7-amaliy mashgʻulot. Abs uslubini qoʻllagan holda yuk joʻnatuvchilarni guruhlarga ajratish
Download 23.51 Kb.
|
7 amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- B guruh 60%
- C guruh 1 96.9 C guruh 40%
7-amaliy mashgʻulot. ABS uslubini qoʻllagan holda yuk joʻnatuvchilarni guruhlarga ajratish ABS uslubining mohiyati, barcha bir tipdagi obyektlar koʻpligidan qoʻyilgan maqsad nuqtai nazaridan eng ahamiyatlilarini ajratib olishdan iborat. Bunday obyektlar soni, odatda, koʻp boʻlmay, asosiy e’tibor va kuchni aynan ularga qaratish zarur. Talab etiladi: stansiyaning barcha yuk joʻnatuvchilarini ularning stansiyada umumiy ortilgan yukka qoʻshgan hissasiga muvofiq A, B va S guruhlariga boʻlish. Boshlangʻich ma’lumotlar Yuk joʻnatuvchilarning bir oydagi ortib joʻnatgan yukiga oid ma’lumotlar 7.1-jadvalda taqdim etilgan. Yuk ortishning umumiy hajmidagi ulush (uchinchi ustun) har bir yuk joʻnatuvchining bir oylik ortgan yukini stansiyaning umumiy ortgan yukiga boʻlish va 100% ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi (masalan, toʻrtinchi yuk joʻnatuvchi uchun ortilgan yukdagi ulushi quyidagicha topiladi 7.1-jadval Yuk joʻnatuvchilarning stansiyadan ortib joʻnatilgan umumiy yukdagi ulushi
1-yechim. 7.2-jadvalni tuzib, unda barcha yuk joʻnatuvchilarni ularning stansiyada ortilgan umumiy yukka qoʻshgan hissasi kamayib borishi tartibida joylashtiramiz (7.1-jadvaldagi birinchi va ikkinchi ustunlar). 7.2-jadval Yuk joʻnatuvchilarni A, B va S guruhlariga ajratish
2. Yuk joʻnatuvchilarni A, B va S guruhlariga ajratib olish bir necha usulda amalga oshirilishi mumkin. Ulardan ikkita eng koʻp tarqalgan turini koʻrib chiqamiz. Birinchi usul: a) stansiya bir oylik umumiy ortilgan yukini yuk joʻnatuvchilar soniga boʻlish bilan bir yuk joʻnatuvchining ortgan oʻrtacha yuki oʻlchamiga ega boʻlamiz: 1690 : 20 = 86 vagon; b) A guruhiga bir oylik ortgan yuki oʻrtacha koʻrsatkichdan 6 va undan koʻproq marotaba yuqori boʻlgan yuk joʻnatuvchilarni kiritamiz, ya’ni 86 ∙ 6 = 516 vagon. v) С guruhiga bir oylik ortgan yuki oʻrtacha koʻrsatkichdan 2 va undan koʻproq marotaba kam boʻlgan yuk joʻnatuvchilarni kiritamiz, ya’ni 86: 2 = 43 vagon. g) qolgan yuk joʻnatuvchilar B guruhiga kiradi. Hisob-kitob natijalari 7.2-jadvalning 3-ustunida keltirilgan. Ikkinchi usul yuk joʻnatuvchilarni koʻp sonli savdo korxonalarini tahlil qilish asosida olingan va quyidagilardan iborat boʻlgan qonuniyat asosida taqsimlashdan iborat: barcha tovarlarning 10% foydaning 75% qismini, 25% tovar – 20% foydani va qolgan 65% tovar – foydaning faqat 5% qismini beradi. Ushbu tamoyilni koʻrib chiqilayotgan misolda qoʻllab, 7.1-jadval 3-ustuni ma’lumotlarini 7.2-jadval 4-ustuniga koʻchiramiz va uning asosida 5-ustunni shakllantiramiz. Taklif qilinayotgan algoritmlar empirik boʻlib, shu sababli har bir alohida holda A, B va S guruhlarini shakllantirishda keyinchalik bazaviy sifatida qabul qilinadigan variantni tanlash talab etiladi. Taqdim etilayotgan misolda uzil-kesil variant tarzida 7.2-jadvalning 6-ustunida berilgan taqsimotni qabul qilish mumkin. Xulosa ABS uslubini qoʻllagan holda yuk joʻnatuvchilarni guruhlarga ajrattik . Bunda ikkita eng ko’p tarqalgan turidan foydalandik . Birinchi usul: stansiya bir oylik umumiy ortilgan yukini yuk joʻnatuvchilar soniga boʻlish bilan bir yuk joʻnatuvchining ortgan oʻrtacha yuki oʻlchamiga ega boʻlamiz. Ikkinchi usul: yuk joʻnatuvchilarni koʻp sonli savdo korxonalarini tahlil qilish asosida Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling