7-Amaliy ish. Tarmoq xavfsizligi monitoring vositalari
«Kasperskiy Laboratoriyasi» haqida Kompaniyaning bugungi kuni
Download 140.33 Kb.
|
7-Amaliy ish. Tarmoq xavfsizligi monitoring vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajoyib tajriba
- Kasperskiy Antivirusi
«Kasperskiy Laboratoriyasi» haqida
Kompaniyaning bugungi kuni «Kasperskiy Laboratoriyasi» — Rossiyada eng mashhur zararli dasturlar, spamlar va xakerlar hujumlaridan himoyalanish tizimlari ishlab chiqaruvchisi va Yevropada katta antivirus kompaniyasi. Dunyoning Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun dasturli yechimlar ishlab chiqaruvchilari to‘rtligidan ishonchli o‘rin olgan. «Kasperskiy Laboratoriyasi» — bu Moskvdagi markaziy ofisi va beshta mintaqaviy qarorgohlari bilan kompaniyalar xalqaro guruhi, G‘arbiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika; Shimoliy va Janubiy Amerika; Osiy-Tinch okeani mintaqalari davlatlarida, Yaponiyada mahalliy vakolatxonalari va kompaniyaning hamkorlari faoliyatlarini boshqarishni amalga oshiradi. Hamkorlik tarmog‘i dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarini qamrab oladi. Butun dunyo bo‘ylab 250 mln. dan ortiq foydalanuvchilar kompaniyaning mahsulotlaridan foydalanadilar. Ajoyib tajriba «Kasperskiy Laboratoriyasi» tashkil etilganiga 12 yil bo‘ldi. Shu yillar davomida kompaniya xodimlari soni bir guruh tashabbuskorlardan deyarli 1 800 yuqori malakali mutaxassislargacha o‘sdi. Viruslar va boshqa kompyuter xavflari bilan uzluksiz kurashlarda nodir bilimlari va tajribalari yordam beradigan insonlar, —kompaniyaning asosiy qadriyati hisoblanadi. Virusli faollikni doimiy tahlil qilib borib, mutaxassislar zararli dasturlar rivojlanishi tendentsiyalarini oldindan bilishga o‘rganib oldilar. Shular hisobiga hujumlar yangi turlaridan foydalanuvchilarni bir necha bor oldindan ishonchli himoya qilishga erishildi. Ushbu ustunlik — doim raqobatchilardan bir qadam ilgari bo‘lgan «Kasperskiy Laboratoriyasi» mahsulotlari va xizmatlari asosi va buyurmachilarimizga eng yaxshi himoyani taqdim etamiz. Kasperskiy Antivirusi Ko‘p yillar davomida tirishqoqlik bilan mehnat qilish «Kasperskiy Laboratoriyasiga» viruslardan himoyalanish vositalari ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lishga imkon berdi. Antivirusli mahsulotlari obro‘li xalqaro tadqiqotchilik markazlari va kompyuter nashrlari test sinovlarida muntazam ravishda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. «Kasperskiy Laboratoriyasi» antivirusli dasturli modullari virusli hujumlari barcha ob’ektlari ishonchli himoyasini ta’minlaydi: ishchi stansiyalar, noutbuklar, faylli va veb-serverlar, pochta shlyuzlari, tarmoqlararo ekranlar, cho‘ntak kompyuterlari va smartfonlar. Qulay boshqaruv vositalari kompyuterlar va korporativ tarmoqlarning antivirusli himoyalashni maksimal avtomatlashtirish imkonini beradi. Kaspersky Internet Security 2010 – ShK ni barcha tarmoq xavflaridan ishonchli himoyalashni ta’minlovchi «Kasperskiy Laboratorisi» yangi mahsuloti. Ushbu yechim shu kungacha dasturlarga noma’lum bo‘lgan, yangi xavflarga reyting berish haqida qaror qabul qiladigan HIPS ilovalari faolliklarini nazorat qilivchi ilg‘or texnologiyalar ustunliklarini o‘zida jamlaydi; virtuallashtirish tamoyilidan foydalanuvchi va ilovalarni bajarish himoyalangan, ajratilgan muhitidan foydalanuvchi antivirus mahsulotlari uchun ajoyib Sandbox texnologiyasi; Kaspersky Security Network innovatsion ajratilgan tizimni. Kasperskiy® 2010 Antivirusi – samaradorligi butun dunyoda millionlab foydalanuvchilar tomonidan tekshirilgan, tayanch antivirus texnologiyalari bilan ta’minlangan, foydalanuvchilar uchun mahsulot. Kaspersky Mobile Security 8.0 – tarmoq hujumlaridan, mobil platformalar uchun zararli DT va SMS-spamlardan mobil qurilmalarni himoyalash hamda yo‘qotish holatlarida smartfonda bo‘lgan malumotlarni himoya qilish uchun qulay va ishonchli umumiy yechim. Zamonaviy antiviruslarni tasavvur qilish qiyin bo‘lgan ko‘plab texnologiyalar birinchi bor aynan «Kasperskiy Laboratoriyasida» ishlab chiqilgan. Kasperskiy Antivirusi dasturi asosidan ko‘plab boshqa loyihachilar o‘z mahsulotlarida foydalanishlari tasodifiy emas: Microsoft (AQSh), Juniper (AQSh), Aladdin (Izrail), Alcatel-Lucent (Frantsiya), BlueCoat (AQSh), Deerfield (AQSh), Alt-N (AQSh), BorderWare (Kanada), Checkpoint (AQSh) va boshqalar. Download 140.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling