Laboratoriya ishi №5 Mavzu: Refraktometr yordamida suyuqlikni sindirish ko’rsatkichini aniqlash
Download 274.23 Kb. Pdf ko'rish
|
5-LABORATORIYA ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
I-muxit α II-muxit β LABORATORIYA ISHI №5 Mavzu: Refraktometr yordamida suyuqlikni sindirish ko’rsatkichini aniqlash. Kerakli asboblar va jixozlar: 1. Refraktometr. 2. Pipetka. 3. Har xil konsentrasiyali eritmalar. Ishning maqsadi: Refraktometr bilan ishlashni o`rganish. Refraktometr yordamida eritmalar sindirish ko`rsatkichini konsentrasiyaga bog`liqligini kuzatish. Bu ishning tibbiyotdagi ahamiyati qon zardobidagi oqsil moddasini, qand eritmalarini, siydik tarkibidagi ayrim moddalarni aniqlashni o`rganish. Yorug`lik oqimi (nurli) yo`nalishining bir muxitdan ikkinchi muxitga o`tishida o`zgarishi yorug`likning sinishi yoki refraksiyasi deyiladi. Yorug`lik sinishining asosiy qonuni quyidagicha ta`riflanadi. Tushuvchi nur, singan nur va ikki muxit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o`tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi. Tushush burchagi sinusning sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muxit uchun o`zgarmas kattalikdir. = n-ga nisbiy sindirish ko`rsatkichi yoki ikkinchi muxitning birinchi muxitga nisbatan sindirish ko`rsatkichi deyiladi. Sindirish ko`rsatkichi n yorug`likning sinishi sodir bo`layotgan birinchi va ikkinchi muxitlardagi tezliklari va ning nisbatiga teng. = shu sababli sinish qonunini quyidagi ko`rinishda ham yozish mumkin. ∝ = = Agar sinish burchagi β tushish burchagi α dan kichik bo`lsa, yuqoridagi formulaga asosan yorug`ikning ikkinchi muxitdagi tezligi birinchi muxitdagi tezligi dan kichik bo`ladi, ya`ni < . Muxitning vakuumga nisbatan sindirish ko`rsatkichi shu muxitning absolyut sindirish ko`rsatkichi shu muxitning absolyut sindirish ko`rsatkichi deyiladi. = Bu yerda c- yorug`likning vakuumdagi tezligi, -esa muxitdagi yorug`lik tezligi. Absolyut sindirish ko`rsatkichi kichik bo`lgan muxitni optic jixatdan zichligi kichik muxit deb ataladi. Eritmalarning sindirish ko`rsatkichi kichik bo`lgan muxitni optik jixatdan zichligi kichik muxit deb ataladi. Eritmalarning sindirish ko`rsatkichini aniqlash usuli tibbiyotda diagnostikada katta ahamiyatga ega. Eritmalarning sindirish ko`rsatkichi eritilgan moddaning konsentrasiyasiga bog`liq bo`lgani uchun eritmalarning konsentrasiyasini, masalan, qon zardobidagi oqsil moddasini, qand eritmalari tuzlarni va hokozolarning konsentrasiyasini aniqlash mumkin. Sindirish ko`rsatkichiga qarab suvning tozaligi aniqlanadi. Moddaning sindirish ko`rsatkichini aniqlashda refraktometrlar ishlatiladi. Masalan, qon zardobidagi oqsilning miqdorini refraktometr yordamida quyidagicha aniqlanadi. O`lchashlar shuni ko`rsatadiki qon zardobidagi tuzlarning sidirish ko`rsatkichi n=1,333 bo`lgan suvning sindirish ko`rsatkichini 0,003 miqdorga oshiradi. Qon zardobidagi sindirish ko`rsatkichining keying o`zgarishi esa undagi oqsilning miqdoriga qarab oshadi. Bunda qon zardobi tarkibidagi oqsil miqdorining bir foizga oshishi, sindirish ko`rsatkichini 0,0019 qiymatga o`zgartiradi. Shuning uchun qon zardobining sindirish ko`rsatkichi o`lchab olinib, undagi oqsil miqdorini hisoblash mumkin. Buni quyidagi formula orqali aniqlash mumkin. = − ( − ∆ ) 0,0019 -1,333 toza suvning sindirish ko`rsatkichi. ∆ =0,003 qon zardobi tarkibidagi tuzlarning sindirish ko`rsatkichi. n-esa qon zardobi tarkibidagi oqsil bo`lgan suyuqlikning sindirish ko`rsatkichi bo`lib, tajribada aniqlanadi. Download 274.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling