7-Amaliy ish Milliy va jahon telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish tamoyillarini o‘rganish


Download 47.5 Kb.
bet5/8
Sana30.01.2024
Hajmi47.5 Kb.
#1809009
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Amaliy ish Milliy va jahon telekommunikatsiya tarmoqlarini qur-hozir.org

raqamli integral aloqa tarmog‘i
Telefon tarmoqlarida integratsiyalash tendensiyasi rivojlanayapti. integratsiyalash bu turli aloqa-telefon, telegraf, ma’lumotlarni uzatish, kompyuter va x.k.Tarmoqlarni yagona tarmoqqa birlashtirishdir. Bunday tarmoq orqali abonentlar telefon yoki telegraf qurilmalaridan o‘laroq yagona ko‘p funksional qurilma yordamida turli xizmat- telefon, teletekst, telefaks, harakatsiz va harakatdagi tasvirlarni (video signalalrni) uzatish, kompyuter tarmoqlariga ulanish va boshqa xizmat turlaridan foydalanishlari mumkin. Bunday xizmat turlari yuqori sifat ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Masalan, telefon xizmati o‘zining yuqori aloqa sifati ko‘rsatkichlari (stereo aloqa) tovush to‘lqinlarini uzatish kegligi 7 KGS (oddiy tarmoqda 3.1 KGS) va qo‘shimcha xizmat turlarining ko‘pligi bilan farqlanadi.
Abonentlarga turli xizmatlarni yagona raqamli aloqa tarmog‘i orqali ko‘rsatuvchi tarmoq raqamli integral aloqa xizmat ko‘rsatish tarmog‘i ISDN
( Integrated ervices Digital Network) deb ataladi.
ISDN tarmog‘ining asosiy afzalliklaridan biri bu bir necha xizmat turlaridan foydalanish xizmat turlari uchun umumiy bo‘lgan yagona abonent qurilmasidan amalga oshirilishidir. Bu esa abonent qurilmalari sonini kamaytiradi va abonentlar katta qulaylik yaratadi. Aloqa o‘rnatish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar so‘zlashuv kanallari orqali emas, balki maxsus kanal orqali o‘zatilganligi uchun aloqa o‘rnatilishi vaqti juda tez amalga oshiriladi va so‘zlashuv yoki ishlab turgan kanallarga ta’sir qilmaydi. ISDN tarmog‘ini yaratish uchun asosan ikki masalani yechish talab qiladi. Birinchi muammo turli turdagi shinalarni, ya’ni uzluksiz va diskret, hamda turli radio chastota diapazoniga ega bo‘lgan siganllarni yagona ko‘rinishga olib kelish. Ikkinchi muammo turli tezlikka ega bo‘lgan signalalrni kommutatsiya qilish . birinchi muammo Kotelnikov teoremasiga asosan turli signallarni yagona raqamli signallar ko‘rinishiga keltirish yo‘li bilan yechilgan. Ikkinchi muammoni yechish uchun turli tezlikka ega bo‘lgan signallarni yagona kommutator yordamida ulash talab qilinadi. Hozirgi vaqtda gibrid turidagi kommutatorlar mavjud. Bunday kommutatorlar so‘zlashuv signallarini kanallarni kommutatsiya qilish rejimida, boshqa siganallarni paketlarni kommutatsiya qilish rejimida ulaydi.
ISDN tarmog‘ida abonentlarni tarmoq bilan ulash katta ahamiyatga ega. Shuning uchun juda keng tezliklar gradatsiyasiga ega bo‘lgan minimal sonli ulanish usullari ishlab chiqilgan. Standartlashtirilgan kanallar turi:
  1. v– kanal, raqamli oqim tezligi 64 kbit/s;


  2. N0– kanal, raqamli oqim tezligi 384 kbit/s;


  3. N11– kanal, raqamli oqim tezligi 1536 kbit/s;


  4. N12– kanal, V= 1920 kbit/s;


  5. D– kanal, V= 16 yoki 64 kbit/s.


V,N0,N11,N12 kanallar asosiyo ma’lumotlarni (so‘zlashuv, video, ma’lumot) uzatish uchun , D – kanal esa signalizatsiya uchun ishlatiladi.


ISDN tarmog‘iga abonentlarni ulash uchun asosan ikki usul qo‘llaniladi: asosiy va birlamchi. Asosiy usulda abonentlar tezligi 64 kbit/s (V – kanal) bo‘lgan ikkita va tezligi 16 kbit/s (D-kanal) bo‘lgan bitta kanal ya’ni 2V + D = 144 kbit/s orqali ISDN tarmog‘iga ulanadi . Birlamchi usulda abonentlarga taqdim etilayotgan ishlatilayotgan ma’lumot kanal turiga qarab bo‘lishi mumkin. Masalan, V-kanal qo‘llanilganda abonentlarga tezligi 64 kbit/s, (v-kanal) bo‘lgan o‘ttizta va tezligi 64 kbit/s (D-kanal) bo‘lgan bitta kanal, ya’ni (30V + DJ orqali ISDN tarmog‘iga ulanadi. Birlamchi usulda tezlik 1984 kbit/s ni tashkil qiladi. Boshqa turdagi kanallar qo‘llanilgandagi tezlik 10.2-jadvalda keltirilgan.
7.2-jadval

T/r

Kanal turi

Tarmoqqa ulanish usuli


asosiy

birlamchi

1.

Raqamli kanalning haqiqiy tezligi


144 kbit/s


1984 kbit/s


1536kbit/s


2.

V kanalli tarmoq

2V+D16

30V+D64
30B

23V+D64
24B


3.

No kanalli tarmoq

-

5No+D64
5Ho

3Ho+D64
4Ho


4.

N1 kanalli tarmoq



N12+D64


N12

-
N11


5.

Umumiy kanalli tarmoq

-

nB+mHo+D64
nB+mHo

nB+mHo+D64


nB+mHo



Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling