Fanlar tizimida “ijtimoiy tarmoq” iborasi birinchi bor Jon Berns3 (Jn A. Barnes) tomonidan 1954 yilda kiritilgan. Uning fikricha, bir individning atrofidagi ijtimoiy tarmoqning kattaligi taxminan 150 kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Keyinchalik u gumanitar fanlarning turli sohalari, jumladan sotsiologiyada ham muntazam qo‘llanila boshlandi. Bu sohada Ya.Moreno tomonidan eksperement olib borilgan va u
“Ijtimoiy tarmoqlar tahlili” fan tarmog‘ining asoschisi hisoblanadi. Shuningdek, algoritmik axborot nazariyasini sun’iy intellekt yaratish ustida ijtimoiy tarmoqlar nazariyasining yetakchilari sifatida g‘arb olimlari R.Solomonoff va A.Rapoportlarning bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. 1959-1968 yillarda venger matematiklari P.Erdyosh va A.Reni ijtimoiy tarmoqlar shakllanishining prinsiplarini ta’riflovchi maqolalar nashr etdilar. D.Uotts va S.Strogach ijtimoiy tarmoqlar nazariyasini rivojlantirib, klasterlashtirish koeffitsientini ilmiy muomalaga kiritdilar.
XX asrning 70-chi yillarida sotsial tarmoqlarga oid tadqiqotlarning sotsiologik va matematik usullari majmuasi shakllandi va ular ijtimoiy tarmoqlarning hozirgi zamon tahliliga ilmiy asos bo‘ldi. Keyingi chorak asr davomida shu sohada ish olib borgan olimlar tasnifiga ko‘ra, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning tahliliga asosiy 4ta yondashuv mavjud.4 Bular: 1) Tuzilmali yondashuv (asosan tarmoqning geometrik shakliga e’tibor beriladi); 2) Resursli yondashuv (aktorlar imkoniyatlari ularning resurlariga qarab tasniflanadi, bunda individual resurslar sifatida bilimlar, boylik, nufuz
v.h. ko‘rib chiqiladi); 3) Normativ yondashuv (aktorlar orasidagi ishonch darajasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda aktorlarning hulq-atvori va o‘zaro hamkorligiga ta’sir qiladigan norma, qoida va sanksiyalar o‘rganiladi); 4) Dinamik yondashuv (vaqt o‘tishi davomida tarmoqlardagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratiladi).
Ijtimoiy tarmoq fenomenining global virtual muloqot tizimidagi o‘rni, jamiyat rivojlanishi va unga axborot texnologiyalarining jadallik bilan kirib kelishi ijtimoiy tarmoqlar tushunchasini yanada kengaytirdi va ulardan foydalanish shaklini o‘zgartirdi5. Sotsial tarmoqlar yangi fenomen bo‘lib, uning tashuvchilari nafaqat so‘zlar, balki rasm, surat, kino, video, tovush, veb-sahifa kabi, axborot yoki matnni
Do'stlaringiz bilan baham: |