M aktabgacha pedagogika kafedrasi


Download 1.19 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1515014
Bog'liq
3-listi


M AKTABGACHA PEDAGOGIKA KAFEDRASI


Kafedra tuzilgan vaqti, buyruq raqami. Andijon davlat universiteti rektorining 2019 yil 3 yanvardagi №01-01-sonli “Universitet tarkibiy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Buyrug‘iga asosan Maktabgacha ta’lim fakulteti tarkibida Maktabgacha pedagogika kafedrasi tashkil etildi.



Artikova Muxayyo Botiralievna
Kafedra mudiri. Pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Tel.raqami: +998 90 217-20-05 
El.pochta: muhayyo_15_08@mail.ru.





Kafedra tarkibi. Kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borib, ulardan 4 nafari fan doktori, 2 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd). Kafedraning 3 nafar a’zosi, p.f.d., dotsentlar: Z.Azimova, M.Artikova, V.Qodirovlar ilmiy darajalar beruvchi Ixtisoslashgan Ilmiy kengashda a’zo sifatida faoliyat olib bormoqdalar.
Maktabgacha pedagogika kafedrasi: 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bakalavr, 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) yo‘nalishida magistratura mutaxassislarini tayyorlamoqda.
Kafedra ilmiy yo‘nalishi. Kafedrada quyidagi istiqbolli ilmiy tadqiqot ishi yo‘nalishida izlanishlar olib borilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan maktabgacha ta’limning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
Asosiy ITI mavzusi: “Maktabgacha ta’limni innovatsion rivojlantirish va istiqbolli yo‘nalishlarini tizimli loyihalashtirish”;
Qo‘shimcha ITI mavzusi: “Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish masalalari”.


Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan Ilmiy seminar faoliyati. Kafedra qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, unga p.f.d. M.Artikova rahbarlik qilib kelmoqda. Seminar ishida: professor-o‘qituvchilar tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi; ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishlarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv masalalari va zamonaviy o‘qitish usullari; ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, o‘quv-uslubiy ishlarga innovatsion yondashuv; BMI va magistrlik dissertatsiyalarining sifatli bajarilishini ta’minlash; to‘garak faoliyatini samarali tashkil etish; ochiq ma’ruzalar tahlili muhokama etib borilmoqda.
Kafedrada grantlar bilan ishlash holati. Kafedrada 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-17-raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusida fundamental tadqiqot loyihasi bajarildi. Hozirda 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan FZ202001064-raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) ning zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kafedrada tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati. Kafedrada “Zamonaviy tarbiyachi” to‘garagi faoliyat olib boradi. To‘garakda maktabgacha ta’limning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan mavzular yuzasidan davra suhbatlari, seminarlar tashkil etilmoqda. SHuningdek, iqtidorli talabalarni davriy matbuotda chiqishlari, ilmiy maqola va tezislar yozishlari, univlersitet Yoshlar bilan ishlash bo‘limi bilan faol hamkorlikni ta’minlash, turli ko‘rgazma va tanlovlarda o‘z g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etish yuzasidan tajribali professor-o‘qituvchilar, ilmiy rahbarlar tomonidan uslubiy tavsiyalar berib borilmoqda.
Kafedra iqtidorli talabalari haqida ma’lumot. Kafedrada har o‘quv yili 1-kursidan iqtidorli talabalar saralab olinib, tajribali professor-o‘qituvchilarga biriktiriladi. Talabalar o‘zlariga biriktirilgan ilmiy rahbar va tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot mavzulari bo‘yicha izlanishlar olib boradilar. SHuningdek, viloyat va respublika miqyosidagi turli tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, kafedra biriktirilgan iqtidorli talabalar orasida “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovi Respublika bosqichida 1-o‘rinni, “Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon” talaba yoshlar festivali Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan, OAV dagi teleko‘rsatuvlarda ishtirok etgan, xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda qatnashgan talabalar ham bor.

Hamkorlik aloqalari. Kafedraning ilmiy va o‘quv sohalarida Respublikamizning etakchi OTMlari: Toshkent davlat pedagogika universiteti, T.N.Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro, Qarshi, Namangan, Farg‘ona davlat universitetlari, Qo‘qon davlat pedagogika instituti; shuningdek Rossiya Federatsiyasining Moskva, Bel’gorod davlat universitetlari, Qozon davlat federal universiteti, Qirg‘iziston respublikasining Osh, Jalolobod davlat universitetlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.











Kafedrada ilmiy maktab yaratgan proffessor-o‘qituvchilar. P.f.d., professor B.X.Xodjaev, p.f.d., dotsentlar: V.A.Qodirov, Z.E.Azimova, M.B.Artikovalar kafedrada o‘ziga xos ilmiy maktab yaratgan olimlardir. Ular respublikamiz ilm-fan taraqqiyoti va ta’lim sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shish bilan bir qatorda ko‘plab yoshlarning imiy-tadqiqot ishlariga rahbar sifatida faoliyat olib bormoqdalar. Olimlar tomonidan ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiyalar, “Web of Science”, “Scopus” bazalarida indekslangan nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan.










Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling