7-Amaliy ish. Tarmoq xavfsizligi monitoring vositalari


Eng yaxshi antivirus – yangilangan antivirus!


Download 140.33 Kb.
bet15/18
Sana31.01.2024
Hajmi140.33 Kb.
#1830006
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
7-Amaliy ish. Tarmoq xavfsizligi monitoring vositalari

Eng yaxshi antivirus – yangilangan antivirus!
Haqiqatan bir yil oldingi viruslar bazasi bilan qolib ketgan «Kasperskiy»dan yaqinda yangilangan boshqa har qanday antivirus dasturi ma’qulroq. Viruslar havas qilsa arzigulik sur’atlarda yangilanib, o‘zgarib bormoqda. Ular aniqlanganda antivirus ishlab chiquvchilar dastur bazalarini yangilab turishadi. Agar siz vaqti-vaqti bilan kompyuteringizdagi antivirusning bazasini ana shu yangiliklarga to‘ldirib turmasangiz, u so‘nggi viruslarni «ko‘rmay» qoladi va samarasi kamayib ketadi. Demak, antivirusga qo‘yiladigan birinchi talab – uning viruslar bazasi eng so‘nggi talqinda bo‘lishi kerak.
Sozlamalar soddaligi
Bir tomondan qaraganda, barcha antivirus dasturlari ishlab chiquvchilar tomonidan optimal himoya uchun sozlangan. Ularni qayta sozlashga ehtiyoj yo‘qdek. Amalda esa barcha hollarda ham bunday bo‘lavermaydi. Ba’zida antivirus himoya o‘lchamlarini, xabar berish darajalarini o‘zingizga moslashtirishga to‘g‘ri keladi. Mana shunda dasturni sozlashning sodda va tushunarli bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
Yuzaki faollik
Himoya dasturlarida eng ko‘p sozlanadigani – bu xabardor qilish darajasi bo‘lsa kerak. Chunki ba’zi antiviruslar bo‘lar-bo‘lmasga xabar darchasini chiqaraverib, odamning asabiga tegadi. Masalan, baza yangilandi, degan xabarni olaylik. Yangilanib olibsanmi, baraka top. Shuni aytish uchun odamni ishdan chalg‘itish shartmi?
Chalg‘itsa ham mayli-ya, kompyuterning pastki o‘ng burchagidagi antivirus belgisi ustida xabar paydo bo‘lishi bilan odamning yuragi orqaga tortadi – virus tushibdimi, deb. Aslida esa, antiviruslar bevosita asosiy vazifasidan tashqari, qo‘shimcha funksiyalarni ham zimmasiga yuklab oladi-da, umuman zarur bo‘lmagan xabarlarni berib turishaveradi. Masalan, ESET nafaqat viruslar bazasini, balki operatsion tizimni ham yangilashni kuzatib borarkan. Tizimning so‘nggi yangilanishlari o‘rnatilmagan bo‘lsa, xuddi himoya darajasi susayganda bo‘ladigandek, ESET belgisi sarg‘ayib qolarkan. Bunday «aqllilik» kimga kerak?


Download 140.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling