7-Amaliy ish.
Cho'kindi tog' jinslarining tarkibi,strukturasiva teksturasini o'rganish.
Ishning maqsadi:Cho'kindi tog' jinslari xaqidagi bilimlarni mustahkamlash va ularni boshqa tog' jinslaridan to'g'ri ajratishni,tarkibi ,strukturasiva teksturasini o'rganish.
Cho'kindi tog'jinslar butun erdagi tog' jinslarining atigi 5%ni tashkil qiladi, lekin bu jinslar erning yuza qismining 75% maydonni ishg'ol qilib yotadi.
Cho'kindi tog' jinslar hosil bo'lishida bir qator xususiyatlar xosil qiladiki,bu jinslar magmatik va metamorfik tog' jinslaridan ko'rinishida ham farqlar ko'rinib turadi.
Bu hususiyat minerallik va himyaviy tarkibi, strukturasi, qiymati, hajmi bilan farqlanadi va hosil bo'lish iqlimi bilan bog'liqdir.
Cho'kindi tog' jinslar strukturasi turlichadir .Har bir jins o'ziga xos strukturaga ega.Qum toshliji jinslarga tarkibida qum bor jinslar xarakterlidir.
Struktura-bu jinsning ichki tuzilishi hususiyati bo'lib ,uning minerallik tarkibi ,hajmi va miqdori haqidagi ma'lumotlar demakdir.
Tekstura-bu jins tarkibidagi minerallarning hajm bo'yicha kristallanishformasi va joylashuvi to'g'risidagi xarakterlar xaqidagi ma'lumotlar.
7.1-jadval
Donador cho‘kindi jinslarni aniqlash jadvali (A. V. Eremin va A. A. Slednikovlardan ba’zi o‘zgarishlar bilan olindi)
Tog‘ jinslarining strukturaviy xususiyatlari
|
Donador bo‘shoq cho‘kindi jinslar
|
Sementlashgan donador cho‘kindi jinslar
|
Tashkil qilib turuvchi bo‘laklar
|
Silliqlangan
|
Silliqlanmagan
|
Silliqlangan
|
Silliqlanmagan
|
I. Yirik donali strukturada
100 mm dan katta
100 mm dan 10 mm
10 mm dan 1 mm
|
Silliq xarsang tosh
Silliq chag‘al Mayda silliq shag‘al
|
Chaqiq qirrali xar-sang tosh
Qirrali chaqiq tosh Mayda qirrali chaqiq tosh
|
Konglomerat
|
Brekchiya
|
II.O’rta donali strukturada
1 mm dan 0,5 mm
0,5 mm dan 0,25 mm
0,25 mm dan 0,1 mm
|
Katta donali qum
O‘rta donali qum
Mayda donali qum
|
|
Katta donali qumtosh O‘rta donali qumtosh Mayda donali qumtosh
|
III. Mayda donali strukturada0,1 mm dan 0,05 mm
0,05 mm dan 0,005 mm
0,005 mm dan kichik
|
Alevritlar
Lyosslar
Gillar
|
|
Alevrolitlar
Tosh qotgan lyossimon jinsi Argillit
|
Vazifa: Cho'kindi tog' jinslari bilan tanishib chiqish va ularni quyidagi tartibda yozib chiqish:jins nomi, strukturali va teksturali husysiyatlari, qo'llanilishi.
7.2- jadval
№
|
Tog' jinsining nomlanishi va rangi
|
Strukturasi va
teksturasi hususiyatlari
|
Genetik tur-lanishga ko'ra nomlanishi
|
Qo'llanilishi
|
1.
|
Och kulrang shag’al
|
Katta sinishli silliqlanmagan, qirrali jins bo'laklari
|
Sinuvchan(meha nik umatiluvchi)
|
Qurilishda temiur yo'llar yotqizishda vaboshqalar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |