O`z mu qoshidagi s
Download 24.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqYorug`likning qaytish va sinish qonunlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- diffuz
- Yorug`likning sinish qonuni.
MAVZU: YORUG`LIKNING QAYTISH VA SINISH QONUNLARI Reja: Yorug`likning qaytish qonuni. Yorug`likning sinish qonuni. Sinish burchagi. Yorug`likning qaytish qonuni. Siz kirish suhbatida yorug`lik haqidagi tasavvurlarning rivojlanish tarixi bilan qisqacha tanishdingiz. Yorug`likni inson ko`zi bilan bevosita ko`radimi? Yo`q, biz faqat yorug`lik manbaini hamda yorug`likni qaytargan jismlarnigina ko`ra olamiz. Turli jismlar esa yorug`likni turlicha qaytaradi. Buni ba’zi jismlar yaltirab ko`rinishidan, ba’zilarining xira ko`rinishidan bilishimiz mumkin. Yassi ko`zgular o`ziga tushgan yorug`likni 90% gacha qaytara oladi. Bunday ko`zgularning yuzasidagi g`adir-budirliklar tushgan yorug`lik to`lqin uznligidan kichik bo`lsa, yuzadan qaytgan yorug`lik tushish qonuniga bo`ysinib paralell qaytadi. Agar g`adir-budirliklar o`lchami yorug`lik to`lqin uzunligidan katta bo`lsa, tushgan yorug`lik har tomonga sochilib tarqaladi. Unga diffuz (tarqoq) qaytish deyiladi. Tarqoq qaytish tufayli o`zidan yorug`lik chiqarmaydigan jismlarni ko`ra olamiz. Tarqoq qaytgan nur ko`zni charchatmaydi. Shu sababli, xonalarni yoritishda tarqoq yorug`lik hosil qilish uchun kunduzgi yoritish lampalari va cho`g`lanma yoritish lampalari ustiga silliqlanmagan shishali qapqoq yopiladi. Ko`zgusimon va tarqoq qaytishni yorug`likning qaytish qonuni orqali tushuntirish mumkin. Bunda nur tushish nuqtasiga o`tkazilgan perpendikulyar va tushgan nur orasidagi burchak tushish burchagi (α) va perpendikulyar hamda qaytgan nur orasidagi burchak qaytish burchagi (γ) deyiladi. Optik disk o`rtasifagi yassi ko`zgu qo`yib, unga “nurli ko`rsatkich” (lazer) nurini turli burchak ostida yo`naltirib, yorug`likning qaytish qonunining to`g`ri ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Tajribani ko`zgu o`rniga qalin shisha plasina qo`yib davom ettiraylik. Bunda yorug`likning qaytishi bilan birgalikda, bir qismi shisha plastina ichiga o`tganligini ko`rish mumkin. Yorug`likning sinish qonuni. Yorug`ilikning ikki muhit chegarasidan o`tish davrida o`z yo`nalishini o`zgartirishga yorug`likning sinishi deyiladi. Bu hodisani kundalik turmushda ko`p uchratgansiz. Yorug`likning sinishi bir muhitdan ikkinchisiga o`tganda tezligining o`zgarishi bilan tushuntiriladi. Bunday sababni birinchi marta XVII asr o`rtalarida Menyan ko`rsatgan. Yorug`likning old qismidan AB qismini qaraylik. Yorug`lik dastasining A nuqtasi ikki muhit chegarasiga yetib kelganda, B nuqtasi hali yetib bormagan bo`ladi. Ikkinchi muhitga o`tganda A nuatadagi yorug`lik tezligi kamayadi, B nuqtadagi yorug`lik avvalgi katta tezlik bilan harakatini davom ettiradi. Natijada, mashinaning oldingi ikki g`ildiragidan biri tez, ikkinchisi sekin harakat qilganida burilganidek, yurug`lik ham buriladi. Ikki muhit chegarasiga tushgan, qaytgan va singan nurlar chizmasini qaraylik. Nur tushish nuqtasiga o`tkazilgan perpendikulyar va singan nur orasidagi burchak sinish burchagi (β) deyiladi. Tushish burchagi ortishi bilan, sinish burchagi ham ortadi, lekin nisbatan o`zgarmaydi. Muhitning vakuumga nisbatan nur sindirish ko`rsatkichini absolut nur sindirish ko`rsatkichi deyiladi. U holda muhitlarning absolut nur sindirish ko`rsatkichlari n 21 quyidagicha bog`langan bol`adi:
Nur sindirish ko`rsatkichini muhitlardagi yorug`lik tezliklari υ1 va υ2 orqali ham ifodalash mumkin.
Nur sindirish ko`rsatkichi yorug`likning rangiga bog`liq. Uning kattaligi qizil nurga nisbatan yashil rangda kattaroq. Havoning absolut nur sindirish ko`rsatkichi, vakuumnikidan kam farq qiladi. Masalan, sariq nur uchun n havo=1,000292 n vakuum. Quyidagi jadvalda ba’zi bir muhitlarga yorug`likning tarqalish tezligi hamda havoga nisbatan nur sindirish ko`rsatkichi keltirilgan:
Download 24.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling