Multiservis tarmoqlarning ishonchliligi va yashovchanligini
Download 473.81 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
MULTISERVIS TARMOQLARNING ISHONCHLILIGI VA YASHOVCHANLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY ASOSLARI Matsapayev Jamshidbek Sodiqjon o‘g‘li, Sayidova Gulnora Baxrambek qizi Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali magistrantlari jamshidbek.matsapaev@ubtuit.uz , sayidovagulnora@ubtuit.uz Annotatsiya: Multiservis aloqa tarmoqlarini qurishning umumiy yondashuvlari keying avlod tarmoqlari – NGN texnologiyasi aks ettirilgan. Shuning uchun, NGN ga o‘tish davrida aloqa tarmoqlarining ishonchliligi va yashovchanligi konsepsiyasini ko‘rib chiqamiz. Multiservis tarmoqlari ko‘p yillar davomida tarmoq barqarorligi uning uchta xususiyatlari jamlanmasi: ishonchlilik, yashovchanlik va xalaqitbardoshlik parametrlari sifatida tushunilgan. Aloqa operatorlarini xizmat ko‘rsatish sifati (Quality of Service, QoS) haqida o‘ylash ko‘proq tashvishga solmoqda. Kalit so‘zlar: multiservis tarmoq, ishonchlilik, yashovchanlik, QoS, NGN. Multiservisli aloqa tizimlari (MSS) kabi murakkab aloqa tizimlari (tarmoqlari) ishlashining ishonchliligi bevosita ularning axborot yukiga, ya‘ni tizimga kiruvchi ilovalar 1.1.-rasm.Mutiservis tarmoq arxitekturasi.[1] oqimi parametrlariga bog‗liq. Biror ob‘ektning (tizim, inshoot, jihoz, apparat, asbob ularning qismlari yoki alohida detali) ishonchliligi deb ishlatishning ma‘lum sharoitida real masalalarni (vazifalar) bajarish qobiliyatidan iborat bo‗lgan xususiyatiga aytiladi. Me‘yoriy texnik xujjatlarda o‗rnatilgan asosiy parametrlar qiymatini saqlab, berilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‗lgan ob‘ekt holati, uning ishonchliligi deyiladi. Tarmoqning yashovchanligi deyilganda bog‗lanishlar soni juda ko‗p bo‗lganda tarmoqning o‗z hususiyatlarini saqlab qolishi va bunda barcha yoki ko‗pchilik, hech bo‗lmasa sifati pasaygan punktlar o‗rtasida bog‗lanishi ta‘minlanishi tushuniladi.[2] Yashovchanlik deganda mavjud tarmoq texnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‗rsatish va ekstrimal sharoitlarda xizmat sifatini barqaror ushlab turish tushuniladi. Download 473.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling