7-amaliy ish mavzu: Axborot aktivlarini hoyotiy davrini boshqarish Ishdan maqsad


Download 65.63 Kb.
bet4/12
Sana09.11.2023
Hajmi65.63 Kb.
#1759483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7 amaliy ish mavzu Axborot aktivlarini hoyotiy davrini boshqari

Ekspertli usul strukturasi. Bu usulda MUTda norasmiy, pragmatik xavfni tahlil qilish amalga oshiriladi va bu ko‘p resurslarda qo‘llanilmaydi. Bu usul yetarlicha kamchiliklarga (potensial sub’ektivlik, rasmiy maxsus qurilmalarning yo‘qligi, kuzatishdagi qiyinchiliklar va boshq. ) egaligi tufayli strukturali va tartibli amalga oshirilmaydi. Shuning uchun aksariyat hollarda xavfni tahlil qilish uchun ushbu usuldan foydalanish samara bermaydi.
Jadvalli strukturaviy usuli. Hozirgi kunda MUTda xavfni strukturaviy tahlil qilishning jadvalli usulidan foydalaniladi. Bu usulda korxonaning fizik resurslarini baholashni sonli ko‘rsatkichlarini aniqlash nuqtai nazaridan ishga qobiliyatli resurslar qayta tiklanadi yoki almashtiriladi. Resurslarni baholashda mavjud dasturiy vositalar yordamida ularni qayta tiklash yoki almashtirishga ketadigan sarf-xarajatlar aniqlanadi. Umumiy holda ko‘riladigan bo‘lsa, qabul qilingan dasturiy ta’minot resurslarni maxfiyligiga yoki butunligiga quyiladigan maxsus talablarga ega bo‘ladi. Masalan: dasturiy ta’minot yuqori qiymatga ega bo‘lishi kerak, axborot resurslarini qiymatini ifoda etishda bu resurslarni baholash o‘tkazilishi kerak. Jadvalli usulda salbiy ta’sirlarni keltirib chiqaradigan omillar va ko‘rsatilgan zaif joylarda tahdidlarni ro‘y berish ehtimolligi tasvirlanadi. Quyida jadvalli usulda xavfni tahlil qilish namunasi keltirilgan.

Ushbu jarayon tahdidlarni salbiy ta’sirlar hamda ularni ro‘y berish ehtimolligi bo‘yicha tartiblashga va taqqoslashga imkon beradi.


Detalli usul strukturasi (mufassal, to‘laroq usul). Ushbu usul aniq tashkil qilingan barcha tizimlar uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni tartibli tahlil qilish, xavfsizlikni buzish xavflarini baholash va himoya vositalarini tanlash asosida aniqlanadi. Detalli tahlil qilishda mavjud xavflar quyidagi qarashlar asosida tekshiriladi.
— AXni ta’minlash vositalarini to‘g‘ri ishlashini baholash;
— AXni ta’minlash vositalaridan foydalanishni unumdorligi va yashovchanligini tavsiflash;
— MUTga uyushtirilayotgan tahdidlardan himoyalanishni baholash.

• birinchi navbatda xavfni darajasi bo‘yicha tizimlarni sinflarga ajratish asosida mavjud xavf qiymatlarini aniqlash;


• tizim uchun xavfni darajasi eng yuqori bo‘lsa detalli usul qo‘llanilishi;
• qolgan barcha tizimlarda asosiy usulni qabul qilish.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, MUTda AXni ta’minlashda xavfni tahlil qilish strukturasi usullarini to‘gri tanlash asosiy o‘rin tutadi, ya’ni resurs qiymatiga qarab xavfni tahlil qilish usuli tanlanadi.

Download 65.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling