7- sinflar uchun fizika Sana: 201 yil
Kommunikativ kompetensiya
Download 376.1 Kb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Fizika yillik konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
Kommunikativ kompetensiya:
darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og„zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish; Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: darslik va turli masalalar kitobidan, kutubxona, resurs markazi manbalaridan o„ziga kerakli ma‟lumotlarni izlab topa olishi va ulardan foydalana olishi hamda fizik birliklarni boshqa ulushli va karrali birliklarga, jadval ko„rinishdagi ma‟lumotlarni, grafik ko„rinishiga (va aksincha) aylantira olish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: doimiy ravishda o„zini o„zi jismoniy, ma‟naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o„qib-o„rganishi, o„z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o„tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o„zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, o„zaro munosabatlarda muomala va huquqiy madaniyatga ega bo„lish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‟tiqodli bo„lish, fizika sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo„shgan allomalarning ibratli hayotini bilish va o„rnak olish hamda ularning fikrlari fan sohasida muhimligini anglay olish. Dars uslubi: faol ma`ruza. Dars jihozi: darslik, tomizg`ich o`rnatilgan aravacha, to`g`ri chiziqli harakat, to`g`ri chiziqli tekis harakatni tasvirlovchi plakatlar. Darsning borishi: № Dars bosqichlari Vaqti 1 Tashkiliy qism 2 minut 2 O`tilganlarni takrorlash va baholash 10 minut 3 Yangi mavzuning mazmunini ochish 18 minut 4 Nazariyada o`rganilganlarni amalda sinab ko`rish (mustahkamlash) 12 minut 5 Uyga vazifa va topshiriqlar 2 minut Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. - Good morning, children. - Good morning. Today is Friday, 13 september 2013 . We are in phyusics lesson. 2.Yo'qlama qilish. - Who is absent today? 3. Uyga vazifani so`rab baholash uchun savollar: 1. Moddiy nuqta deb nimaga aytiladi?uni misollarda tushuntiring. 2. Trayektoriya deganda nimani tushunasiz? 3. Yo`l nima? Ko`chish deganda nimani tushunasiz? 4. Yo`l va ko`chish bir-biridan qanday farq qiladi? 5. Qanday harakat ilgarilanma harakat deyiladi? 6. Qanday kattaliklar skalyar kattaliklar deyiladi? Qaysilari vektor bo`ladi? Misollarda tushuntiring. Yangi mavzu bayoni rejasi: 1. Tekis va notekis harakat haqida suhbatlashish. 2. To`g`ri chiziqli harakat haqida o`quvchilarning fikr – mulohazalarini eshitish va to`ldirish. 3. To`g`ri chiziqli tekis harakatni misollar yordamida tushuntirish. 4. To`g`ri chiziqli harakat, tekis harakat va to`g`ri chiziqli tekis harakatning o`zaro farqi haqida suhbatlashish. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: uchun tomizg`ich o`rnatilgan aravachani stol ustida notekis va tekis harakatlantirib, tekis va notekis harakat haqida bilim va ko`nikmalar shakllantiriladi. Uyga vazifa: Mavzuni o`qib konspekt qilish; savollarga javob topish. Download 376.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling