7-8-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlari va tahdidlar Reja
Download 112.58 Kb.
|
7-8-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar va tushunchalar
- Maqsad
7-8-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlari va tahdidlar Reja: 7.1. Ijtimoiy tarmoqni axborot maydoniga aylantirish 7.2. An'anaviy ommaviy axborot vositalari o'rnini ijtimoiy tarmoqlar egallaydi Ijtimoiy tarmoqlarning jozibadorligi va yoshlarning jalb etilishi Ijtimoiy tarmoqlarni ommalashtirish Kalit so'zlar va tushunchalar: Internet, axborot, server, IIS, sayt, Internet, dastur, RED, virtual, to'plamlar, axborot urushi, xavfsizlik administratori, kreking, hack, xavfsizlik administratori, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ijtimoiy muhandislik, DoS hujumi, hujum , jismoniy kirish, kuzatuv kamerasi, moliyaviy javobgarlik, ehtimollik, vakillik, tarmoq xavfsizligi, sir. Maqsad: Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining internet makonidagi faoliyati samaradorligini tahlil qilish 7.1.Ijtimoiy tarmoqni axborot maydoniga aylantirish Jamiyatning barqaror taraqqiyoti sharoitida, jamiyatda ommani zararli axborotlardan himoya qilish va milliy saytlarni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda ilmiy asoslangan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlarning internet tarmoqlariga mansub bo‘lgan, innovatsion texnologiyalarga asoslangan xorij tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq. Ta’kidlash lozimki, jahonda global internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning soni muntazam oshib bormoqda, global internet xizmatidan 20 yil avval 4,1% kishilar foydalangan bo‘lsa, ushubu ko‘rsatkich 2019 yilda 4,5 milliardni tashkil qildi, ya’ni bugungi kunda yer sharida yashovchi 58,8% aholi ushbu axborot tarmog‘idan foydalanadi.1 Jahonda axborotning ijtimoiy fikrni shakllantirishi va texnologik taraqqiyotga ta’siri tobora faollashayotgan hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning bu jarayondagi o‘rni va roli kuchayib bormoqda. Hozirgi vaqtda «dunyo aholisining 58,8% i Internet tarmog‘idan foydalanadi, u o‘zaro bog‘langan axborot dunyosini tubdan o‘zgartirdi, mamlakatlar, mintaqalar, xalqlar va avlodlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qildi va u yoshlar hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda»2. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, axborotni muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biridir. Dunyoda axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya vositalari jadal sur’atda insoniyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy intellektual hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Download 112.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling