7-amaliy ish Yo‘l qurilish narxini aniqlash va boshqarishda qiymat injiniring tizimini baholash


Download 17.98 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi17.98 Kb.
#1118497
Bog'liq
7-amaliy ish (1)


7-amaliy ish
Yo‘l qurilish narxini aniqlash va boshqarishda qiymat injiniring tizimini baholash
Yo‘l qurilish narxini aniqlash ShNQ 4.01.16–04 me’yoriy xujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Kurilish narxini belgilanishi uchun asos bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
- quvvat birligi uchun sarflangan solishtirma xarajatlar, shunga o‘xshash ob’ektlar narxi, loyixa (ishchi loyixa) va ishchi xujjatlar, shu jumladan chizmalar, qurilish va montaj ishlari xajmining ro‘yxati, resurslar smetasi, uskunalar spesifikatsiyasi va ro‘yxati, qurilishning tashkillashtirilishi va ketma-ketligi bo‘yicha qurilish tashkilotida qabul qilingan asosiy qarorlar va shuningdek, loyixa materiallari bo‘yicha tushuntirish xatlari; Shaxarsozlik normalari va qoidalarining 4-qismi asosida ishlab chiqaziladigan “Smeta normalari va qoidalari” xamda asbob-uskunalar, mebel va inventarlarni sotish, limitlangan va bir martalik narxlashni amaldagi smeta normalari (normalar).
Resurs smeta xujjatlari ob’ekt narxini, muayyan ketma-ketlikda, ish turlari (xarajatlari) - ishlarning bosqichi - ob’ekt - topshiriladigan kompleks - qurilish navbati - umuman qurilishdan iborat bo‘lgan qurilishning kichik elementlaridan yirikroq elementlariga bosqichma-bosqich o‘tgan xolda aniqlash imkoniyatini beradi.
Resurs smeta xujjatlarini tuzishga muvofiq aloxida qurilayotgan bino (ishlab chiqarish korpusi yoki sex, ombor, vokzal, sabzavot saqlanadigan ombor, turar joy binosi, klub va shu kabilar) yoki inshoot (ko‘prik, tonnel, platforma, to‘g‘on va shu kabilar) va unga tegishli barcha qurilmalar (galareya, estakada va shu kabilar), uskunalar, mebel, inventar, yordamchi va qo‘shimcha qurilmalar, shuningdek, zarurat bo‘lgan xolatlarda yondosh muxandislik tarmoqlari va umummaydon ishlari (vertikal rejalashtirish, obodonlashtirish, ko‘kalamlashtirish va shu kabilar) qurilish ob'ekti deb qabul qilinadi.
Qurilish baxosi, kapital mablag‘lar kiritish tuzilmasiga muvofiq, quyidagi ishlar va xarajatlar bo‘yicha toifalarga bo‘linadi:

  1. umumqurilish va maxsus qurilish ishlari;

  2. uskunalarni montaj qilish bo‘yicha ishlar (montaj ishlari);

  3. uskuna, mebel va inventarga qilinadigan xarajatlar;

  4. ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar (vaqtinchalik bino va inshootlar, qishki mavsumdagi narxlarning oshishi, vaxta metodi va shu kabilar);

  5. buyurtmachi va pudratchining boshqa xarajatlari.

Ob’yektning boshlang‘ich bahosi joriy narxda «resurs usuli»dan foydalanganda ushbu formula orqali aniqlanadi:

S=(So+Sm+Szp+Sэm+Sp+Pp+Sr)x Kr,


bunda:
SO – uskunalar, mebel va inventarga ketgan xarajat;


SM – qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalariga ketgan xarajat;
SZP – asosiy ish haqi xarajatlari, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini xisobga olgan holda;
SЭM – mashina va mexanizmlarga sarf bo‘lgan xarajatlar;
SP – ishlab chiqarishga mansub boshqa xarajatlar;
PP – pudratchining boshqa xarajatlari;
SR – qurilish va vaqtidagi qurilish ob’yektlarini sug‘urta qilishga sarf bo‘lgan xarajatlar;
KR – navbatdagi yilga qurilishda narx o‘sishining prognozlashtirilgan indeksidan kelib chiqadigan tavakkalchilik koeffitsiyenti.
Dastlabki bosqichda ob’yektlar qurilishining bahosini joriy narxda aniqlash byurtmachi (investor) tomonidan mustakil yoki shartnoma bo‘yicha mustaqil tashkilot orqali bajariladi.
Ushbu usulni qo‘llaganda loyihalashtirishga mo‘ljallangan ob’yekt va o‘xshash – ob’yektni kuyidagi ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi va solishtiriladi:
- qurilish o‘lchovlari;
- konstruktiv fikrlar;
- texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Taxlil va solishtirish xulosalariga binoan ishlar turi bo‘yicha qurilish bahosi tarkibi korrektura etiladi va ob’yektni xisob bahosi joriy narxda aniqlanadi.


Topshiriq. Talabalar yo‘l qurilish narxini aniqlash va boshqarishda qiymat injiniring tizimini baholash haqida tushunchaga ega bo‘lib xulosa yozadilar.
Download 17.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling