7. Amaliy. Issiqxona zararli organizmlariga qarshi mikrabiologik vositalar,turlari tanlash va qo'lash usullari


Download 22.76 Kb.
bet3/4
Sana23.10.2023
Hajmi22.76 Kb.
#1717605
1   2   3   4
Bog'liq
7.Amaliy.Issiqxona zararli organizmlariga qarshi mikrabiologik vositalar,turlari tanlash va qo\'lash usullari.

Keyinchalik I.V. Qosimov, N.V. Kurdyumov, V.P. Pospelov va boshqalar bu sohada fanga katta hissasini qo‘shdilar.
Respublikamizda olma qurtiga qarshi kurash olib borish maqsadida I.V. Qosimov (1910) va A.R. Radetskiy (1911) lar Astraxandan Toshkent va Samarqand bog‘lariga tuxumxo‘r trixogrammani birinchi marta keltirishgan edi. Keyinchalik biologik usulni Respublikamizda rivojlantirishda V.V. YAxontov, A.A. Lujetskiy, A.SH. Hamroev va boshqa olimlar salmoqli hissa qo‘shdilar.
O‘zbekistonda keyingi yillarda o‘simliklarni biologik himoya qilishda anchagina yutuqlarga erishilgan. Masalan: bu usulni qo‘llashga kirishilganda 1971 yil atigi 2,6 ming ga joriy etilgan bulsa, 1980 yil 1416,1 ming, 1986 yil 4503,7 ming, 1990 yil ega 5 mln. gektar atrofida qo‘llanildi.
Respublikamizda biologik usulning bunday muvaffaqiyatlarga erishishida ko‘pgina o‘zbek olimlarining salmoqli xizmatlari bor. Ayniqsa O‘zO‘HQITI olimlari akademik S.A. Alimuhamedov, A. SH. Hamroev, Z. K. Odilov, F. K. Rasulov va boshqalar Respublikamizda trixogramma, brakon va mikrobiologik preparatlarni keng qo‘llanishi mumkinligini va ular yuqori samara berishini ilmiy asoslab berdilar.
Olimlarimizning ilmiy ishlab chiqarishlarini Respublika paxta dalalarada, bunday keng joriy etishda «O‘zbekiston biohimoyalashtirish» Respublika ishlab chiqarish ilmiy birlashmasida biologik usulda kurash bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda viloyat va tumanlarda biologik himoya bo‘yicha bosh agronom va katta agronomlarning xizmati kattadir.
Bugungi kunda Respublikamizda 840 dan ortiq ishlab chiqarish biolaboratoriya va biofabrikalari mavjuddir. Bu biolaboratoriya va biofabrikalarda trixogramma va uning xo‘jayini (em bo‘lmish hasharot) ni urchitish bo‘yicha mexanizatsiyalashgan liniyalar, oltinko‘z kabi entomofaglar ham ishlab chiqarilib qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi qo‘llanilmokda.
Biologik usul kelajakda eng istiqbolli, rivojlanadigan usuldir. Sababi, keyingi paytlarda ekologkk vaziyatning buzilib ketishi sababli kimyoviy vositalar anchagina cheklanib qo‘yilmokda. Buning o‘rniga bezarar va samarali vositalardan biri sifatida biologik usul qo‘llaniladi.

Download 22.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling