Multiservis tarmoqlarning ishonchliligi va yashovchanligini
Multiservisli tarmoqlar ishonchliligini oshirish
Download 473.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Multiservisli tarmoqlar ishonchliligini oshirish:
Berilgan punktlar orasida aloqa ishonchliligini oshirishga quyidagi choralar qabul qilish orqali erishiladi: - apparatura yoki yuqori ishonchli liniyalar (masalan, havo liniyalaridan kabelliga o‗tish) tanlash, bu tarmoqning ayrim tugunlarini (uchastkalar) ishonchlililigini oshirishga imkon beradi; - tarmoqning ayrim uchastkalarida kanallar, traktlar va liniyalar bo‗yicha rezervni qo‗llash, bu qovurg‗alar mustaxkamligini oshirishga olib keladi; - rezerv aylanma yo‗llarni (issiq rezervi rejimida) qo‗llash, bu aloqada ishlatilishi mumkin bo‗lgan mustaqil yo‗llar sonini ko‗payishiga olib keladi; - mavjud yo‗llar orasida ―ulagich‖ deb nomlangan ko‗ndalang ulanishni tashkil qilish, bu qaram yo‗llar sonini ko‗payishiga olib keladi; - nazorat qilish va tiklash xizmatlarini tashkil qilish, shu jumladan qisman hajmda aloqani vaqtincha tiklash imkonini beruvchi, shikastlangan uchastkalarni aylanib o‗tish, krossirovkani almashtirish (marshrutni o‗zgartirish) va boshqa choralarni tashkil qilish uchun xarakatchan yoki sun‘iy yo‗ldlosh aloqasini ishlatish, bu tiklash vaqtini kamaytiradi, binobarin qovurg‗alar ishonchliligi ko‗payadi; - kanallar va traktlarni amaliy qayta ulash, xabarlar oqimini qayta taqsimlash va chegaralashni ta‘minlovchi xar xil darajalarning muvofiq tizimlarini tashkil qilish; [3] NGN (keyingi avlod tarmoqlari) ko‗p servisli aloqa tarmoqlari bo‗lib, ularning yadrosi ovozli, ma‘lumotlar va multimedia xizmatlarining to‗liq yoki qisman integratsiyasini qo‗llab- quvvatlaydigan asosiy IP-tarmoqlardir. [4] 1.2-rasm.NGN tarmoq tuzilishi. [5] NGNlarning ishonchliligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan yana bir muhim omil – chaqiriqlarni xizmat ko‗rsatish jarayonlarini boshqarishni markazlashtirilishidir. Strukturaning xal qiluvchi asosiy elementi shlyuzlar kontrolleri yoki chaqiriqlar serveri bo‗ladi. Bunda, shunday bitta kontroller yoki server bir nechta shlyuzlarni boshqaradi, shuning uchun uning raddiyasi katta hududdagi tarmoqni ishlashini to‗xtashiga olib kelishi mumkin. O‗xshash vaziyat nafaqat tarmoq ishonchliligiga, shuningdek tarmoq yashovchanligia ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ushbu holat va u bilan bog‗liq xatarlar aloqa operatorlari tomonidan e‘tiborga olinmoqda. Download 473.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling