I bob. Tarmoq xavsizligi tushunchasi va unng mohiyati kompyuter tarmoqlari
Download 1.06 Mb.
|
diplom 25
MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………………….. I Bob. TARMOQ XAVSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNNG MOHIYATI Kompyuter tarmoqlari ………………………….... ....………… Kompyuter tarmoqlariga yo‘naltirilgan hujumlari va ularning sinflanishi. ………………………………………………………………… Tarmoq xavsizligi maqsadlari va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha choralar. ……………………………………………………………… II Bob. Tarmoqqa bo’ladigan hujumlarnig statistik modellari orqali aniqlash dasturini ishlab chiqish. ………………………………………. 2.1. Tarmoqqa bo’ladigan hujumlarning modellar 2.2. Chuqur o'rganish texnikasiga asoslangan tarmoq hujumlarini aniqlash. …………………………………………………………………. 2.3. Kirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF 60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2022 – 2026 - yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” bo’yicha ustuvor vazifalarni bajarish belgilangan[1]: - axborot sohasini tartibga soluvchi yagona tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: a) Zamon talablari asosida axborot sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish; b) axborot sohasini tartibga solishga qaratilgan mavjud qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi shaklida unifikatsiya qilish; - Fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirish: a) turli yosh toifasi uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda onlayn dasturlarni ommalashtirish; b) xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining tegishli darsliklariga media savodxonlik bo‘yicha mavzularni joriy qilish; - axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish, bunda: a) kiberxavfsizlikning Yagona tarmog‘ining texnik infratuzilmasini kengaytirish; b) “Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki” faoliyatini yanada jadallashtirish; c) IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari negizida yoshlarni kiberxavfsizlik asoslari bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash, hamda har yili talaba va o‘quvchilar orasida kiberhujumlar aniqlash bo‘yicha respublika miqyosida konkurslar o‘tkazish nazarda tutiladi. d) Shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni Internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqi buzilishining oldini olish. e) Kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish. Tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijalarga ega bo‘linadi. Aloqa va axborot tarqatilishini takomillashtirish davomida ba'zi kamchiliklar ham yuz berib turadi. Masalan maqsadli kredit karta ma'lumotlarini buzish o'zlarining tarmoqlari va saqlangan nozik ma'lumotlarning ishonchli va xavfsiz bo'lishini ta'minlash uchun ko'proq ish egalari va kompaniyalarga ega. Biroq, ko'pchilik ish beruvchilarning parol xavfsizlik qoidalariga rioya qilish uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni qilsa ham, ko'pchilik bu parol protokollarining ishonchliligiga ishonish qiyin. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling