7.Amaliy.Issiqxona zararli organizmlariga qarshi mikrabiologik vositalar,turlari tanlash va qo'lash usullari.
Reja:
O‘simliklarni biologik himoya qilishning zarurligi, mohiyati va vazifalari.
Biologik himoyada entomoakarifag va mikroorganizmlardan foydalanish.
Biologik himoyani rivojlanishining qisqacha tarixi.
Hozirgi holati va istiqbollari.
Boshqa usullar bilan aloqasi.
Genetik usul va boshqa fiziologik faol moddalardan foydalanish.
Ma’lumki qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilashda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi paytda jaxonning ko‘pgina mamlakatlarida yiliga begona o‘tlar, zararkunanda va kasalliklardan qishloq xo‘jalik ekinlarining 20-30 % hosili nobud bo‘ladi.
Buning oqibatida o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish ishlari ko‘pgina mamlakatlarda faol olib borilmoqda, bunda ko‘proq hissa kimyoviy usulga ajratilgandir. To‘g‘ri, kimyoviy usulning ham ayrim qulayliklari bor, ya’ni zararli organizmlarga tez ta’sir etishi, qo‘llashning qulayligi, yaxshi mexanizatsiyalashgani va h.k. Lekin shu bilan birga bir qator kamchiliklari borki, bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bulmaydi. Bunday kamchiliklarga atrof-muhitni ifloslantirishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarida pestitsidlar qoldiqlari to‘planishi, zararli organizmlarda qo‘llanilayotgan pestitsidga nisbatan chidamliligini oshishi, issiqqonli hayvonlar, foydali hasharotlar uchun zaharliligidir.
Buning natijasida o‘simliklarni himoya qiluvchi mutaxassislar oldida, shunday vazifa quyildiki bu ham bo‘lsa yuqoridagi kamchiliklardan xoli bo‘lgan va samaradorligi yuqori bo‘lgan o‘simliklarni himoya qilish usulini ishlab chiqish zaruriyati tug‘ildi.
Bunday usul - o‘simliklarni biologik usulda himoya qilishdir. Biologik usulning mohiyati – o‘simliklarning zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlariga qarshi tirik organizmlar (entomoakarifaglar, mikroorganizmlar) va ularning hayoti mahsulotlari (feromon, toksin) yordamida kurashishga aytiladi. O‘simliklarni biologik himoya qilish usulining vazifasi atrof-muhitni ifloslantirmasdan qishloq xo‘jalik ekinlarini va ularning mahsulotlarini zararli organizmlar zararidan himoya qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |