B) Toxariston C) Eloq D) Choch
9. Qaysi yilda hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temir qalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’minlaganlar?
A) 618-yil B) 456-yil C) 718-yil C) 630-yil
10. 585 -586-yillarda Buxoroda Abruy boshchiligidagi qo‘zg‘olon kim tomonidan bostiriladi?
A) To’ng Yabg’u B) Sheri Kishvar
C) Istami D) Erto’g’rul
11. Qaysi yilda normannlar London shahrini bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar?
A) 821-yil B) 882-yil C) 718-yil D) 842-yil
12. Arab xalifasi Horun ar-Rashid Iso payg‘ambar qabri joylashgan yerni kimga taqdim etgan?
A) Buyuk Karlga B) Yustinianga C) Sezarga D) Merlinga
13. G‘arb va Sharq o’rtasida joylashgan, Vizantiya imperiyasining poytaxti bo’lgan “Oltin ko’prik” nomi bilan kirgan shahar qaysi variantda berilgan?
A) London B) Parij C) Konstantinopol D) Lion
14. Turk xoqonligi qachon ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi?
A) V asr o’rtalarida B) VI asrning 80-yillari oxirlarida
C) VI asr 30-yillarida C) IV asr boshlarida
15. O’rta asrlar davri qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?
A)IV-XIV asrlar B) V-XV asrlar
C) III-XVI asrlar D) VI-XII asrlar
Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling